LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda DTIA {DTIH} deb ataladi) — loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan uni amalga oshirishning variantlarini va mumkin bo‘lgan sxemalarini ko‘rib chiqish asosida texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi hujjat;
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda TIA {TIH} deb ataladi) — investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi hujjat;
ishchi loyiha — cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega bo‘lgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (keyingi o‘rinlarda XMII deb ataladi) — xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, shu jumladan valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan institutlar;
Rivojlanishga Rasmiy Ko‘maklashish (RRK) liniyasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradigan xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda XHMT deb ataladi).
ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liq tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishni hisoblash va tashkil etish;
qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmiy-rejali, arxitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilgan yerlarni tiklash (ekinlar o‘sadigan qilish) hamda yer ostini muhofaza qilish, quvvatlarni o‘zlashtirish.
Loyiha hujjatlari qurilishning boshlang‘ich (cheklangan) qiymatini aniqlash, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda DTIA {DTIH} deb ataladi);
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o‘rinlarda TIA {TIH} deb ataladi);
4. Loyiha hujjatlari loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi bo‘yicha — loyihalovchi tashkilot (tanlov savdolari g‘olibi) tomonidan tuziladigan loyihalash yuzasidan topshiriqlar asosida ishlab chiqiladi.
5. Loyihalash yuzasidan topshiriqlar tarkibi (keyingi o‘rinlarda Topshiriq deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan, quyidagilar uchun DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda:
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan va (yoki) uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar hisobiga, shu jumladan ushbu Nizomning 8-bandi “a” kichik bandiga muvofiq xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda;
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq markazlashtirilmagan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha ekvivalentda — ishlab chiqarish maqsadidagi 25 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan va noishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollari bo‘lgan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda;
b) vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, loyihaning tashabbuskori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan:
ushbu Nizomning 8-bandi “v” kichik bandiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha ekvivalentda 5 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan ILni ishlab chiqishda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda;
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq markazlashtirilmagan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun, qiymati tasdiqlash kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha ekvivalentda qurilishning hisoblangan ishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollaridan 25 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan va noishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 15 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan TIA (TIH)ni ishlab chiqishda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda;
v) qolgan barcha hollarda Topshiriq loyiha tashabbuskori tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
7. Loyihani amalga oshirish shartlariga bog‘liq holda loyiha hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
boshlang‘ich qiymatga ega bo‘lgan loyiha —tanlov hujjatlari — shartnomaviy qiymatga ega bo‘lgan yakuniy loyiha — ishchi hujjatlar.
8. Loyihani amalga oshirish variantlarini va loyiha hujjatlari tarkibini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) TIA (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqilgan holdagi birinchi variant — quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi:
davlat budjeti mablag‘lari — ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar bo‘yicha (“boshqa tarmoqlar” obyektlaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan va/yoki uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari kreditlari, xorijiy banklarning kredit liniyalari doirasida O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan kichik biznes loyihalari bundan mustasno;
b) TIH (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqilgan holdagi ikkinchi variant — quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi:
davlat budjeti mablag‘lari — ishlab chiqarish maqsadidagi “boshqa tarmoqlar” obyektlari va yakka tartibdagi loyihani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha;
markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari — yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha;
v) ILni ishlab chiqqan holdagi uchinchi variant — namunaviy va takroriy qo‘llaniladigan loyihalarni qo‘llangan holda quriladigan ishlab chiqarish maqsadidagi “boshqa tarmoqlar” va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha (ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlariga to‘g‘ri keladigan hollardan tashqari), shuningdek aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishida foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA (TIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash ushbu Nizomning V va VI bo‘limlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Quyidagilarning mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha DTIA (DTIH) va TIA (TIH) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi:
ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq markazlashtirilgan manbalar — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va vakolatli bank (vakolatli bank kreditor hisoblanadigan hollarda) taqdimnomasi bo‘yicha;
hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha ekvivalentda ishlab chiqarish maqsadidagi 25 mln. AQSh dollaridan ortiq va noishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollari bo‘lgan markazlashtirilmagan manbalar — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank (vakolatli bank kreditor hisoblanadigan hollarda) taqdimnomasi bo‘yicha.
markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha ekvivalentda ishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 25 mln. AQSh dollarigacha hamda noishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 15 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha loyiha hujjatlari tashabbuskorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Qolgan barcha hollarda loyiha hujjatlari loyiha tashabbuskori tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
12. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibga muvofiq, zarur bo‘lganda, asosiy texnik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatning tegishli turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan loyihalash tashkilotlarini va injiniring kompaniyalarini tanlov asosida jalb etgan holda ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha xulosa tayyorlash mazkur Nizomning 8-bandi “a” kichik bandiga muvofiq quyidagi vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek vakolatli bank (qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning asosiy hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi va (yoki) kredit beruvchi bank) tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris tashkilot tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan DTIA (TIH)ni ekspertizadan o‘tkazish uning Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qurilishning qabul qilinadigan qiymatining shakllangan bozor konyunkturasiga muvofiqligini aniqlash yuzasidan DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Birinchi bosqichda, DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda loyihani amalga oshirishning prinsipial imkoniyati va maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini loyiha tashabbuskoriga quyidagilar berishadi:
DTIA bo‘yicha — iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul ravishda joylashtirishni, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro‘yobga chiqarishni, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar konyunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;
DTIH bo‘yicha — ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi “boshqa tarmoqlar”ni rivojlantirishga doir hukumat qarorlariga muvofiqligini, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi — DTIA bo‘yicha —tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, jahon bozori konyunkturasi nuqtai nazaridan tayyor mahsulotlarni sotish istiqbollari, shuningdek texnik daraja va DTIAda tavsiya qilinayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan. Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning to‘liq va batafsil ro‘yxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan favqulodda hollarda asbob-uskunalarning texnik darajasi va ular narxlarining cheklangan parametrlari yakuniy TIA hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan baholanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi o‘z vakolatlari doirasida tashabbuskorlarga investitsiya loyihalari bo‘yicha DTIAni ishlab chiqishda, ichki va tashqi bozorlarni uch-besh yillik prognozlash davri uchun marketing ishlanmalarini tashkil etishda ko‘maklashadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ikkinchi bosqichda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch hafta muddatda loyiha tashabbuskoriga ekspert xulosani quyidagilar taqdim etishadi:
DTIA bo‘yicha — loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini, shuningdek moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasi maqbulligini baholash yuzasidan;
b) vakolatli bank — DTIA bo‘yicha, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining iqtisodiy samaradorligi, maqbulligi, tavakkalchiliklarni va kreditlarning qaytariluvchanligini baholash yuzasidan.
