08.08.2023 yildagi 345-son
Hujjat 08.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
turistik faoliyatning “Umra” xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishi uchun litsenziya berish masalasi O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan litsenziyalash sohasidagi tegishli vakolatli organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan kelishiladi. Bunda, ariza 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
8. Belgilansinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar chiqish turizmi kichik turi bo‘yicha turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi mavjud tashkilotlarga nisbatan ushbu qarorning 2-bandida belgilangan qo‘shimcha litsenziya talab va shartlari 2023-yil 1-noyabrdan boshlab qo‘llaniladi hamda ulardan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im va litsenziya uchun davlat boji undirilmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Bunda mazkur qarorga ilovaning 2-bandi 2023-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritiladi.

1.

Litsenziya nomi:

turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) ichki turizm faoliyati (O‘zbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish);

b) chiqish turizmi faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmini) amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (“Umra” tadbirini tashkil etishva o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish) amalga oshirish);

v) kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);

b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

v) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional ma’lumotga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;

e) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.

Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

a) ariza;

yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, STIR, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish);

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish joyi, yashash joyi, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish).

b) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan eri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;

v) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

g) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zga�ishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligini haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

“Ichki turizm” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

5 kun, basharti ariza “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid bo‘lsa, 10 kun.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilish;

b) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot shtatida qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;*

v) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikatini olishi;*

g) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;*

d) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini ko‘rsatish;

e) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;

j) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud bo‘lsa), turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘lgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;

z) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);

i) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi;*

y) xorijiy mamlakatlardagi ta’lim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yich� ta’lim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*

k) xorijiy mamlakatlardagi ta’lim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*

l) faoliyatni faqat litsenziyada ko‘rsatilgan yo‘nalish(lar) bo‘yicha amalga oshirish;*

m) mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini ko‘rsatmaslik;*

n)turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni ta’minlash tizimining litsenziatda mavjudligi.

“Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziyalash talab va shartlari quyidagilardan iborat:

a) “chiqish turizmi” faoliyati doirasida “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;*

b) “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlash hamda bir nafar guruh rahbariga ellik nafardan oshmagan miqdorda ziyoratchilarni biriktirish;*

v) “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom ta�ixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;*

g) “Umra” tadbiriga voyaga yetgan fuqarolarni yuborish;

d) “Umra” tadbirini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnonaga muvofiq amalga oshirish.*

Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilish;

b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yo‘nalishidagi faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;*

v) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;*

g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targ‘ib va realizatsiya qilish;*

d) har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;

e) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);*

j) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan eri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas (“Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha arizalar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan kelishiladi).

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.