15.08.2022 yildagi 444-son
Hujjat 16.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-son Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanishi, shuningdek, litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya shartnomasi tuzilishi bekor qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan qurol va uning o‘q-dorilari bilan muomalada bo‘lish qoidalarining buzilishi uchun alohida ma’muriy javobgarlik choralari belgilanganligi;
2. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
3. Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “2-ilovaga” so‘zlari “3-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandga “Ichki ishlar bosh boshqarmasining” so‘zlaridan keyin “Jamoat xavfsizligi xizmati” so‘zlari qo‘shilsin;
“b”, “v” va “g” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 2-ilovaning rus tilidagi matni ilova belgisidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “ularning analoglari, psixotrop moddalar” so‘zlari “psixotrop moddalar, ularning analoglari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “ularning analoglarini, psixotrop moddalar” so‘zlari “psixotrop moddalarni, ularning analoglarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
nomidagi, 1, 2 va 3-bandlardagi, 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 5-banddagi, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-banddagi, 8-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilardagi, 9-banddagi, 2-bob nomidagi, 10-banddagi, 3-bobning nomidagi, 13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 14-bandning birinchi xatboshidagi, 15 va 16-bandlardagi, 17-bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi, 18-banddagi, 19-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 20-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 22-bandning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 23, 24 va 26-bandlardagi, 27-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 29 va 30-bandlardagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi, 4-bob nomidagi, 32-banddagi, 33-bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi, 34 — 38-bandlardagi, 39-bandning birinchi xatboshidagi, 43, 44, 45, 47 va 48-bandlardagi, 49-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 50-bandning birinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “ularning analoglari, psixotrop moddalar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “psixotrop moddalar, ularning analoglari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Psixotrop moddalar va prekursorlar”, “psixotrop moddalar va prekursorlar” so‘zlari tegishli ravishda “Psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar” va “psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7-banddagi “amalga oshiriladi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “litsenziya va litsenziya shartnomasida” so‘zlari “litsenziyada” so‘zi bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “pultiga” so‘zi “markaziga” so‘zi bilan almashtirilsin;
“e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “o‘n sakkiz” so‘zlari “yigirma besh” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“k” kichik banddagi “uch yilda kamida bir marta” so‘zlari “har yili” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“l” kichik banddagi “litsenziya shartnomasi bilan belgilangan tartibda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi “(porox va pistonlar)” so‘zlaridan keyin “shuningdek, soyli stvolli ov qurolining zatvor mexanizmlarini” so‘zlari qo‘shilsin;
12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
13-bandning “b” kichik bandidagi “punkti” so‘zi “markazi” so‘zi bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshidagi “hamda imzolash uchun litsenziya shartnomasi ilova qilingan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
24-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
27-bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
35-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori

1. Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar bilan arizani tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda kiritadi.

Litsenziya talabgori xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi, arizaning nusxasini hujjatlar qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboradi.

1. Hujjatla� qabul qilingan kunda

2. Litsenziya talabgorining rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etish masalasini o‘rganib chiqish yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatiga so‘rovnoma yuboradi.

2. Ariza olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat xavfsizlik xizmati

1. Litsenziya talabgorining rahbarlari va xodimlarini litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan bevosita bog‘liq ishlarga jalb etish masalasini o‘rganib chiqish tadbirlarini amalga oshiradi.

2. O‘rganish tadbirlari natijalari yuzasidan litsenziyalovchi organga tegishli xulosani yuboradi.

So‘rovnoma olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmagan muddatda

4-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Hujjatlarni ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

1. Ariza olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmagan muddatda

2. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng uch kun mobaynida

5-bosqich

Litsenziya talabgori

Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etadi, hujjatlarni qayta taqdim etadi.

Xabarnomada ko‘rsatilgan muddatda

6-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanda litsenziya blankasini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziatga litsenziyani beradi.