DTIA (DTIH)da mablag‘lar taqchilligi jalb etiladigan kreditlarni budjet mablag‘lari hisobiga qaytarish nazarda tutiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar bo‘yicha vakolatli organlar xulosasida budjet mablag‘larining, shu jumladan soliq imtiyozlari berishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) va hajmlari to‘g‘risidagi xulosalar mavjud bo‘lishi kerak.
Moliyalashtirish budjet mablag‘lari hisobiga (boshqa manbalar ishtirokisiz) amalga oshiriladigan obyektlar bo‘yicha vakolatli bankning ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga loyihaning DTIA (DTIH)ni ikki nusxada va vakolatli ekspertiza organlari xulosasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda loyihaning DTIA (DTIH) yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Kompleks rahbari bilan kelishilgan xulosani, shuningdek Vazirlar Mahkamasining DTIA (DTIH)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasini va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq kelishish va imzolash uchun hujjatlarni kiritadi.
17. Loyiha tashabbuskori loyihaning DTIA (DTIH) yuzasidan bir yoki bir nechta vakolatli ekspertiza organi xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda tegishli axborot-tahlil departamentiga asoslangan xulosa taqdim etishga haqlidir. Tegishli axborot-tahlil departamenti loyihaning DTIA (DTIH)ni vakolatli ekspertiza organlari va loyiha tashabbuskorining xulosalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
18. Vazirlar Mahkamasining DTIA (DTIH)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida loyihaning nomi, uning tashabbuskori, qurilishning cheklangan qiymati (shu jumladan import texnologiya va boshqa asbob-uskunalarni sotib olish xarajatlari), obyektning hisoblangan quvvati (ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yillik hajmi va nomenklaturasi), shuningdek iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, shu jumladan ushbu Nizomga 3-ilovaning 2-bandiga muvofiq shakl bo‘yicha eksport hajmlari mavjud bo‘ladi.
19. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan loyiha DTIA (DTIH)ning har qaysi sahifasiga davlat tilida “Vazirlar Mahkamasining 200__ y. “__” ________ dagi ___-son farmoyishi bilan tasdiqlangan” yozuvi yozilgan shtempel albatta qo‘yilgan bo‘ladi.
Tasdiqlangan DTIA (DTIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limida qoladi.
20. Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan xarajatlar turlari bo‘yicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan pudratchilarni va loyiha bo‘yicha sotib olinadigan texnologik asbob-uskunalarning yetkazib beruvchilarini aniqlash uchun tegishli ravishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishiladigan tanlov hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
Xorijiy kreditlar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazishda loyihani moliyalashtirishning qatnashchilar tomonidan taklif etilayotgan shartlari maqbulligi ham hisobga olinadi.
21. Loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan DTIA (DTIH), tanlov savdolari natijasida tanlab olingan texnologiyalar va boshqa asbob-uskunalar bo‘yicha takliflar asosida loyiha tashabbuskori tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tarkibga binoan investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Loyihaning TIA (TIH)ni ekspertizadan o‘tkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, ayni bir vaqtda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakolatli bank tomonidan, ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan vakolatli ekspertiza organlaridan har birining vakolati doirasida amalga oshiriladi.
Vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda loyiha tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga loyihaning TIA (TIH)ni ikki nusxada, vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini ilova qilgan holda, shuningdek loyihani amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq investitsiya loyihasining yakuniy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga ko‘rib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni kelishish va imzolash uchun kiritadi.
Loyiha tashabbuskori loyihaning TIA (TIH) yuzasidan bir yoki bir nechta vakolatli ekspertiza organi xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda tegishli axborot-tahlil departamentiga asoslangan xulosa taqdim etishga haqlidir. Tegishli axborot-tahlil departamenti loyihaning TIA (TIH)ni vakolatli ekspertiza organlari va loyiha tashabbuskorining xulosalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Loyiha bo‘yicha TIA (TIH)ning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish bo‘yicha qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Loyiha bo‘yicha TIA (TIH)ning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan har qaysi sahifasiga davlat tilida “Vazirlar Mahkamasining 200__ y. “__” ________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan” yozuvi yozilgan shtempel albatta qo‘yilgan bo‘ladi.
Tasdiqlangan TIA (TIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limida qoladi.
24. Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish uchun kredit liniyalari hisobiga tijorat banklari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan investitsiya loyihalarining TIA (TIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Rivojlanishga Rasmiy Ko‘maklashish liniyasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradigan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarning qarz mablag‘lari jalb etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
loyiha tashabbuskorlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga XMII missiyalarining baholashdan oldingi hisobotlari asosida tayyorlangan makroiqtisodiy siyosat va tarmoqni rivojlantirish strategiyasi nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning zarurligi to‘g‘risidagi, loyiha qiymatini dastlabki baholashni va XMIIning jalb etiladigan qarz mablag‘lari miqdorini o‘z ichiga oladigan takliflarni kiritadilar;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi taqdim etilgan takliflarni iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul ravishda joylashtirishni, tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro‘yobga chiqarishni, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar konyunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni amalga oshirish, loyihani moliyalashtirishning dastlabki qiymati va sxemasining maqbulligi yuzasidan ko‘rib chiqadi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, jahon bozori konyunkturasi nuqtai nazaridan tayyor mahsulotlarni sotish istiqbollari, shuningdek texnik daraja va TIAda tavsiya qilinayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan. Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning to‘liq va batafsil ro‘yxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan favqulodda hollarda asbob-uskunalarning texnik darajasi va ular narxlarining cheklangan parametrlari yakuniy TIA hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan baholanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
loyihani amalga oshirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar kelishib olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi bilan XMII o‘rtasidagi o‘zaro hamfikrlik to‘g‘risidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi.
