28.09.2023 yildagi PQ-319-son
Hujjat 03.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. 2023-yil 15-oktabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq dastlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan 28 ta tuman (shahar)da ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishining yangi tizimini yo‘lga qo‘yish jarayonida yuzaga keladigan tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

1. Ijtimoiy xodim faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1.

Ijtimoiy xodimlarni lavozimlarga tanlab olish ishlarini tashkil qilish.

Ijtimoiy xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi choralarni ko‘rish:

ijtimoiy xodimlar lavozimiga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish;

bo‘sh turgan lavozimlar ro‘yxatini ochiq manbalarda e’lon qilish;

obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ijtimoiy xodim lavozimiga ishga qabul qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

2.

Ijtimoiy xodimning xizmat faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqish.

Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va yuritish standartlarini (keys-menejment) tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3.

Eksperiment tariqasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar dastlab yo‘lga qo‘yiladigan tumanlarda (shaharlarda) ijtimoiy xizmat tizimini yo‘lga qo‘yish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlash:

har bir mahallaning mahalla fuqarolar yig‘inlari binosida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratish va uni zarur jihozlar bilan ta’minlash;

ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish sohasidagi mas’ul organlar o‘rtasida vazifalar taqsimotini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Ijtimoiy xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash.

Joylarda, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlarida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratilishini hamda ularga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

II. Ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish

5.

“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovini o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovini o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilash;

ko‘rik tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish va tanlovni keng jamoatchilikka targ‘ib etish;

ko‘rik tanlovda baholash mezonlari va shartlarini ishlab chiqish;

ko‘rik tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish tizimi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tartib-taomillari;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish bo‘yicha arizalarini qabul qilish hamda ularni tegishliligi yuzasidan ko‘rib chiqish uchun sektor rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yuborish imkonini yaratish mexanizmi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

7.

Tutingan ota-onalarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida tutingan ota-onalarning tayyorlov kurslarini tashkil etish;

tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishini rag‘batlantirish;

ijtimoiy xodimlar, shu jumladan Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarning shartnoma asosida malakasini oshirish mexanizmlari.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy gvardiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash

8.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar doirasini kengaytirish.

Quyidagi kompleks choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi: ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish orqali boshpanalar (shelterlar) tashkil qilish;

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan joylashtirish tartibini ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga sanatoriylarga yo‘llanma berish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Agentlik tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga yo‘llanma berish tizimini takomillashtirish;

sanatoriylarga yo‘llanma uchun yuzaga kelgan navbatlarni qisqartirishga doir shaffof mexanizm joriy etish;

keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda davolanish xarajatlarini kompensatsiya qilish;

yo‘llanmalarni berish davriyligini qayta ko‘rib chiqish;

sanatoriylar boshqaruv tizimi davlat xususiy sheriklik shartlarida asosida joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi

10.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan guruhlarni;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

11.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibini tubdan takomillashtirish;

zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalarini yetkazib beruvchi subyektlarni rag‘batlantirish tizimi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

12.

Davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy himoya sohasidagi mas’uliyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoya tizimi xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa qonun buzilishlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura

13.

Ayrim toifadagi shaxslar manfaatini himoya qilishda davlat bojidan ozod etish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ularni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qo‘yish, shuningdek, agar bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa va bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilsa, ularni boshqa turar joy bermasdan ko‘chirib yuborish to‘g‘risidagi da’vo arizalari kiritishi munosabati bilan davlat bojidan ozod qilish;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo‘lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha davlat bojidan ozod qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash tizimini takomillashtirish;

nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

15.

Davlat va xususiy telekanallarda aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlashga qaratilgan axborot materiallari e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish, bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mazkur axborotlar foydalanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

Davlat va xususiy telekanallarining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yangilik va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarning surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini doimiy tarzda ta’minlash choralarini ko‘rish.

Davlat va xususiy telekanallarda og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan oilalarga motivatsiya bo‘ladigan, ular duch kelayotgan muammolarni yoritish, jamiyatda mavjud stereotiplarni o‘zgartirish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiylashuviga qaratilgan turkum seriallar, telenovellalar, maxsus tele ko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

16.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasini tuzish mezonlarini hamda ijtimoiy shartnomaga yakka tartibda ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashuv dasturini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

17.

Ota-onasi xorijiy mamlakatlarga ishlashga (mehnat migrantlari) ketgan shaxslarning bolalarini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalarning ijtimoiy himoyasini hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumot

2024-yil mart

Milliy gvardiya, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Farzandlikka olish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

farzandlikka oluvchilar uchun qo‘yiladigan talablarni ularning yoshi yoki oilaviy ahvolidan kelib chiqib kengaytirish;

farzandlikka olish tizimini soddalashtirish;

bolani farzandlikka olgan shaxslar uchun sinov muddatini belgilash yoki ma’lum muddatga patronatga berish tartibini joriy etish;

farzandlikka olish va undan keyingi davrlarda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.