06.07.2023 yildagi PF-108-son
Hujjat 07.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Izoh: Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlanmoqda.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Moliyalashtirish manbai

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish

1.

Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yo‘l xaritalari”ni qayta ko‘rib chiqish.

2023-yil noyabr

Raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalari bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yo‘l xaritalari” qayta ko‘rib chiqilib, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi.

2.

1. Insofsiz raqobatning yangi ko‘rinishlari yuzaga kelayotganligi sababli ularni taqiqlash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ushbu holatlarni aniqlash tartibini ishlab chiqish.

2. “Kartel” kelishuvlari va til biriktirish holatlarini aniqlashning mavjud tartibini jahon tajribasini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish hamda ushbu qonunbuzarlik holatlari haqida birinchi bo‘lib xabar bergan “kartel” kelishuvlari ishtirokchilarini javobgarlikdan ozod qilish.

2023-yil noyabr

Raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Insofsiz raqobat, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish holatlarini aniqlash samaradorligini oshiriladi.

3.

Raqobatni ta’minlashga ko‘maklashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Bunda, raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Raqobatni ta’minlashga ko‘maklashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlarida nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish hisobiga raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yaxshilanadi.

II. Raqobat sohasida kadrlar malakasi va salohiyatini tizimli oshirish

4.

Raqobat qo‘mitasi, uning tizim tashkilotlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining xodimlarini raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishlarida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya, Rossiya va boshqa davlatlarda uzoq va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitish va tajriba almashishni tashkil etish.

2023-yil davomida

Raqobat qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli davlat organlari va tashkilotlar

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablag‘lari, Raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

Kadrlar malakasi va salohiyatini tizimli oshirishga erishiladi.

5.

Raqobat qo‘mitasi huzurida Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazini tashkil qilish hamda uni bino bilan va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash.

2023-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi

Budjet mablag‘lari, Raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

Tovar va moliya bozorlarida tadqiqotlarni o‘tkazish, narxlar konyunkturasini tahlil qilish, tabiiy monopoliya sohalarini isloh qilish va kadrlar malakasini oshirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

6.

Raqobat qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil qilish uchun xorijiy ekspertlarni jalb etish va uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2023-2024-yillarda

Raqobat qo‘mitasi

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant mablag‘lari, Raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari

Xorijiy ekspertlar bilan birgalikda Raqobat qo‘mitasiga yuklatilgan har bir vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda ularni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahalliy ijroiya hokimiyati va boshqa davlat organlarining hududiy bo‘linmalari xodimlarini yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan o‘qitishlarni tashkil qilish.

2023-2024-yillarda

Raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari

Raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Raqobat sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntiriladi.

III. Iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni rivojlantirish va hududlar bilan ishlash

8.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib:

qizil — raqobat rivojlanmagan va davlat ishtiroki yuqori;

sariq — raqobatga salbiy ta’sir etuvchi omillar mavjud;

yashil — raqobat rivojlangan guruhlarga ajratish tizimini yaratish.

2023-yil 1-oktabr

Raqobat qo‘mitasi, tegishli davlat organlari va tashkilotlar

-

Iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat rivojlanganlik darajasi aniqlanib boriladi va raqobat rivojlanmagan tarmoqlar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda manzilli ishlar tashkil qilinadi.

2. Iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat rivojlanganlik darajasini tahlil qilib borish.

Har yili 1-avgustgacha

3. “Qizil” va “sariq” guruhlarga tushgan tarmoqlar bo‘yicha ushbu sohada davlat siyosatini yurituvchi davlat organlari bilan birgalikda raqobatni cheklovchi omillarni bartaraf etish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Zaruratga qarab

9.

Davlat tomonidan imtiyoz, preferensiya va subsidiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish va ularning samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish, unda berilgan imtiyoz, subsidiya va preferensiyalarni monitoring qilish (elektron, onlayn) tizimini joriy etish hamda imtiyoz, subsidiya va preferensiyalar berilgan subyektlar reyestrini yuritishni nazarda tutish.

2023-yil oktyabr

Raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

Imtiyoz, subsidiya va preferensiyalar taqdim etishning hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taqdim etilgan imtiyoz, subsidiya va preferensiyalarning samaradorligi baholanadi.

10.

Respublikamizning 2 ta hududi va 10 ta tarmog‘ida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, amalga oshirish.

2023-yil 1-oktabr

Raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari

-

Muammolar mavjud bo‘lgan hududlarda va tegishli tarmoqlarda raqobat rivojlanish holati tahlil qilinadi va takliflar ishlab chiqiladi.

11.

Raqobatni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolarni o‘rganib ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borish.

Bir yilda kamida ikki marta

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazilib, aniqlangan muammolarni tuman, viloyat va respublika darajasida hal etish uchun tegishli vazirlik, idoralar va ularning quyi tizim tashkilotlari bilan ishlanadi.

IV. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini nazorat qilish

12.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalarining o‘rni hamda rolini oshirish choralarini ko‘rish.