loyiha tashabbuskori XMII baholovchi missiyasining hisoboti asosida, ushbu Nizomga 4-ilovaga binoan TIA tarkibiga muvofiq TIAni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyihaning TIA ekspertizasini ushbu Nizomning V bo‘limiga muvofiq amalga oshiradilar;
26. TIA (TIH) mazkur Nizomning VI bo‘limiga muvofiq tasdiqlangandan keyin doirasida tanlov (tender) savdolari o‘tkazish nazarda tutilayotgan loyihaning tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tanlov (tender) savdolari budjetini aniqlaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyatlari va boshqalar.
3.Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari.
5. Qurilish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Muhandislik ta’minoti va obyektni jihozlash (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havo haroratini birxillashtirish) bo‘yicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy ko‘rsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).
tashqi va ichki bozorlar konyunkturasini o‘rganishga asoslangan, tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, shuningdek eksport qilish imkoniyatlarini;
mahsulotning sifat va narx ko‘rsatkichlari bo‘yicha raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlarining mavjudligini;
loyihaning eng avvalo arzon narxdagi, talab qilinadigan miqdor va sifatdagi mahalliy xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini;
asbob-uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tabiiy-iqlim, ishlab chiqarish omillari va boshqa omillarni hisobga olgan holda vatanimiz texnologiyalarini va xorijiy texnologiyalarni qiyoslash tahliliga asoslangan samarali ishlab chiqarish texnologiyasi, prinsipial texnik yechimlar tanlanganligini;
9. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
10. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIAni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
13. Barcha investitsiyalar bazasida sof diskont daromad nulga teng (moliyaviy baholash) bo‘lgan davr sifatida hisoblab chiqilgan loyihaning EMVdagi moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining, o‘zini o‘zi qoplashi muddatining hisob-kitoblari, loyihaning yakuniy qiymatiga asoslangan kreditlarni qaytarishning hisob-kitoblari.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyatlari va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy ko‘rsatkichlari.
5. Qurilish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Muhandislik ta’minoti (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havoni tozalash) va jihozlash bo‘yicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy ko‘rsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).
8. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
9. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIHni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tdi:
Vakolatli ekspertiza organlari: | Xulosa natijasi (tavsiya etildi/rad etildi) |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi | |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | |
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi | |
Vakolatli bank (banklar) |
T/r | Ko‘rsatkichlar nomi | O‘lchov birligi | Hammasi | Moliyalashtirish manbalari | ||
Budjet | Kreditlar, shu jumladan xorijiy kreditlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi | Markazlashtirilmagan mablag‘lar (o‘z mablag‘lari) | ||||
1 | Qurilishning cheklangan qiymati | ming dollar, mln .so‘m | ||||
Shu jumladan: mashina va asbob-uskunalar EMVda mahalliy valyutada Qurilish-montaj ishlari EMVda mahalliy valyutada Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar EMVda mahalliy valyutada Dastlabki aylanma kapital EMVda mahalliy valyutada Boshqa xarajatlar EMVda mahalliy valyutada | ming doll. mln. so‘m ming doll. mln. so‘m ming doll. mln. so‘m ming doll. mln.so‘m ming doll mln. so‘m | |||||
2 | Korxonaning quvvati, shu jumladan: - ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi -eksport hajmi* | Tegishli birliklarda | ||||
3 | Ish bilan ta’minlanadiganlarning mo‘ljallanayotgan soni | kishi | ||||
4 | Qurilish muddati | oy | ||||
5 | Yaratilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati | ming AQSh dollari (ekvivalentda) mln. so‘m | ||||
6 | Loyihaning o‘zini qoplash muddati* | yil | ||||
7 | Kreditni va boshqa qarz mablag‘larni qaytarish muddati | yil | ||||
shu jumladan valyuta mablag‘larini qaytarish muddati | yil |
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi ko‘rsatib o‘tilgan asosiy ko‘rsatkichlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
4.1.2. Tarmoqning mavjud salohiyati, raqobatchi korxonalar, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari va muammolarini baholash, hududiy joylashtirish, mahsulot sifati;
5.1.2. Xom ashyo sifatiga va uni tayyorlash usullariga qo‘yiladigan talablar, mahalliy xomashyoning texnologiyalar talablariga muvofiqligi;
5.2. Loyiha bo‘yicha ehtiyoj, materiallar va komponentlarning mavjudligi va ular bilan ta’minlanish, ularning tasnifi, yetkazib berish dasturi;
6.1.3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olish, afzallik va cheklashlar;
7.2.1. Texnologiya va asbob-uskunalarni, texnologik jarayon sxemalarini tanlashni asoslash, afzalliklar va kamchiliklar, asbob-uskunalarning ishonchliligi va yetkazib beruvchining kafolati;
7.2.5. Mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ISO 9000 seriyasi talablariga muvofiqligini ta’minlash tadbirlari hamda ularni amalga oshirish xarajatlari;
7.2.6. Mahalliylashtirish istiqbollari (respublika hududida butlovchi buyumlar va komponentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari);
7.3.3. Prinsipial hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, ularning parametrlari, alohida talablar;
11.4. Qarz mablag‘larining (ulardan foydalanilgan taqdirda) qoplanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlikni baholash, valyutaning qoplanishi;
11.4.2. Sof joriy qiymat ko‘rsatkichlari va kapital qo‘yilmalarning ichki qaytariluvchanligi normalari;
“A” ilovada erkin shaklda, milliy va xorijiy valyuta xarajatini alohida aks ettirgan holda moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar sxemasi, shu jumladan quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
13.7. Soliq solishning amaldagi tizimini va majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda mavjud mablag‘lar (aniq pullar) oqimi;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, agar faoliyat turi maxsus litsenziyalar talab qilinadigan faoliyatning alohida turlari ro‘yxatiga kirsa;
rahbarlar, asosiy menejerlar, direktorlar kengashi, korxona aniq mulkdorlarining qisqacha biografik ma’lumotlari;
asbob-uskunalar yetkazib berish yoki obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan kontrakt;
xomashyo, butlovchi buyumlar yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni xarid qilish shartnomasi (mo‘ljallar protokoli);
korxona (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha bo‘yicha garantlar)ning keyingi uch yil uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan to‘liq buxgalteriya (har choraklik) hisobotlari;
boshqa banklardagi hisob raqamlari, qarz mablag‘lari va ularni qaytarish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
xorijiy sheriklar (muassislar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar — keyingi ikki yil uchun xalqaro standartlar bo‘yicha (taniqli auditor kompaniya tomonidan tasdiqlangan) yillik hisobot;
idoradan tashqari ekspertiza (“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi), mustaqil konsalting tashkilotining tanlangan texnologiya va texnologiya asbob-uskunalari bo‘yicha xulosalari;
sotib olinadigan asbob-uskunalarning texnik pasportlari va ularning tanlov asosida tanlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
kadastr (garovga beriladigan yer hamda bino va inshootlar kadastri) va mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
