29.04.2024 yildagi PQ-165-son
Hujjat 30.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

T/r

Vazirlik va idoralar nomi

Taqdim etiladigan ma’lumotlar

Taqdim etish muddati

I. “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga joylab boriladigan ma’lumotlar

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat xaridlari sohasidagi qurilish resurslariga oid ma’lumotlar.

Doimiy

2.

Soliq qo‘mitasi

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi, o‘lchov birligi, narxi) ma’lumotlar.

Doimiy

3.

Statistika agentligi

Sanoat mahsulotlarining narxlari ko‘rsatkichlari.

Har oyda

4.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Qurilish materiallari bo‘yicha standartlar va muvofiqlik sertifikatlari asosida ularning texnik parametrlari ko‘rsatkichlari.

Doimiy

5.

Bojxona qo‘mitasi

Respublika hududiga import qilingan qurilish materiallari, asbob-uskunalari va jihozlari bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari.

Har oyda

II. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirib boriladigan ma’lumotlar

6.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qurilish va ta’mirlash loyihalari, ularga ajratilgan mablag‘lar hamda moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar.

Doimiy

7.

Soliq qo‘mitasi

1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar va ularga ilovalar.

2. Loyiha va pudrat tashkilotlarining jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi ma’lumotlar.

Doimiy

8.

Markaziy bank orqali tijorat banklari

Xizmat ko‘rsatuvchi bankdan 2-son kartoteka qarzdorligi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Doimiy

9.

Kadastr agentligi

Yangi qurilish obyektlari bo‘yicha tegishli hokimliklar tomonidan yer uchastkalarini ajratishga oid hujjatlarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Doimiy

10.

Ichki ishlar vazirligi

Shaxsning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi va sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

Doimiy

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Qurilish-pudrat tashkilotlari hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini to‘ldirish va hisobini yuritish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

2.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Bosh prokuratura,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

3.

“Shaffof qurilish” tizimini Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Hisob palatasi

4.

“Shaffof qurilish” tizimi orqali Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni amalga oshirish jarayonlari raqamlashtirish bilan to‘liq qamrab olinganligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura

5.

Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasiga asosan “Shaffof qurilish” tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

Zaruratga ko‘ra

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

Bunda, “Shaffof qurilish” tizimini doimiy takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

2024-yil may

6.

“Shaffof qurilish” tizimida “Davlat dasturlari ijrosi monitoringi” platformasini ishga tushirish.

Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Obyektlarning smeta qiymatini shakllantirish bo‘yicha “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini to‘liq ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Statistika agentligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Bojxona qo‘mitasi

8.

Texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

9.

Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan qurilish va ta’mirlash ishlarida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan boshlab obyektlarni qabul qilib olishgacha bo‘lgan jarayonlarni hajm va sifat ko‘rsatkichlari (“hajm” uslubi) asosida amalga oshirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

“Davlat dasturlari loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli ro‘yxatlarni kelishish” avtomatlashtirilgan elektron platformasini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish.

Idoralararo hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Hisob palatasi,

Bosh prokuratura

12.

Foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida sug‘urtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash hamda kafolat summalarini muddatidan oldin to‘lab berish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Markaziy bank

13.

Soliq organlarining axborot tizimidagi pudrat tashkilotlari va ulardagi ishchilarga soliq hamda boshqa to‘lovlar hisoblanishiga oid ma’lumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Soliq qo‘mitasi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14.

Budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha erishilgan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ichki audit xizmatlari tomonidan baholash tartibini ishlab chiqish.

Idoralararo hujjat loyihasi

2024-yil avgust

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

15.

Budjet tizimi budjetlari hamda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish-montaj ishlari, shu jumladan, qiymati 100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ular yakunlangandan so‘ng audit o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

Idoralararo hujjat loyihasi

2024-yil avgust

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

16.

Binolarni saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash va ularning hisobini yuritish tartibini belgilovchi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish.

Shaharsozlik normalari va qoidalari

2024-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

17.

Ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish tarmoq normalarini yangilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

18.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha ijrosi kechikayotgan va muammoli obyektlarda joyiga chiqqan holda kamchiliklarni o‘rganish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bosh prokuratura,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,

Hisob palatasi,

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

a) 2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “va kichik sanoat zonalari” so‘zlari “zonalar” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.