09.11.2022 yildagi 05-1479-son
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining buyrug‘i, 09.11.2022 yildagi 05-1479-son
Kuchga kirish sanasi
10.02.2023
Hujjat hali kuchga kirgan emas
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
70. Qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tgan mahsulotlarga mazkur davlat standartining barcha talablariga muvofiqligini tekshirish uchun davriy sinovlar o‘tkaziladi. Mazkur davlat standartining 12 — 14-bandlariga muvofiqlik bo‘yicha sinovlar belgilangan to‘pdan olingan namunalarda, shuningdek xomashyo va materiallar va (yoki) ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarganda o‘tkaziladi.
81. Skarifikatorni texnik hujjatlarga (mazkur davlat standartining 3-bandiga muvofiq), skarifikator korpusining tashqi ko‘rinishi (mazkur davlat standartining 4 va 6-bandlariga muvofiq), qopqoq korpusining germetik bog‘lanishi (mazkur davlat standartining 10-bandiga muvofiq) muvofiqligini tekshirish oddiy ko‘z bilan ko‘rib vizual tarzda amalga oshiriladi.
82. Skarifikatorning asosiy o‘lchamlarini tekshirish (mazkur davlat standartining 5-bandiga muvofiq) GOST 427 ga muvofiq bo‘lgan chizg‘ich va GOST 166 ga muvofiq bo‘lgan shtangensirkul yordamida amalga oshiriladi.
83. Ignaning yuzasini tekshirish (mazkur davlat standartining 7-bandiga muvofiq), ignada silikonli surkov moylashning ko‘rinadigan tomchilari yo‘qligini (mazkur davlat standartining 8-bandiga muvofiq) tekshirish O‘z DSt ISO 9626 ga muvofiq amalga oshiriladi.
84. Skarifikator ignasining korroziyaga chidamligini (mazkur davlat standartining 9-bandiga muvofiq) tekshirish O‘z DSt ISO 9626 ga muvofiq amalga oshiriladi.
85. Skarifikator ignasi sterilligini tekshirish (mazkur davlat standartining 11-bandiga muvofiq) O‘zR DF ga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri ekish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
88. Mahsulotning butligi (mazkur davlat standartining 19-bandiga muvofiq), qadoqlash (mazkur davlat standartining 20-bandiga muvofiq) va tamg‘alash (mazkur davlat standartining 27-bandiga muvofiq) vizual tarzda va mahsulotga tegishli hujjatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
90. Kafolatlangan saqlash muddatini tekshirish (mazkur davlat standartining 96-bandiga muvofiq) GOST 27.410 bo‘yicha, mazkur davlat standartining 95-bandiga asosan saqlash sharoitida sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.