14.5. Tayyor mahsulotni sotish va xomashyo, materiallar xarid qilish marketing tadqiqotlari bo‘yicha hujjatlar.
15. Texnik-iqtisodiy hisoblashni ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy asoslashlar tarkibidan quyidagi bandlar va kichik bandlar chiqarib tashlanishi kerak: 2.2, 2.3, 2.4, 4 (kichik bandlar bilan), 5.1 (kichik bandlar bilan), 5.2, 6.1.1, 6.1.2, 7.1, 7.2 (kichik bandlar bilan), 8 (kichik bandlar bilan),11.3, 11.5, 12.3, 13.2, 13.3, 13.4, 13.9, 13.10, 13.11, 14 (“B” ilova).
16. Mavjud va yangidan foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar xarid qilishda texnik-iqtisodiy asoslash qisqartirilgan shakl bo‘yicha, moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik, qurilish-montaj ishlari uchun mablag‘larga ehtiyoj, marketing bo‘limi hisob-kitoblarisiz ishlab chiqiladi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Ko‘rsatkichlar nomi | O‘lchov birligi | Hammasi | Shu jumladan: | ||
Budjet | kreditlar, shu jumladan xorijiy kreditlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi | Markazlashtirilmagan mablag‘lar (o‘z mablag‘lari) | ||||
1 | Qurilishning umumiy qiymati, shu jumladan: | ming doll. (ekv.) | ||||
1.1 | EMVdagi xarajatlar, ulardan: qurilish-montaj ishlariga; asbob-uskunalar xarid qilishga; investitsiya davrida foizlar va vositachilik haqiga; boshqa xarajatlarga | ming dollar | ||||
1.2 | Milliy valyutadagi xarajatlar, ulardan: qurilish-montaj ishlariga; asbob-uskunalar xarid qilishga; dastlabki aylanma kapitalga; boshqa xarajatlarga | ming doll. (ekv.) | ||||
2 | Korxona quvvati, shu jumladan: yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi* yillik eksport hajmi* | Tegishli birliklarda | ||||
3 | Ish bilan ta’minlanayotganlarning mo‘ljallanayotgan soni | kishi | ||||
4 | Qurilish muddati | oy | ||||
5 | Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati | ming dollar (ekvivalentda) | ||||
6 | Loyihaning o‘zini qoplash muddati | yil | ||||
7 | Kreditni va boshqa qarz mablag‘larini qaytarish muddati | yil | ||||
shu jumladan valyuta mablag‘larini qaytarish muddati | yil |
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ–136-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi (keyingi o‘rinlarda “Monitoring” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini boshqarish va nazorat qilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda “Muvofiqlashtiruvchi kengash” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi organlarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning investitsiya loyihalarini, ular to‘liq tugallangunga qadar, amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan javobgarligini oshirish;
investitsiya loyihalari harakatiga ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va o‘rganish, ularni, shu jumladan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil masalalarni ko‘rib chiqish muddatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan, bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish;
investitsiya loyihalari tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qat’iy rioya qilingan holda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va vakolatli banklar tomonidan mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishi ustidan nazorat qilish;
investitsiya loyihasi bo‘yicha xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishiga ko‘maklashish;
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar va takliflar bo‘yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi.
5. Aniq dasturga va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatiga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoring obyekti hisoblanadi.
6. Investitsiya dasturi belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining aniq dasturiga, shuningdek investitsiya dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar bankini (keyingi o‘rinlarda “Ma’lumotlar banki” deb ataladi) shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihasining tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi pasporti;
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishning investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-jadvallari;
Keyingi tahrirga qarang.
ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatiga kiritilgan investitsiya takliflari bo‘yicha ishlab chiqiladigan yangidan boshlanayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini olg‘a surish chora-tadbirlari dasturi;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan har oyda taqdim etiladigan axborot asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Investitsiya loyihasi pasporti mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi va unda investitsiya loyihasi tashabbuskori, xorijiy sherik, loyihaning umumiy qiymati va barpo etilayotgan ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati, mahsulotni eksport qilish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va sxemasi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar, loyihaning qoplanish va qarz mablag‘larni qaytarish muddatlari to‘g‘risidagi axborotlar, shuningdek, zarurat bo‘lganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxona bo‘yicha ma’lumotlar bo‘ladi.
