10.01.2023 yildagi VI-45-1-3-43-K/23-son
Hujjat 12.01.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan 2023-yil uchun tumanda belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqiga, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2023-yilga yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Arnasoy tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno) bo‘yicha mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bunda, tumanlar xalq deputatlari Kengashlari, yuqorida 1 va 2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Keyingi tahrirga qarang.