Bunda:

1. Iste’molchilar jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yangi jamoat birlashmalarini tashkil etishga ko‘maklashish.

2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalari mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish.

3. Jamoat birlashmalari mahalliy vakillik organlari va ularning hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.

4. Jamoat birlashmalari samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun turli grant va moliyaviy mablag‘larni jalb qilish.

Doimiy

Raqobat qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nodavlat tashkilotlari soni ko‘payishiga va iste’molchilar madaniyatini shakllanib borishiga erishiladi, iste’molchilar huquqlarini himoyasi to‘la ta’minlanadi.

13.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga tovarni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish.

2024-yil mart

Raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

-

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari belgilanadi.

14.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida “iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov tashkil etish va o‘tkazish.

Bunda:

1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va xizmatlar sifatini oshirish sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan korxona, tashkilotlarni aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Taqdirlash marosimini tashkil etish.

2024-yildan boshlab har yili 15-martda

Raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ijrochilar mablag‘lari

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ularga ko‘rsatadigan xizmatlar sifatini oshirish ta’minlanadi.

15.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama sohasini nazorat qilishda kreativ g‘oyalarni belgilash.

Bunda:

1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama bozorini nazorat qilishda kreativ y�nalishlarni belgilash.

2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini nazorat qilishda kreativ yo‘nalishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

Raqobat qo‘mitasi

-

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama bozorini nazorat qilishda yangicha yondashuv va yo‘nalishlar yaratiladi.

16.

Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi, iste’molchilarga savdo, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarni “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan e’tirof etish tartibini joriy qilish.

2024-yildan boshlab

Raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

-

O‘z faoliyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlagan, iste’molchilar muammolari bilan samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘ygan subyektlarni aniqlash va baholash mexanizmlari ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

17.

Asosiy turdagi 20 dan ortiq ijtimoiy muhim ahamiyatga ega va strategik tovarlar narxlarining keskin tebranishlari oldini olish, narxlarning asossiz o‘sishi holatlarini aniqlash maqsadida tizimli monitoring olib borish bo‘yicha FAIR PRICE (adolatli narx) axborot tizimini yaratish.

2024-yil mart

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Narxlarning asossiz o‘sishi holatlarini aniqlash maqsadida mazkur axborot tizimining davlat organlari va elektron hukumat axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi ta’minlanadi, shuningdek, masalani tezkor ko‘rib chiqilishi va ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi.

18.

“Tovar to‘g‘risida ma’lumot” axborot tizimi va mobil ilovasini yaratish.

2023-yil dekabr

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Iste’molchilarga mamlakat iste’mol bozorida muomalada bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar to‘g‘risida ma’lumotlarni onlayn tarzda mobil ilova orqali olish imkoniyati yaratiladi.

V. Raqobat sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

19.

Tabiiy monopoliyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda tariflarni tartibga solishning samarali mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish (Vazirlar Mahkamasi qarori).

Bunda, quyidagilarninazarda tutish:

amalga oshirilayotgan loyihalarni tahlil qilgan holda tabiiy monopoliyalarning faoliyati mustaqil regulyatorlar orqali tartibga solinishini yo‘lga qo‘yish;

tabiiy monopoliyalarning tariflarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, maqbullashtirish.

2023-yil dekabr

Raqobat qo‘mitasi

-

-

20.

“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaldagi qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida”gi qarorini qayta ko‘rib chiqish (Vazirlar Mahkamasi qarori).

2023-yil oktyabr

Raqobat qo‘mitasi

-

-

21.

“Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqish (Vazirlar Mahkamasi qarori).

2023-yil oktyabr

Raqobat qo‘mitasi

-

-

22.

Ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatorining raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlarini aniqlash tartibini ishlab chiqish (Vazirlar Mahkamasi qarori).

2023-yil oktyabr

Raqobat qo‘mitasi

-

-

VI. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish

23.

Davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning raqobat qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga hisobot berib borish.

Har yarim yilda

Raqobat qo‘mitasi

-

Tegishli davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan raqobatga zid qarorlar qabul qilish sonining kamayishiga erishiladi.

24.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni ta’minlash va tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan axborot kiritib borish.

Har chorakda

Raqobat qo‘mitasi

-

Raqobat rivojlanmagan sohalarni aniqlash, ularda mavjud raqobatga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘riladi.

25.

Raqobat qo‘mitasi moliyaviy faoliyatining shaffofligini ta’minlash.

Har chorak yakuni bilan

Raqobat qo‘mitasi

-

Raqobat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilib borish orqali Qo‘mita faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.

26.

Hududiy boshqarmalar ish samaradorligini oshirish maqsadida ularning eng muhim faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingni joriy etish.

2023-yil avgust

Raqobat qo‘mitasi

-

Hududiy boshqarmalarning choraklik ko‘rsatkichlari asosida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar inson omilisiz shakllanadi.