9. Reja-jadval mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi va unda yangi tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish (zarurat bo‘lganda), asosiy kontraktni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish, investitsiya loyihasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini kelishish va qabul qilish, kredit bitimlarini imzolash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, milliy va xorijiy valyutada mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash, ishlab chiqarish maydonlarini va infratuzilma obyektlarini qurish, texnologiya asbob-uskunalarini o‘rnatish, korxonaning loyihadagi quvvatga chiqishi bo‘yicha aniq muddatlar to‘g‘risidagi axborotlar bo‘ladi.
10. Chora-tadbirlar dasturi mazkur Nizomga 3-ilovaga binoan Xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlar ishtirokida Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish reglamentiga muvofiq ishlab chiqiladi va investitsiyalashdan oldin investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash va mablag‘ bilan ta’minlashning aniq manbalarini belgilashgacha bo‘lgan ishlar kompleksini (ularni bajarishning prognoz muddatlarini ko‘rsatgan holda) o‘z ichiga oladi.
11. Investitsiya loyihasining tashabbuskori hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechikmay har oyda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga kelishilgan shakl bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilishi reja-jadvalining bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan yig‘ma statistika axboroti bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan;
markazlashtirilgan investitsiyalardan, shu jumladan Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan foydalanish bo‘yicha — Moliya vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha — Adliya vazirligi tomonidan;
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketini xorijiy investorlarga sotish, mulkida davlat ulushi bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati bo‘yicha — Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
kichik va xususiy biznes sohasidagi, shu jumladan jalb etilayotgan xorijiy kredit liniyalari ishtirokidagi, investitsiya loyihalari bo‘yicha — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha ko‘rsatkichlari (loyihadagi quvvatni ta’minlash, eksportni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari barpo etish) investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan bajarilishi yuzasidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Ma’lumotlar bankini yangilab boradi.
13. Ma’lumotlar bankiga Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar hajmlari prognozi belgilangan tartibda aniqlashtirilish natijalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari, Moliya vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Moliya vazirligi qarz oluvchi sifatida ish ko‘radigan qarzlar bo‘yicha), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qabul qilingan qarorlariga, shuningdek tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ishlarining holatini shu jumladan joyning o‘ziga chiqib muntazam ravishda o‘rganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday ishni tashkil etish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi turli vazirliklar va idoralar yoxud xalqaro tashkilotlar va konsultatsiya kompaniyalari mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yig‘ma statistika axborotini;
mavjud va potensial xorijiy investorlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha ularning takliflarini o‘rganish asosida vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
16. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan reja-jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;
texnik-iqtisodiy asoslashlarning asosiy qoidalarini ko‘rib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik-iqtisodiy asoslashlar ko‘rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash, hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo‘yicha marketing dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;
ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish, shuningdek Investitsiya dasturi bajarilishi barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘yuvchi vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashuvchi boshqa asosiy masalalarni ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
17. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan ma’lumotlar asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida yig‘ma axborot tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yig‘ma axborotda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar bilan bir qatorda vazirliklar, idoralar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya loyihalari va takliflarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar;
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi to‘g‘risida investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot;
texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi to‘g‘risidagi axborot;
investitsiya loyihalarining mablag‘ bilan ta’minlashning tasdiqlangan sxemalariga muvofiq o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlanishi to‘g‘risidagi axborot;
qurilish-montaj ishlarini bajarish va obyektlarni ishga tushirish muddatlariga va texnologik izchilligiga rioya qilinishi to‘g‘risidagi axborot;
Hukumat kafolati ostidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan kredit mablag‘laridan foydalanish va ularni qaytarish muddatlari va shartlariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi axborot (banklar);
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan loyihalarni investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun asos hisoblanadigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishida ifodalangan investitsiyalash shartlariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi boshqa axborot;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni asoslagan holda takliflar mavjud bo‘ladi.
18. Investitsiya dasturini amalga oshirishning yig‘ma tahlili, shuningdek qo‘shimcha tahliliy axborot asosida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
shakllanayotgan yo‘nalishlarni o‘rganib chiqadi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik to‘siqlarni aniqlaydi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida iqtisodiyotning ustuvor sektorlari va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun eng muhim ishlab chiqarishlar ro‘yxatini, shuningdek jalb etilayotgan investitsiyalarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha maqbul joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi;
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalarini Investitsiya dasturining aniq qismiga kiritish yoki yig‘ma qismiga o‘tkazish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya dasturini shakllantirish va uning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ishlarni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
har oyda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida ko‘rib chiqiladi;
monitoring natijalari Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bag‘ishlangan majlislarida tinglanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
3. Loyihani investitsiyalash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori (agar zarur bo‘lsa) —
T/r | Ko‘rsatkichlar nomi | O‘lchov | TIA bo‘yicha | Loyihani amalga | Izoh |
1. | Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | ||||
