11.03.2024 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoniga muvofiq davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar 2024-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
5. Mazkur Nizomning 8-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi bo‘yicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda bo‘lgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qo‘yish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
14. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqaro o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo‘yicha so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Agar so‘rovnomani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqaroning vakili to‘ldirayotgan bo‘lsa, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
Uy-joyni taqdim etish to‘g‘risidagi qaror (buyruq) asosida tuman (shahar) hokimligi bir ish kunida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
38. Mazkur nizomning 39-bandida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar vujudga kelganda, fuqarolar tashkilotning qarori (buyrug‘i) asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobidan chiqariladi va bu haqida uch kun ichida yozma ravishda xabardor qilinadi.
54. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylari mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalariga ijara haqini to‘lash majburiyati yuklanmagan holda beriladi.
57. Xizmat turar joyidan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqaro o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish bo‘yicha so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 43 va 44-bandlarida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan turar joy beriladi.
76. Davlat uy-joy fondi mazkur Nizomga 7-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
fuqarolarga o‘zlari yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirguniga qadar berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolarga uy-joyni qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha baholangan narxlar bo‘yicha sotish;
104. Ariza beruvchi to‘lovni to‘liq amalga oshirgandan so‘ng tuman (shahar) hokimligi bir ish kuni ichida mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan mulk huquqini beruvchi davlat orderini shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

So‘rovnomani ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) hokimligiga yoki fuqaroning ish joyi bo‘yicha uy-joy fondi bo‘lgan tashkilotga elektron shaklda yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

YIDXP

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining turar joy masalalari bo‘yicha komissiyasi

1. So‘rovnomani ko‘rib chiqadi.

2. So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ariza beruvchini uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisobiga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish haqida tashkilot rahbariga taklif kiritadi.

O‘n kun ichida

Tashkilotning turar joy masalalari bo‘yicha komissiyasi

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Komissiyaning taklifi asosida ariza beruvchini uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobiga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi.

2. Qarorni (buyruqni) Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Tashkilot

Avtomatik tarzda

Davlat xizmatlari markazi

Qarorni (buyruqni) ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

5-bosqich

Tashkilot

Aholi punktida foydalanishga topshirilgan yoki bo‘shagan uy-joylarni navbat asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turgan fuqarolarga taqdim etish to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi.

Ikki ish kuni ichida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Uy-joyni taqdim etish to‘g‘risidagi qaror (buyruq) asosida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Davlat xizmatlari markazi

Orderni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

O‘n daqiqa ichida

7-bosqich

Ariza beruvchi

1. Orderni olgandan so‘ng ushbu uy-joyni balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi bilan ijara shartnomasi tuzadi.

O‘n kun ichida

2. Oila a’zolari bilan birga uy-joyga ko‘chib kiradi.

O‘ttiz kun ichida

T/r

Toifalarning nomi

1.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muassasalarining (nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz keksalar uchun internat-uylar) bug‘ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va to‘g‘onlarga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektrotexniklar

3.

Kommunal xizmat ko‘rsatishning suv oqizish — oqova suvlarni chiqarib yuborish va gaz xo‘jaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari va chilangarlari

4.

Yo‘l oraliqlari ustalari va tuzatuvchilari

5.

Gaz ta’minoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xo‘jaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidroo‘lchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi elektromexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalari uchastka vrach-terapevtlari va pediatrlari.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogironligi bo‘lgan bolalar uylari direktorlari, vrach (feldsher), katta tibbiyot hamshirasi, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachisi, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachi, vrach (feldsher), xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi hamshira.

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

O‘rmon, qo‘riqxona, (daxlsiz o‘rmon qo‘riqxonasi), ovchilik xo‘jaliklari direktorlari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, o‘rmon kesuvchilari va yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qo‘riqlash va favqulodda vaziyatlar organlari harbiy xizmatchilari va ishchi-xizmatchilari

14.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlariga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishchi va xizmatchilari, Qurolli Kuchlarning ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlari xodimlari

16.

Oliy sud, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlar sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan mas’ul xodimlari

19.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning o‘rinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning o‘rinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa bo‘limlari boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat uy-joy fondidagi alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.

Zaruriyatga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

So‘rovnomani xususiylashtirilayotgan uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimligiga hamda uy-joy fondini balansida saqlovchi tashkilotga elektron shaklda yuboradi.

O‘n daqiqa ichida

YIDXP

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha uy-joyni xususiylashtirish yoki xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi.

2. Qabul qilingan qarorni (buyruqni) Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir oy ichida

Tashkilot

Avtomatik tarzda

Davlat xizmatlari markazi

Qarorni (buyruqni) olganidan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

O‘n daqiqa ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Qarorda (buyruqda) nazarda tutilgan shartlarda uy-joyni xususiylashtirish uchun to‘lovni to‘liq yoki qisman amalga oshiradi.

O‘n ish kuni ichida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Davlat xizmatlari markazi

Orderni olganidan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

O‘n daqiqa ichida