05.12.2022 yildagi 694-son
Hujjat 07.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 136-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-oktabrdagi PQ-387-son qarorining 4-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalashning yangi mexanizmlari joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta qildiruvchiga mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni ta’minlagan holda sug‘urta shartnomasini tuzish imkoniyatini yaratishi zarur.
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan sug‘urta shartnomasini tuzish haqidagi arizani shakllantirish imkoniyatini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun sug‘urtalovchi tomonidan taklif etiladigan usuldan foydalangan holda sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish haqida arizani to‘ldiradi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

1. Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish haqida arizadagi, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi orqali yuborilgan ma’lumotlarni tekshiradi hamda shartnoma tuzish uchun shartnoma yoki ommaviy oferta shartlari bilan tanishish, tasdiqlash to‘g‘risida taklifini beradi.

2. Agar ma’lumot noto‘g‘ri yoki qisman to‘ldirilgan bo‘lsa, arizadagi ma’lumotni qayta tekshirish va to‘g‘rilash haqida sug‘urta qildiruvchiga ma’lumot taqdim etadi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik 1 ish kunida yoki avtomatik tarzda darhol

3-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

1. Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun shartnoma yoki ommaviy oferta shartlari bilan tanishadi va tasdiqlaydi.

2. Agar sug‘urta tashkilotidan arizani qayta tekshirish va to‘g‘rilash haqida ma’lumot taqdim etilsa, ma’lumotlarni tekshiradi va to‘g‘rilab qayta taqdim etadi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda 24 soat ichida

4-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan arizadagi ma’lumotlar to‘liqligi va to‘g‘riligi tekshirilgach, tuzilgan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zining axborot tizimi orqali yagona axborot tizimiga sug‘urta shartnomasini ro‘yxatga olish uchun yuboradi.

Avtomatik tarzda darhol

5-bosqich

Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasining sug‘urta turlarini elektron shaklda amalga oshirishni ta’minlovchi Yagona axborot tizimi

Tuzilgan shartnoma bo‘yicha ma’lumotlarni saqlaydi, unga noyob raqamini shakllantiradi va sug‘urta tashkilotiga yuboradi.

Avtomatik tarzda darhol

6-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Yagona axborot tizimida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta mukofoti to‘lovini amalga oshirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar beradi.

Darhol

7-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Sug‘urta mukofoti to‘lovini naqd yoki naqdsiz shaklda amalga oshiradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda 3 kunda

8-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng bu to‘g‘risida Yagona axborot tizimiga xabar yuboradi.

Avtomatik tarzda darhol

9-bosqich

Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasining sug‘urta turlarini elektron shaklda amalga oshirishni ta’minlovchi Yagona axborot tizimi

1. Sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida sug‘urta polisining ro‘yxatga olish seriya va raqamini shakllantiradi hamda sug‘urta tashkilotining axborot tizimiga xabar beradi.

2. Sug‘urta qildiruvchining telefon raqamiga SMS-xabar shaklida va/yoki elektron pochta manziliga (mavjud bo‘lsa) elektron xabarnoma shaklida ma’lumot yuboradi.

Avtomatik tarzda darhol

10-bosqich

Sug‘urta qildiruvchi

Yagona axborot tizimiga sug‘urta polisining ro‘yxatga olish seriyasi, raqami va sug‘urta obyekti identifikatorini kiritish yoki elektron qurilmada maxsus kodni o‘qib olish orqali sug‘urta polisining haqiqiyligini tekshiradi.

Zaruratga ko‘ra, to‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda

11-bosqich

Sug‘urtalash majburiyati bajarilishini nazorat qiluvchi vakolatli organlar*

O‘zlarining axborot tizimlarini Yagona axborot tizimi bilan integratsiyalash orqali yoki elektron qurilmada maxsus kodni o‘qib olish orqali sug‘urta polisining haqiqiyligini tekshiradi.

Zaruratga ko‘ra, to‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda

12-bosqich

Ariza beruvchi

1. Hodisa sodir bo‘lganda jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchi qonunchilikda yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan hujjatlarning elektron yoki skanerlangan nusxalarini sug‘urta tashkilotiga, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi yoki sug‘urta da’volariga oid arizalarni onlayn tarzda yuborish hamda ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona mobil ilova orqali yuboradi.

2. Ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani onlayn tarzda yagona mobil ilova orqali yuboradi.

Zaruratga ko‘ra, to‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda

13-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

1. Jabrlanuvchi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan yuborilgan, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi resursi yoki yagona mobil ilovasi orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qabul qiladi, to‘liqligini tekshiradi va o‘zining axborot tizimi orqali yagona axborot tizimiga sug‘urta da’vosini ro‘yxatga olish uchun yuboradi.

2. Qonunchilik hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda arizani ko‘rib chiqadi va to‘lovni amalga oshirish yoki rad etish haqida ariza beruvchiga xabar beradi, o‘zining axborot tizimi orqali yagona axborot tizimiga qabul qilingan qarori bo‘yicha ma’lumot yuboradi.

To‘liq bo‘lmagan avtomatik tarzda

14-bosqich

Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasining sug‘urta turlarini elektron shaklda amalga oshirishni ta’minlovchi Yagona axborot tizimi

Sug‘urta tashkilotining axborot tizimi yoki yagona mobil ilova orqali kelib tushgan da’voni ro‘yxatga oladi va sug‘urta tashkiloti qabul qilingan qarori bo‘yicha arizachiga SMS-xabar shaklida va/yoki elektron pochta manziliga (mavjud bo‘lsa) elektron xabarnoma shaklida ma’lumot yuboradi.

Avtomatik tarzda darhol

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1-banddagi “to‘lovlarni kafolatlash maqsadida” so‘zlari “to‘lovlarni kafolatlash hamda barcha sug‘urta turlari bo‘yicha Yagona axborot tizimini shakllantirish va yuritish maqsadida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi va o‘n uchinchi xatboshilardagi “majburiy sug‘urta qilish” so‘zlari “barcha majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandning beshinchi xatboshisidagi “majburiy sug‘urta qilish” so‘zlari “barcha majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari” so‘zlari bilan almashtiril sin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 50-pozitsiyasining amalga oshirish bosqichlaridagi 2-bandni amalga oshirish muddatidagi “2022-yil” so‘zlari “2023-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.