2. | Loyihaning umumiy qiymati | mln AQSh dollari | |||
joriy narxlarda (sh. j. ekvivalent) | |||||
EMVda (ekvivalent) | |||||
3. | EMVdagi xarajatlar, hammasi | mln AQSh dollari | |||
sh. j. asbob-uskunalar xarid qilish va boshqalar uchun | |||||
3.1 | Milliy valyutadagi xarajatlar, hammasi (ekvivalent) | so‘m/ AQSh dollari | |||
sh. j. qurilish-montaj ishlari va boshqalar uchun | |||||
4 | Moliyalashtirish manbalari | tegishli birliklarda | |||
budjet mablag‘lari | |||||
xorijiy kreditlar, hammasi | |||||
sh. j. hukumat kafolatlari ostida | |||||
boshqa manbalar: | |||||
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsilar, hammasi | |||||
sh. j. xorijiy sherikning ustav fondiga ulushi | |||||
o‘z mablag‘lari | |||||
tijorat banklari kreditlari | |||||
boshqa manbalar | |||||
5 | Band bo‘ladiganlarning mo‘ljallanayotgan soni | kishi | |||
6. | Qurilishning davom etishi, hammasi | oy | |||
sh. j. qurilish boshlanadigan yil | |||||
qurilish tugallanadigan yil | |||||
7. | Loyihaning o‘zini qoplash muddati, hammasi | yil | |||
sh. j. yillar bo‘yicha | |||||
8. | Qarz mablag‘larini to‘lash muddati, hammasi | yil | |||
sh. j. yillar bo‘yicha | |||||
9. | sh. j valyuta mablag‘larini to‘lash muddati, hammasi | yil | |||
10. | Qarz mablag‘larini to‘lashning holati, hammasi | tegishli birliklarda | |||
sh. j. yillar va to‘lash manbalari bo‘yicha | |||||
11. | sh. j. to‘lovlarning muddati o‘tkazib yuborilgan summasi, hammasi | tegishli birliklarda | |||
sh. j. yillar va to‘lash manbalari bo‘yicha | |||||
12. | Korxona quvvati (nomenklatura bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning yillik hajmi) | tegishli birliklarda | |||
13. | Olinadigan xomashyoning mavjudligi va hajmlari | tegishli birliklarda | |||
sh. j. yillar bo‘yicha | |||||
14. | Loyihani mahalliylashtirish darajasi, hammasi | % | |||
sh. j. yillar bo‘yicha | |||||
15. | Eksport hajmi (mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar eksporti hajmi) va uning nomenklaturasi | tegishli birliklarda | |||
16. | Mahsulotni sotishning mo‘ljallanayotgan bozorlari: | ||||
ichki bozor | % | ||||
tashqi bozor | % | ||||
17. | Loyiha bo‘yicha vakolatli ekspertiza organlari xulosasi (xatlar tartib raqami) | ||||
1. Moliya vazirligi — | |||||
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi — | |||||
3. Iqtisodiyot vazirligi — | |||||
4. Bank — |
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Korxona rahbari (rais, direktor)
_______________________ (F.I.O.)
200__ y. ____________ “__”
Korxona rahbari (rais, direktor)
_______________________ (F.I.O.)
200__ y. ____________ “__”
T/r | Loyihani amalga oshirish bosqichlari | Boshlash | Tugatish |
1. | Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | ||
2. | Loyihaning TIAni ishlab chiqish tasdiqlash | ||
3. | Xorijiy sherik, investor, bosh pudratchini va boshqalarni tanlab olish bo‘yicha tender o‘tkazish (sana va hujjatlar tartib raqami) | ||
4. | Yangi tashkil etilayotgan korxonani, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani (zarurat bo‘lsa) ro‘yxatdan o‘tkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | ||
5. | Asosiy kontraktni tuzish, kelishib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | ||
6. | Moliyalashtirish shartlarini, shu jumladan mablag‘ bilan ta’minlovchi institutlar (banklar) bilan tuziladigan kredit bitimlari shartlarini belgilash | ||
7. | Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish (agar talab qilinsa) | ||
8. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishl�b chiqish, kelishib olish va tasdiqlash | ||
9. | Milliy valyutada mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash | ||
10. | Xorijiy valyutada moliyalashtirishni boshlash | ||
11. | Qurilish-montaj ishlarini bajarish | ||
12. | Texnologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish-sozlash | ||
13. | Ishlab chiqarishni boshlash va loyihadagi quvvatga chiqish |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari | Nazorat muddatlari | Mas’ul organ |
I. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini oldindan ishlab chiqish va asoslash — muddat 2 oygacha | |||
1 | Tarmoq va hududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish | Reglamentga muvofiq | Vazirlik/idora (loyiha tashabbuskori) |
2 | Ayrim loyihalarni amalga o�irishning iqtisodiy samaradorligini oldindan ishlab chiqish | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti | |
3 | Dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni idoralararo kelishib olish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
4 | Tashabbuskor tomonidan loyihaning dastlabki hisob-kitoblari tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga va vakolatli ekspertiza organlariga (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga) kiritish | 1 oy | Vazirlik/idora |
5 | Loyihani ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki shartlarda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini olish | 3 hafta (reglamentga muvofiq | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
6 | Tashabbuskor tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi | Ekspertiza yakunlariga ko‘ra | Vazirlik/idora |
II. TIA/TIH* ishlab chiqish — muddat 3 oygacha | |||
7 | Loyiha TIAni ishlab chiqish bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini belgilash | 3 oygacha | Vazirlik/idora |
8 | TIA/TIHRni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni ichki idoraviy kelishib olish | Vazirlik/idora | |
9 | Loyihaning yakuniy TIA/TIHni tayyorlash | Vazirlik/idora | |
III. Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini ekspertizadan o‘tkazish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olish va tasdiqlash tartib-qoidalarini amalga oshirish — muddat 2 oygacha | |||
Ichki ekspertiza | 1 hafta | Vazirlik/idora | |
10 | Ma’qullash uchun Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish | Vazirlik/idora | |
11 | Kamchiliklarni bartaraf etish va Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentining ma’qullashi | 1 hafta | Vazirlik/idora |
Tashqi ekspertiza | 3 hafta | Vazirlik/idora | |
12 | Loyihalarning TIA/TIH bo‘yicha vakolatli ekspertiza organlaridan (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vakolatli bank) loyihani ishlab chiqilgan yakuniy shartlar bilan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani olish | ||
13 | Tashabbuskor tomonidan TIA/TIH bo‘yicha kamchiliklarning bartaraf etilishi � | Ekspertiza yakunlariga ko‘ra | Vazirlik/idora |
14 | Loyiha TIA/TIH parametrlarini vakolatli ekspertiza organlari bilan belgilangan tartibda kelishish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
Loyihaning TIAni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi | 10 kun | Vazirlik/idora | |
15 | Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olish | ||
16 | Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan kelishilgan Hukumat qarorining kelishilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
17 | Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilish | Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti |
IV. Loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini qidirib topish va kelishib olish — muddat 3 oygacha | |||
18 | Loyihani moliyalashtirish (zarurat bo‘lganda qo‘shimcha moliyalashtirish) manbalarini ishlab chiqish | 1 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
T/r | Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari | Nazorat muddatlari | Mas’ul organ |