Natijada hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy choralar ko‘rib borish tartibi yaratiladi.

27.

Qo‘mita hududiy organlari xodimlarini markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish, tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.

2023-yil davomida

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishga, xodimlarda liderlik, fidoyilik, vaqtdan unumli foydalanish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishiladi.

28.

Qo‘mita va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar, hududiy organlarda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, oldindan “tashxis qo‘yish” va korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Doimiy

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Korrupsiyani oldini olishga, korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etishga erishiladi.

29.

Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash hamda amaliyotga joriy etish.

2023-yil dekabr

Raqobat qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ijrochilar mablag‘lari

Axborotlardan foydalanish va xavfsizlik tizimi joriy etiladi.

30.

Qo‘mita faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari va resurslarini texnik topshiriq talablariga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

2023-yil oktyabr — dekabr

Raqobat qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ijrochilar mablag‘lari

Qo‘mita faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari va resurslarining texnik samaradorligi va natijadorligiga erishiladi.

31.

Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning tegishli markazlarida Qo‘mita faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy ta’minotlar va elektron reyestrlar ma’lumotlarini belgilangan tartibda zaxiralashni tashkil qilish.

2023-yil davomida

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

32.

Raqobat qo‘mitasi faoliyatida joriy etilgan “FAIR TECN” yagona axborot tizimi doirasida raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqishning quyidagi tartiblarini to‘liq raqamlashtirish:

elektron shaklda murojaat qilish;

murojaatlarni elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish;

taraflarni xabardor qilish;

murojaatlar holatini onlayn tarzda kuzatib borish;

komissiya qarorlarini elektron shaklda yuborish yoki onlayn taqdim etish;

hisobotlarni elektron shaklda yuritish.

2024-2025-yillar

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Raqobat va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi haqida ishlarini tezkor ko‘rib chiqilishi va zudlik bilan qaror qabul qilishiga erishiladi.

33.

Energiyani tejash va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish.

Bunda Qo‘mita markaziy apparati hamda o‘z binolari mavjud bo‘lgan hududiy organlarning ma’muriy binolariga quyosh fotoelektr stansiyasi (panel) va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish.

2023-yil davomida

Raqobat qo‘mitasi

Ijrochilar mablag‘lari

Qo‘mita markaziy apparati hamda hududiy organlarning ma’muriy binolariga quyosh fotoelektr stansiyasi (panel) va quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.

Elektr energiya sarfini 30 foizgacha iqtisod qilinishiga erishiladi.

3-bandning “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Agentlikka” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “Qo‘mita” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlikning” so‘zi “Qo‘mitaning” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-bandning “b” kichik bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-ilovaning 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-bandning “a” kichik bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2.2.-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3.9.-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3.10.-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 15, 21, 29 va 41-pozitsiyalari “Mas’ullar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 14 — 19-pozitsiyalari “Mas’ul vazirlik va idoralar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning “e” kichik bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga 23-ilovaning 7.3.-pozitsiyasi “Tashkilotlar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovaning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-ilovaning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilovaning o‘ninchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 13, 17, 20, 30 va 31-pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 14-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning 47 va 48-pozitsiyalari “Ma’lumotlarni taqdim etadigan tashkilotlar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-ilovaning o‘n birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 12-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 2-ilovaning nomidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-244-son Farmoniga 3-ilovaning 9-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 12-bandning “v” kichik bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
yettinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 1-avgustdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-1591-son qarorining 2-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 10-pozitsiyasi “Litsenziyalovchi organ” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2773-son qarori 4-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
oltinchi xatboshi “vakillari kiritiladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) nomidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha birinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilardagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 10-bandning ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 12-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 14-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4135-son qaroriga 1-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-son qarori 15-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 20-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning 38-pozitsiyasi “Mas’ul organ” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qaroriga ilovaning 14-pozitsiyasi 14.6-bandi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4813-son qarori 2-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-son qaroriga 2-ilovaning 32 va 33-pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 45-pozitsiyasi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xayitmetov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning 5-pozitsiyasi “Tuman (shahar) darajasida” ustunidagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xayitmetov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qaroriga 1-ilovaning 21-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xaitmetov)” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23-bandning uchinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
48-bandning uchinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 2, 3, 4, 5 va 6-pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qarori 51-bandining beshinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5171-son qaroriga 2-ilovaning o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son qaroriga 2-ilovaning 11-pozitsiyasi “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-son qaroriga ilovaning 4 va 6-pozitsiyalari “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qaroriga 7-ilovaning 19-pozitsiyasi “Rivojlantirish dasturi va maqsadli indikatorlar nomi” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-123-son qarori 5-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7-ilovaning 13-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-ilovaning 13-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son qarorining 10-bandi beshinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-son qaroriga ilovaning 14-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-283-son qarori 16-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-411-son qaroriga 3-ilovaning 9-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-443-son qaroriga 1-ilovaning 29-pozitsiyasi “Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari” ustunidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.