03.10.2023 yildagi 524-son
Hujjat 04.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi orqali Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga ularni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “muomalaga layoqatli, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmayotgan” so‘zlari “saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning qarori asosida mahrum etilmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 4-banddagi “shaxsiy va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-banddagi “o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy” so‘zlari “fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, milliy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-banddagi “tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy” so‘zlari “tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, milliy” so‘zlari bilan almashtirilsin.