20 | Moliyaviy institutlar bilan moliyaviy qarz mablag‘lari ajratish shartlarini ishlab chiqish | 4 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda) | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
21 | Moliyaviy institutlarning baholash hisobotlari asosida tegishli dastlabki bitim (o‘zaro anglash to‘g‘risidagi memorandum, umumiy bitim)ni imzolash | 1 oy (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda | Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari yoxud vakolatli mansabdor shaxs |
Asosiy moliyaviy institut | Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda | vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti | |
22 | Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishni ta’minlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur bo‘lganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish | ||
23 | Loyihani Direktorlar kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
Qo‘shimcha moliyalashtiruvchi organ | Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda | vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti | |
24 | Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishni ta’minlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur bo‘lganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish | ||
25 | Loyihani Direktorlar kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
26 | Loyihaning XMII Direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi | Moliyaviy institut Direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi | |
V. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorini kelishib olish va qabul qilish — muddat 1 oygacha | |||
27 | Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlash | 1 hafta | Vazirlik/idora |
28 | Vazirlar Mahkamasi qarorini vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish | 2hafta | Vazirlik/idora |
29 | Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish | ||
30 | Qabul qilingan Hukumat qarorini bajarish bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 3 kun | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti |
VI. Moliviy bitimlar tuzish — muddat 1 oygacha | |||
31 | Moliyaviy institut bilan qarz bitimini imzolash | Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha | Vazirlar Mahkamasi kompleksi rahbari/Moliya vazirligi |
32 | Zarurat bo‘lganda loyiha va kafolat bitimlarini imzolash | Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha | Moliya vazirligi, vakolatli bank Vazirlik/idora |
VII. Tender savdolari tartib-qoidalarini bajarish, moliyalashtirishni, investitsiya jarayonini va moliyaviy mablag‘larni o‘zlashtirishni boshlash – muddat 3 oygacha | |||
33 | Loyihani Investitsiya loyihasining aniq qismiga kiritish | Reglamentga muvofiq | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi |
34 | Tender hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash | 1 oy | Vazirlik/idora |
35 | Etkazib beruvchilarni tanlab olish bo‘yicha tender o‘tkazish | Vazirlik/idora | |
36 | Tender natijalarining XMII/kreditor tomonidan ma’qullanishi | Moliyaviy institutlar tartib-qoidalarini hisobga olgan holda | |
37 | Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida kontraktlar tuzish | 2 hafta | Vazirlik/idora |
38 | Loyiha doirasida import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va xulosa berish | 2 hafta / reglamentga muvofiq | Tashqi iq�isodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, vakolatli bank |
39 | XMII tomonidan moliyalashtirish (qo‘shimcha moliyalashtirish) boshlanishi va davlat budjeti mablag‘lari ajratish | Kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish yakunlariga ko‘ra | Moliya vazirligi (budjet mablag‘lari qismi bo‘yicha) |
1. Loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida ijro etuvchi agentlik Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi tizimining yagona kompyuterlashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va unga o‘zgartirishlar kiritish maqsadida loyihaning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
2. Loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning majburiy bosqichlari cheklangan muddatlari Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
2. Muruvvat yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar hamda boshqa favqulodda hodisalar oqibatlarini tugatish uchun beriladigan maqsadli beg‘araz ko‘makning bir turidir.
Muruvvat yordami tibbiyot tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’mol tovarlari va boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek grantlar, ixtiyoriy ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan muruvvat yordami yuklarini transportda tashish, kuzatib borish va saqlash shaklida ko‘rsatiladi.
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Muruvvat yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tamg‘alanadi.
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan ko‘rsatilishi mumkin.
Budjet, nodavlat notijorat tashkilotlari va faoliyati foyda olishga yo‘naltirilmagan boshqa yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda oluvchilar deb ataladi) keyinchalik respublika iste’molchilari o‘rtasida taqsimlash maqsadida muruvvat yordamining oluvchilari bo‘lishi mumkin.
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbarining (keyingi o‘rinlarda Kompleks deb ataladi) qarorlari asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tamaki mahsulotlari, vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekistonda muruvvat yordami ko‘rsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kompleks rahbarining muruvvat yordami masalalari bo‘yicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor ta’minlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, to‘plash, saqlash, xatlovdan o‘tkazish, yuklarning xavfsizligi bo‘yicha qo‘riqlash va boshqa karantin tadbirlarini o‘tkazish, muruvvat yordamini aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami bo‘yicha tarmoq komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
8. Muruvvat yordami sifatida O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Departamentning ko‘rsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Departamentga hamda Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash uchun muruvvat yordamini oluvchi Departamentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
zaruriyat bo‘lganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar ro‘yxatiga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi xulosalar Departamentning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Departamentning mas’ul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi to‘g‘risidagi dastlabki xulosasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi, keyinchalik mazkur xulosa Departamentning protokoli bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Aeroportlarda, temir yo‘l va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yig‘imlar va boshqa xil to‘lovlar olinmaydi.
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, to‘lov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan, to‘lov undirmasdan ta’minlanadi.
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar muruvvat yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli foydalanilishini va ularning aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini ta’minlashga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarni hisobga olish va saqlash tijorat tovarlaridan alohida amalga oshiriladi.
