15.03.2024 yildagi 137-son
Hujjat 16.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va uning a’zolari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritishni tartibga soladi.
5. “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelib ketishini hisobga olish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida ushbu yo‘riqnomaga 1-ilovada keltirilgan tartibda “Xodimlarning ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari” (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish daftari) yuritiladi.
a) 3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: