27.02.2024 yildagi PQ-88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2027-yil 1-yanvarga qadar 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat asosida protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

1.

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatda quyidagilar nazarda tutiladi:

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash tartibi;

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish, yetkazib berish va to‘lovni amalga oshirish tartibi;

protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ta’mirlash yoki boshqasiga almashtirish tartibi;

davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining turlarini kengaytirish hamda vaucher qiymatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Nogironlikni belgilash hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha elektron davlat ijtimoiy xizmatlari ko‘rsatiladigan yagona axborot tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi va “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi negizida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash” va “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modullarini ishga tushirish.

2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini zarur idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish.

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha muhtoj shaxslar ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlangan fuqarolarning aniq hisobini yuritib borish.

1. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlangan fuqarolarning aniq hisobini yuritish uchun davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, m�halliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining tegishli moduliga ulash.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2024-yil sentyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Fuqarolar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan homiylik xayriya mablag‘lari, shuningdek, Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ta’minlangandan so‘ng ikki ish kuni ichida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib borish.

2024-yil oktyabrdan boshlab doimiy

Davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

5.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini vaucher qiymatidan past narxda sotib olgan muhtoj shaxslarni rag‘batlantirish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini vaucher qiymatidan past narxda sotib olgan muhtoj shaxslarga taqdim etiladigan 20 foiz rag‘batlantirish mablag‘lari jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im mi�dorini kamaytirish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im miqdorini 50 foizga kamaytirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bo‘yicha muhtoj shaxslarga professional xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar, reabilitologlar hamda tiklash terapiyasi bo‘yicha tibbiy mutaxassislarni tayyorlab borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab quyidagi mutaxassislarni tayyorlab borish tizimini yo‘lga qo‘yish:

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bo‘yicha muhtoj shaxslarga professional xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar;

oliy ma’lumotli reabilitolog tibbiy mutaxassislar.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

8.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlangan muhtoj shaxslarning ijtimoiylashuvini qo‘llab-quvvatlash.

1. Muhtoj shaxslar protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan birinchi marotaba ta’minlangandan so‘ng ularni ta’lim va kasbga yo‘naltirish, sportga jalb etish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish.

2. Individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasi asosida muhtoj shaxslarni ta’lim va kasbga yo‘naltirish, sportga jalb etish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil maydan boshlab

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

9.

Respublikada protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Respublikada protez-ortopediya moslamalari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qo‘mitasi

10.

Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish.

1. Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan kafolatli ta’minlash tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidanspinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarning uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalarni (pulsoksimetrlar, Ambu qopchalari, tibbiy aspiratorlar, BiPAP apparatlari, kislorod konsentratorlari, traxeostomolar, gastrostomalar va boshqa tibbiy buyumlar) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilish va kafolatli ta’minlashni amalga oshirish;

spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalar uchun zarur bo‘ladigan o‘rindiqli aravachalar, korsetlar, tutor, ortezlar va elektr yuritmali o‘rindiqli aravacha bilan vaucher asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan belgilangan tartibda ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

11.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish sohasida ilmiy izlanishlar olib borish tizimini rivojlantirish.

1. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish sohasidagi muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

2. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ishlab chiqarish jarayonlariga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalarini joriy etish choralarni ko‘rish.

3. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlarini kengaytirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazish uchun grant ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning t�xnik vositalariga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish.

Ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining umumiy texnik shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi

2024-yil iyun

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

13.

Nogironlikni belgilash, shu jumladan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashga muhtojlikni aniqlash jarayonlarida elektron hujjat almashinuvi tizimini to‘liq joriy qilish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarga nisbatan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni belgilash bo‘yicha tibbiy xulosalarni “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtirish uchun sharoit yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. “Elektron sog‘liqni saqlash” yagona platformasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2024 — 2026-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

14.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan beriladigan kafolatlangan mablag‘larning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan beriladigan kafolatlangan mablag‘larning miqdorini bozor konyunkturasi, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari, chakana narxlar hamda xarid qilish tartib-taomillari bo‘yicha avval xarid qilingan narxlar asosida aniqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Uslubiy tavsiyalar

2024-yil oktyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

15.

Reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ta’mirlash yoki boshqasiga almashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni ke�gaytirish.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ma’muriy binolarida belgilangan tartibda reabilitatsiya vositalarini ijaraga berish hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ta’mirlash, boshqasiga almashtirish bo‘yicha servis xizmatini ko‘rsatish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

16.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro‘yxatini muhtoj shaxslarning ehtiyojlari va xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqib kengaytirib borish.

Muhtoj shaxslarning ehtiyojlari hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ro‘�xatini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2025-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

17.

Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan “Ijtimoiy karta” orqali ta’minlash tizimini joriy qilish.

Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan “Ijtimoiy karta” orqali ta’minlash tizimini joriy etishga qaratilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2025-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

18.

Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini keng targ‘ib qilish.

1. Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va internet nashrlari) orqali muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan vaucher asosida ta’minlashning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashga doir davlat ijtimoiy xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha videoroliklar ishlab chiqish hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy internet sahifalari orqali e’lon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

o‘n ikkinchi xatboshidan “, 20 ming dona yig‘ma Brayl alifbosi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “2022-2023-yillarda 12 mingta” so‘zlari “2022-yilda 6 mingta” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustuni uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “2023-yil dekabr” hamda “2024-yil yanvar” so‘zlari “2024-yil aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin.
izoh qismining birinchi bandi ikkinchi xatboshisidagi “3, 19b, 24, 26, 33, 34 va 36-bandlardan” so‘zlari “3, 19b, 24, 26, 33, 34, 36, 40, 41 va 42-bandlardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: