19.12.2022 yildagi 716-son
Hujjat 21.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga asosan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, ularning xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish hamda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida yangi tashkil etilgan Iste’mol bozorlarida narxlarni monitoring qilish departamenti faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq asosiy vositalarni xarid qilish va joriy ta’mirlash ishlarini Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaror bilan Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
asosiy turdagi tovarlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatlardagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

1. Asosiy turdagi tovarlar narxlarining o‘zgarishi dinamikasini kuzatib boradi.

2. Asosiy turdagi tovarlar narxlarini barqarorlashtirish maqsadida ularning ishlab chiqarish xarajatlarini maqbullashtirish hamda kelgusida narxlar keskin oshishining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Narxlarning keskin tebranishi holatlari kuzatilganda tahlil o‘tkazadi.

Ariza va axborotlar olingan kundan boshlab 1 oy davomida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Tahlil jarayonida narxlarining keskin tebranishi holatlari kelib chiqishining haqiqiy sabablarini aniqlash maqsadida ko‘rik o‘tkazadi.

Tahlil davomida

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Tahlil mobaynida:

qonun buzilishi alomatlari aniqlanganda tekshiruv o‘tkazadi;

birja savdolariga majburiy qo‘yilishi kerak bo‘lgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni to‘liq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulatsiya holatlari alomatlari aniqlanganda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar omboridagi mavjud zaxiralarni xatlovdan o‘tkazadi.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda 10 kun ichida

5-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Tekshiruv yoki xatlov jarayoniga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarini jalb qiladi.

Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar

Xodim jalb etilishi yuzasidan yuborilgan so‘rovga asosan mas’ul xodim ajratilishini ta’minlaydi.

Bir kunlik muddatda

6-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Narxlar keskin tebranishi holatini (belgisini) to‘liq va xolis ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga so‘rov yuboradi.

Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi so‘rovida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

So‘rovda belgilangan muddatda

7-bosqich

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

O‘tkazilgan tahlil, tekshiruv va xatlov natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma yoki ko‘rsatmalar beriladi.

Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:

Kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatidan kelib chiqib

raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga asosan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma;

iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma beriladi.

Raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda, iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan holatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma berilishi mumkin.

Qonun buzilishi holatlari aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda

Vakolatli organning vakolatiga kirmaydigan holatlar aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ta’sir choralarini ko‘rish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

Tahlil yakuni bo‘yicha

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining taqdimnoma va ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlaydi.

Taqdimnoma va ko‘rsatmada belgilangan muddatda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfliligi va sifatsizligi haqidagi axborot asoslarini aniqlash (shakllantirish).

Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatda

2-bosqich

Nazorat qiluvchi davlat organlari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari

1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xavfli yoki sifatsiz deb topish. Bunda:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan;

tovarlarning nomuvofiqligi yoki nuqsoni ko‘rinib turganligi ayon bo‘lgan holatlarda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda

2. Tovarlarni xavfli yoki sifatsiz deb topish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi.

1 kun muddatda

3-bosqich

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari, vakolatli organlar

Tovarning xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, uning egasiga ushbu tovarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish realizatsiya qilishni to‘xtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma beradi.

2 kun muddatda

4-bosqich

Tovar egasi

Xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan tovar egasi ko‘rsatmani olgan kundan boshlab o‘sha kunning o‘zida ko‘rsatmada keltirilgan tovarni respublika hududiga import qilish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni to‘xtatish choralarini ko‘radi.

Ko‘rsatmani olgan kunda

5-bosqich

Tovar egasi

Ko‘rsatmada keltirilgan tovarni iste’mol qilish�i zudlik bilan to‘xtatish, uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari va e’tirozlar mavjud bo‘lganda murojaat qilish uchun ularni qabul qilish joyi, vaqti va tartibi haqida iste’molchilar e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali xabar joylashtiradi.

Ko‘rsatmani olgandan so‘ng 3 kun muddatda

6-bosqich

Tovar egasi

1. Ko‘rsatmada keltirilgan tovarni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olishni ta’minlaydi.

2. Ko‘rsatmani ijro qilish natijalari haqida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘rsatma bergan organga yozma ravishda axborot kiritadi.

Ko‘rsatmani olgandan so‘ng 1 oy muddatda

7-bosqich

Tovar egasi, vakolatli davlat organlari, jamoatchilik nazorati vakillari

Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar ularning egasi hisobidan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari hamda jamoatchilik nazorati vakillari ishtirokida yo‘q qilinadi.

Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda

8-bosqich

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar hamda tovar egalarining elektron ro‘yxatini yuritadi hamda o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Aniqlangan kunning o‘zida

o‘n oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha yigirma to‘rtinchi — o‘ttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n ikkinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha yigirmanchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha o‘n yettinchi-o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshi tegishlicha yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin.
o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 12-band quyidagi mazmundagi “101” kichik band bilan to‘ldirilsin: