02.09.2023 yildagi 436-son
Hujjat 04.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VA UY-JOY
KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGI

_______________________________________________

(tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari)

Hujjat tuzilgan sana: _________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ______________

Turar joy ixtisoslashishini (rekonstruksiya qilib) noturar joyga o‘zgartirish uchun
RUXSATNOMA

20___ y. “_____”____________-son

1.

Ariza raqami

2.

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

3.

Noturar joyga ixtisoslashtirilayotgan obyekt nomi

4.

Obyekt manzili

5.

Obyektning yer maydoni

6.

Kadastr raqami

7.

Quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma beriladi

Obyekt joylashgan joy ko‘rsatilgan bosh reja.
(Bosh reja bo‘lmaganda, hududning qishloq xo‘jaligi xaritasi,
topoxarita yoki “Google”dan foydalanish mumkin)

Eslatma:

1. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish.

2. Loyiha hujjatlarini kelishish.

3. Kadastr pasportini rasmiylashtirish.

4. Qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

5. Turar joy ixtisoslashishi (rekonstruksiya qilib) noturar joyga o‘zgartirilayotgan obyekt kadastr organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar mazkur obyektda doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turgan barcha fuqarolar ro‘yxatdan chiqarilishi lozim (turar joyning bir qismi toifasi o‘zgargan yoki buzilgan hollar bundan mustasno).

Izoh.

1. Loyiha hujjatlari kelishilishi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos bo‘ladi.

2. Ruxsatnomaga o‘zgartirilgan obyektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sxemasi ilova qilinadi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod

”;

b) 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VA UY-JOY
KOMMUNAL XO‘JALIGI VAZIRLIGI

_______________________________________________

(tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari)

Hujjat tuzilgan sana: _________ Ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.: ______________

Turar joyni (rekonstruksiya qilmasdan) noturar joyga /
Noturar joyni (rek�nstruksiya qilmasdan) turar joyga /
Obyektni rekonstruksiyasiz faqat qayta ixtisoslashtirishga
RUXSATNOMA

20___ y. “_____”____________-son

1.

Ariza raqami

2.

Obyektning ishlar bajariladigan qismi

3.

Qanday obyektga ixtisoslashtirilayotganligi ko‘rsatiladi

4.

Obyekt manzili

5.

Obyektning yer maydoni

6.

Kadastr raqami

7.

Quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma beriladi

Obyekt joylashgan joy ko‘rsatilgan bosh reja.
(Bosh reja bo‘lmaganda, hududning qishloq xo‘jaligi xaritasi,
topoxarita yoki “Google”dan foydalanish mumkin)

Eslatma:

1. Obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini o‘zgartirish nazarda tutilganda ushbu ruxsatnoma obyektning kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos bo‘ladi.

2. Turar joy ixtisoslashishi (rekonstruksiya qilmasdan) noturar joyga o‘zgartirilayotgan obyekt kadastr organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar mazkur obyektda doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turgan barcha fuqarolar ro‘yxatdan chiqarilishi lozim (turar joyning bir qismi toifasi o‘zgargan yoki buzilgan hollar bundan mustasno).

Izoh. Ruxsatnomaga o‘zgartirilgan obyektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sxemasi ilova qilinadi.

Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________

(F.I.O.)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod

”;

b) uchinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.