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun Departamentga muruvvat yordami yuklarini aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash bo‘yicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq bo‘lishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari so‘rovlariga asoslanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari bo‘yicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Huzurida hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga muruvvat yordami yuklari olingani va ulardan maqsadli foydalanilgani to‘g‘risida har chorakda Davlat statistika hisoboti shakli bo‘yicha hisobotlar taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Ishchi guruh bilan birgalikda hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yig‘ma statistika hisoboti tarzida umumlashtirishni ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Departament tasdiqlagan jadval bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, mustaqil ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi vakillarini jalb etgan holda o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki iste’molchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlarni o‘tkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
20. O‘tkazilgan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
olingan muruvvat yordami yuklari bo‘yicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va to‘liqligi;
muruvvat yordami yuklari iste’molchilarining yuklarning olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holdagi nomlari ko‘rsatilgan ro‘yxatlarini tuzish;
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni ko‘rsatgan holda;
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablag‘lar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
23. Muruvvat yordami bo‘yicha hududiy va tarmoq komissiyalari muruvvat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘adi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu ma’lumotlarni muntazam ravishda Departamentga taqdim etadi.
Ishchi guruh taqdim etilgan axborotni tahlil qiladi, har yili yig‘ma hisobot tuzadi va Kompleks rahbari uchun ustuvor loyihalar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Muruvvat loyihalarining ustuvor ro‘yxatini donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
Donorlar tomonidan muruvvat loyihasini amalga oshirishdan manfaatdorlik tasdiqlangan taqdirda tegishli ijrochi hududiy va tarmoq komissiyalari orqali dasturni tayyorlash va amalga oshirishning asoslangan reja-jadvalini protokol bilan tasdiqlash uchun Departamentga jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yig‘ish, shuningdek tasdiqlashni ta’minlashni nazarda tutadi:
v) Ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
loyiha to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo bo‘lgan muammolar to‘g‘risida axborot;
qo‘yilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar.
27. Muruvvat yordami bo‘yicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Departamentga va Davlat statistika qo‘mitasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot va Ishlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Departamentga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga ustuvor muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida yakuniy axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi
to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi ko‘rsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy bo‘lsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi ko‘rsatilsin)
MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR | MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI RO‘YXATI | KOMPLEKTLAR SONI |
Masalan: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | Nogironlar aravachalari | 10 |
(Masalan: bevosita oluvchilardan so‘rab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r | Loyiha qismining nomi | Natura ko‘rsatkichini o‘lchash birligi | Bajarilish \ moliyalashtirish hajm | |||||||||
Loyiha bo‘yicha hammasi | Shu jumladan yillar bo‘yicha | |||||||||||
Tadbirlar (ishlar turi) | Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha | Rejalashtirilayotgan bir yilga | Prognoz | |||||||||
Bir yilga hammasi | Shu jumladan choraklar bo‘yicha | 2-yil-ga | 3-yil-ga | Undan keyingi yillarga | ||||||||
I | II | III | IY | |||||||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
Izoh: Loyiha qismlari bo‘yicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli o‘lchov birliklaridagi naturadagi ko‘rsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi ko‘rsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r | Loyiha qismining nomi | Natura ifodasida ish turlari | Naturadagi ko‘rsatkichning o‘lchov birligi | Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi | Hisobot choragidagi o‘zlashtirish hajmi So‘m yoki AQSh dollari | ||||
Yil boshidan boshlab | Shu jumladan hisobot choragida | ||||||||
reja | amalda | reja | amalda | reja | amalda | ||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
Izoh: Naturadagi ko‘rsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
1. Mazkur Nizom xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va xorijiy investorlarning qarzlari va investitsiyalari jalb qilingan holda amalga oshiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun;
3. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Texnik ko‘makni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan texnik ko‘maklashish granti ma’qullanishi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilgandan keyin ikki hafta muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan:
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va mintaqalari bo‘yicha axborotlarni turkumlash va texnik ko‘maklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga texnik ko‘makni oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etadi (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ijro etuvchi agentliklarga davlat statistika hisobotining shaklini yuboradi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi olingan va o‘zlashtirilgan grant mablag‘lari to‘g‘risida ijro etuvchi agentliklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida har chorakda umumlashtirilgan axborot shakllantirilishini, shuningdek uning to‘lov balansi statistikasiga kiritish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda mablag‘larning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining tegishli hisob raqamlaridagi harakati to‘g‘risidagi axborotni oladi, ushbu axborot umumlashtiriladi va ma’lumotlarning elektron bazasiga kiritiladi hamda texnik ko‘maklashish loyihalarining amalga oshirilishi doimiy monitoringini va xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron bazasida saqlanishini ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘maklashish loyihalarining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yig‘ma monitoring axborotini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
9. Grant mablag‘lari hisobiga tovarlar va xizmatlar sotib olish xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga ko‘ra, ular qarorgohlarda ochilgan tegishli hisob raqamlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi. Grant mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
10. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘maklashish loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar)ni bojxonada rasmiylashtirish ular bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida tuzilgan bitimlarga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi agentliklar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar) tushganligi to‘g‘risida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar (xizmatlar)ning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘magiga tegishliligi to‘g‘risidagi xulosa zarurligi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari o‘rtasidagi tegishli bitimlarni o‘rganib chiqish asosida beriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida tuzilgan bitimlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
11. Texnik ko‘maklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi texnik ko‘maklashish loyihasi amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qo‘llashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Grant mablag‘larini o‘z vaqtida o‘zlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun mas’uliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
13. Texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishini ko‘rib chiqish ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Grant mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishi bo‘yicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Texnik ko‘mak, shu jumladan pul shaklida ko‘mak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlariga grant mablag‘laridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, budjet mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot singari hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablag‘laridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Texnik ko‘maklashish mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanilishida, shuningdek texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Texnik ko‘maklashish mablag‘lari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mablag‘larni oluvchi | Grantning tartib raqami yoki kodi | Grantning nomi | Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institut/ xorijiy hukumat tashkilotining nomi | Grant mablag‘laridan foydalanish boshlangan sana | Grant summasi (ming AQSh dollari) |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri _______________
200__ y. _________
aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri _______________
200__ y. _________
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 8-bandi, shuningdek qarorga 7-ilova.