“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari va unitar korxonalarni kompaniya filiallariga aylantirish;
1-ilovada ko‘rsatilgan yuridik shaxslarni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallariga aylantirish 2002-yil 10-yanvargacha tugallanishi;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi uning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq korxonalarning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1-banddan “va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmog‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshidan “uning tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatini shu’ba korxonasi sifatida kiritgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ushbu qarorga 1 va
3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;