3. Tegishli yozuvni reyestrga kiritadi.

Davlat boji to‘langandan so‘ng uch kun ichida

”.

ikkinchi xatboshidagi “patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari” so‘zlari “jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin:
uchinchi xatboshidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
“a” va “b” kichik bandlar, “v” kichik bandning ikkinchi va oltinchi xatboshilari, “g” kichik bandning to‘rtinchi xatboshi, “d” kichik bandning uchinchi xatboshi, “e” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “pasport” so‘zidan keyin “(identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat)” so‘zlari qo‘shilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
29-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
30 va 31-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
40-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
41-banddagi “uning dublikati berilganligi” so‘zlari “unga o‘zgartishlar kiritilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 10-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Ruxsatnoma nomi

Aniq harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati

Arizani ko‘rib chiqish muddati

Ruxsatnomaning amal qilish muddati

1.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini olishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini olish.

a) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini olishga doir kontrakt (shartnoma);

b) qurol va uning o‘q-dorilarini olishda ularni but saqlanishni ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan, qurol va uning o‘q-dorilari bilan ta’minlash normalariga muvofiq yuridik shaxsning yuqori turuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari tomonidan (mavjud bo‘lsa) tasdiqlangan qurol (xili, modeli va kalibri bo‘yicha) va uning o‘q-dorilariga (turi va kalibri bo‘yicha) bo‘lgan talab miqdorining hisobi (fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini olishda).

Fuqaroviy va xizmat qurolining sarflangan, yo‘qotilgan yoki yo‘q qilish uchun topshirilgan o‘q-dorilari o‘rniga o‘q-dorilar olish uchun o‘q-dorilar hisobdan chiqarilganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (o‘q-dorilarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari, o‘quv-mashq otishlari va boshqa otishlarni o‘tkazish chog‘ida sarflangan o‘q-dorilarga doir tarqatish-topshirish qaydnomalari, o‘q-dorilarni yo‘q qilish uchun qabul qilib olish (topshirish) dalolatnomalari) qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.

30 ish kuni

90 kun

2.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish.

a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bilan qurol va uning o‘q-dorilarini komission tarzda realizatsiya qilish bo‘yicha kontrakt (shartnoma) nusxasi;

b) qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishda, ularni but saqlanishni ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi.

10 ish kuni

30 kun

3.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini qurolxonada saqlash.

1. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini qurolxonada saqlash uchun:

a) qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga mo‘ljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

b) qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi, yong‘inga qarshi avtomatika va qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;

v) qurolxona Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riqlovga olinganligi to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi*;

g) o‘rganishlar, tadqiqotlar, ko‘riklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud bo‘lsa)*;

d) qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

e) qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning o‘q-dorilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydiganlar), qo‘riqlash xizmati (mavjud bo‘lganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatilgan ro‘yxati;

j) qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni amalga oshiruvchi va (yoki) faoliyatni bajaruvchi xodimlarning qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risida tibbiy xulosalar;

z) qurol va uning o‘q-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yong‘inni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish bo‘yicha yuridik shaxs ma’muriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;

i) qurol hamda uning o‘q-dorilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini ko‘rsatgan holda) va uning o‘q-dorilari (turi, kalibri, miqdorini ko‘rsatgan holda) to‘g‘risida belgisi qo‘yilgan qurol va uning o‘q-dorilari olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga o‘zgartirish kiritish uchun).

30 ish kuni

3 yil

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini o‘q otish obyekti hududida saqlash.

2. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini o‘q otish obyekti hududida saqlash uchun:

a) “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustunidagi mazkur pozitsiyaning 1-bandi “a” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar;

b) o‘q otish obyekti hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi xa�fsiz hudud radiusi doirasida tutashgan hududning quyidagilar belgisi qo‘yilgan va tir, o‘q otish stendi, o‘q otish maydoni hududining quyidagilar belgisi qo‘yilgan holdagi sxematik rejasi (masofalarni metrda ko‘rsatgan holda):

xavfsiz hudud perimetri bo‘ylab joylashgan tashqi to‘siqning turi va balandligi, to‘siqda mavjud bo‘lgan darvoza, eshik va darchalar;

qo‘riqlash postlari soni va joylashuvi, ular orasidagi aloqa vositalari;

qurolxona, o‘q otish galereyasi, o‘q otish maydonchalari va o‘q otish joyidagi to‘siqlarning joylashuvi;

o‘q otish yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, nishonni joylash va uzatish uskunalari uchun minoralar va budkalarning, yopiq turdagi xandaqlarning, boshqa o‘q otish anjomlarining joylashuvi, turi va nomi;

o‘q o‘tkazmaydigan devorlar va ship qismida ko‘ndalang tarzda jihozlangan o‘qni ushlab qolish moslamalarining joylashuvi (yarim ochiq turdagi o‘qotar tirlari uchun);

o‘q ochishning yo‘nalishida (nishon hududida) va yon tomonida o‘qni qabul qilish (himoya qilish) tuproq do‘ngliklari joylashuvi (ochiq turdagi o‘qotar tirlari va tarkibida ochiq turdagi o‘qotar tirlari bo‘lgan o‘q otish maydonlari uchun);

Ariza beruvchining xohishiga qarab, sxematik rejaga tushuntirish xati ilova qilinishi mumkin.

v) foydalaniladigan o‘q otish jihozlari va anjomlarning qisqacha ro‘yxati va ta’rifi;

g) o‘q otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish, qurol va uning o‘q-dorilarini but saqlash, berish-qabul qilib olish, hisobga olish, olib yurish va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan ichki yo‘riqnoma;

d) malaka darajasiga taalluqli hujjatlarni (malaka oshirish kurslari yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi, malaka darajasini berish to‘g‘risida diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar nusxalari) ilova qilgan holda, o‘q otish jarayonini to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat qilish, qurol va uning o‘q-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish vazifalari yuklangan o‘q otish bo‘yicha mutaxassislarni (trener, instruktorlar) tayinlash to‘g‘risida buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (buyruqda ularning malaka darajasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim).

30 ish kuni

3 yil

4.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini vakolatli organlar ro‘yxatga olgan joyda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish.

1. Avtomobil transportida tashish uchun:

a) tashilayotgan qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qo‘riqlovni ta’minlash majburiyati yuklangan mas’ul xodimlarni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari* yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) avtomobil transportida qurol va uning o‘q-dorilarini tashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli bo‘lmagan transport vositasida amalga oshirishda).

10 ish kuni

90 kun

2. Temir yo‘l transportida tashish uchun — tashilayotgan qurol va uning o‘q-dorilari turkumini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

90 kun

3. Havo transportida tashish uchun.

10 ish kuni

90 kun

5.

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma.

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash.

a) mazkur Ro‘yxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustuni, 3-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “g” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni;

b) kolleksiyalash qurolini saqlashga mo‘ljallangan xonalarning, jumladan, muzeybop tarzda kolleksiyalashda, Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riq�ovga olinganligi to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi.

30 ish kuni

3 yil

6.

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnoma.

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish.

a) mazkur Ro‘yxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustuni, 3-pozitsiyasi, 1-bandi “g” — “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni;

b) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish uchun xonalarni ijara olish (o‘z egaligida bunday xonalar bo‘lmaganda), qurolni va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish tartibi, ularning but saqlanishini ta’minlash but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ushbu xonalar qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari o‘rnatilganligi hamda qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riqlovga olinganligi to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxalari;

v) ko‘rgazmaga qo‘yish rejasi va ekspozitsiyalarning (ko‘rgazma obyektlarining) joylashuv sxemalari (kelishish uchun);

g) ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilari olib kirayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda).

30 ish kuni

Ko‘rgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

7.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma**.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish.

1. Qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning o‘q-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganda, ularni olib kirish jadvali;

b) olib kirilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari;

v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida olib kirishda);

g) ushbu Ro‘yxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutil-gan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).

10 ish kuni

90 kun

Sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash.

2. Ko‘rgazmaga qo‘yish va sport quroli hamda uning o‘q-dorilari O‘zbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan o‘q-dorilarini) sharti bilan vaqtincha olib kirish uchun:

a) sport tadbiri (ko‘rgazma) tashkilotchi-sining O‘zbekiston Respublikasi hududida sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) chet ellik ishtirokchilar ishtirok etishlari uchun taklifnoma nusxasi;

b) chel ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini tashish, qabul qilib olish hamda obyekt hududiga joylashtirishni ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul xodimni (xodimlarni) tayinlash to‘g‘risida, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi va yili, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi va raqami hamda uni bergan organ ko‘rsatilgan holdagi yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirishda);

v) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumini tashishda Milliy gvardiya organi, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashilayotganda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari (temir yo‘l transportida tashilayotganda) tomonidan kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

Tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

8.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma**.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

1. Qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning o‘q-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali;

b) olib chiqilayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari;

v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida olib kirishda);

g) ushbu Ro‘yxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutil-gan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).

10 ish kuni

90 kun

Sport qurol va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qayta olib kirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

2. Xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) ishtirok etish uchun qurol va uning o‘q-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan o‘q-dorilar uchun) qurol va uning o‘q-dorilarini vaqtincha olib chiqish uchun:

a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;

b) sport tadbirlarida (ko‘rgazmada) ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi to‘g‘risida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbirlari (ko‘rgazma) davomida qurol va uning o‘q-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini ta’minlash vazifalari yuklangan mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxsning buyrug‘i yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatning nusxasi;

v) mazkur Ro‘yxatning “Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati” ustuni, 4-pozitsiyasi, 1-bandi “b”, “v” kichik bandlarida yoki 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (transport vositasining turidan kelib chiqqan holda).

10 ish kuni

Tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

9.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish.

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalar nusxalarining o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;

b) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (avtomobil transportida tranzit qilishda);

v) qurol va uning o‘q-dorilari turkumi tranzitini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari (avtomobil transportida tranzit qilishda) yoki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (temir yo‘l transportida tranzit qilishda) kuzatuvida amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasi (o‘n dona yoki undan kam miqdordagi o‘qotar sport quroli yoki uning besh yuz dona va undan kam miqdordagi o‘q-dorilari, pnevmatik sport quroli va uning o‘q dorilari, tig‘li sovuq sport va sport uloqtirish qurollarini sport tadbirlarida ishtirok etish uchun tranzit qilish holatlari bundan mustasno).

10 ish kuni

90 kun

nomidagi “uning dublikati berilganligi” so‘zlari “unga o‘zgartishlar kiritilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari” so‘zlari “jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin:
uchinchi xatboshidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “yashash guvohnomasi” so‘zlari “identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
39-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Nizomga 11-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Ruxsatnoma nomi

Aniq harakat va (yoki) muayyan faoliyat*

Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati

Arizani ko‘rib chiqish muddati

Ruxsatnomaning amal qilish muddati

1.

Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini olishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurolni olish.

1. Fuqaroviy qurolni olish uchun:

a) birinchi marta qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno) olayotgan fuqarolar uchun — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan (ov qurolini olish uchun) hamda otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan (sport qurolini olish uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;

b) qurolga (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno) egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa birinchi marta qurolni olayotgan fuqarolar uchun, keyinchalik — qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda;

v) ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);

g) ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek, og‘iz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);

d) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan, sport qurolidan foydalanish bilan bog‘liq sport turi ko‘rsatilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun).

Maxsus organlar va harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari qurolni olishda mazkur bandning “v”, “g”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek, maxsus organ yoki harbiy tuzilmalarda xizmatni o‘tayotganliklari, harbiy yoki maxsus unvonini hamda adliya malaka darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

30 ish kuni

90 kun

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olish.

2. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olish uchun:

a) ariza beruvchi o‘zi fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi va ularga tenglashtirilgan tashkilotning iltimosnomasi;

b) ariza beruvchi o‘zi fuqarosi bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organining qurolni olishga va ushbu xorijiy davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomasi.

10 ish kuni

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashash davrida, biroq 30 kundan oshmagan muddatda

Kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarni olish.

3. Kolleksiyalash uchun qurol va uning o‘q-dorilarini olish uchun.

30 ish kuni

90 kun

2.

Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish.

Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish uchun.

10 ish kuni

90 kun

3.

Fuqaroviy qurolni va mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma.

Fuqaroviy qurolni saqlash, tashish va olib yurish.

1. Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) fuqaroviy qurolni ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qo‘shimcha tarzda fuqaroviy qurol olinganligi munosabati bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurolni olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga o‘zgartirish kiritish uchun);

b) o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (qurol O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda).

10 ish kuni

3 yil

Mukofot qilingan qurolni saqlash, tashish va olib yurish.

2. Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) mukofotlashga oid hujjatlar yoki ularni bergan organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma (maxsus organ yoki harbiy tuzilma rahbarining buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari);

b) mukofot qilingan qurol belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash yuzasidan ko‘zdan kechirish uchun qurol va uning o‘q-dorilari (xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol va uning o‘q-dorilari uchun).

10 ish kuni

muddatsiz

4.

Sport o‘qotar qurolini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolini, tig‘li sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir ruxsatnoma.

Sport o‘qotar qurolini va uning o‘q-dorilarini, og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik sport qurolini va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash o‘q otish obyekti hududida saqlash va olib yurish.

a) sport qurolini ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qo‘shimcha tarzda sport qurol olinganligi munosabati bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga o‘zgartirish kiritish uchun).

b) o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan sport qurolining muvofiqlik sertifikati (qurol O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda);

v) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan o‘q otish obyekti hududidagi qurolxonada sport quroli va uning o‘q-dorilari saqlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi hujjat (tasdiqlov).

10 ish kuni

3 yil

5.

Soyli stvolli sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini,

tig‘li sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma.

Soyli stvolli sport o‘qotar quroli va uning o‘q-dorilarini, tig‘li sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini vakolatli organlar ro‘yxatga olgan joyda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasidan tashqarida tashish.

1. Sport quroli va uning o‘q-dorilarini tashish uchun — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsning sport tadbirlari yoki o‘quv-mashq otishlari va boshqa otishlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjati (buyruq, taqvimiy reja-jadval yoki ulardan ko‘chirma, sport tadbirida ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi).

10 ish kuni

Sport tadbiri davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

2. Kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini tashish uchun — o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

90 kun

3. Ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini tashish uchun:

a) ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

Ko‘rgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

6.

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma.

Qurol va uning o‘q-dorilarini kolleksiyalash.

a) qurolni saqlashga mo‘ljallangan xonada qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi;

b) qurolni saqlashga mo‘ljallangan xona Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi.

30 ish kuni

3 yil

7.

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnoma.

Qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish.

a) qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish uchun xonalarni ijaraga olish (o‘z egaligida bunday xonalar bo‘lmaganda), qurolni va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yish tartibi, ularning but saqlanishini ta’minlash, but saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ushbu xonalarga qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari o‘rnatilganligi hamda qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi va video-kuzatuv tizimlari montaj qilinganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, Milliy gvardiya organlarining texnik qo‘riqlash markazi orqali qo‘riqlovga olinganligi to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxalari;

b) ko‘rgazmaga qo‘yish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalari (kelishish uch�n);

v) ko‘rgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilar olib kirayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini ko‘rgazmaga qo‘yishda).

30 ish kuni

Ko‘rgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

8.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma **.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish.

1. Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish uchun qayti� olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va ko‘rgazmaga qo‘yish quroli hamda uning o‘q-dorilari bundan mustasno) — olib kirilayotgan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan nusxalari.

10 ish kuni

90 kun

2. Mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun — o‘rnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan xorijiy davlatlar rahbarlari va xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmalari.

10 ish kuni

90 kun

3. Ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini olib kirish uchun — o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

90 kun

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning o‘q-dorilarini, sport quroli va uning o‘q-dorilarini,

ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qaytib olib chiqish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash.

4. O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadida ov, sport va ko‘rgazmaga qo‘yish qurolini hamda uning o‘q-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — qurol va uning foydalanilmagan o‘q-dorilarini) qaytib olib chiqish sharti bilan olib kirish:

a) ov qilish faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

Ov qilish, sport tadbiri yoki ko‘rgazma davomida, biroq 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga

9.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib chiqishga doir ruxsatnoma **.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

1. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol hamda uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun — qurol hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi.

10 ish kuni

90 kun

2. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan kolleksiyalash uchun qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun:

a) qurol hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomas�;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

90 kun

Ov quroli va uning o‘q-dorilarini, sport quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

3. Xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish maqsadlarida ov, sport va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun qurolni hamda uning o‘q-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan o‘q-dorilar) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish:

a) chet ellik yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, ko‘rgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylash tirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

Ov yoki tadbir davomida, ammo 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

4. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini olib chiqish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, x�li, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami, o‘q-dorilarning turi, kalibri va miqdori to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan qurol olishga doir ruxsatnomasi.

10 ish kuni

90 kun

10.

Fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning o‘q-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning o‘q-dorilarini, ko‘rgazmaga qo‘yish quroli va uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish.

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning o‘q-dorilarini jo‘natuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar nusxalari;

b) o‘n donadan ko‘p miqdordagi o‘qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o‘q-dorilari turkumi tashilayotgan yo‘lda Milliy gvardiya, �chki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining (temir yo‘l transportida tashishda) qurolli qo‘riqlovida kuzatib borilishini ta’minlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

10 ish kuni

90 kun

a) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “2 — 29-ilovalarda” so‘zlari “2 — 32-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Obyektlar (xonalar)da giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

I. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalarning (keyingi o‘rinlarda — maxsus xonalar) muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, jihozlanishiga va saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan), mustahkam bino (inshoot)larda joylashtirilishi va bitta kirish joyiga (eshik o‘rniga) ega bo‘lishi;

b) eshik o‘rni (eshik qutisi)ning romi qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall profildan (shveller, burchakcha va shu kabilar) tayyorlanishi. Ilgari qurilgan binolarda qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan, o‘lchamlari 30 x 40 mm bo‘lgan metall burchaklar bilan mustahkamlangan hamda armatura diametri 14 mm dan va uzunligi 120 mm dan kam bo‘lmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida o‘nta shtirlar yordamida devorga qotirilgan taxtali eshik romlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi;

v) eshiklari soz va eshik kesakisiga zich mustahkamlanishi (puxta moslashtirilishi);

g) deraza o‘rinlarining bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmasligi. Ilgari qurilgan xonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga xonaning ichki tomonidan metall panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, metall panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi;

d) birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga qo‘shimcha ravishda xonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yog‘och deraza eshiklari o‘rnatilishi hamda ular osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi bilan jihozlanishi;

e) devorlari, shift to‘sinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek, eshik va deraza o‘rinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 14 mm dan kam bo‘lmasligi, sim chiviqlari 150 x 150 mm dan katta bo‘lmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanishi;

j) ichkarisiga chiquvchi ventilatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga o‘tish imkonini istisno etadigan diametri 14 mm dan kam bo‘lmagan hamda katakchalarning o‘lchami 100 x 100 mm dan katta bo‘lmagan metall panjaralar o‘rnatilishi;

z) devorlarida, shift to‘sinlarida yoki polida muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta bo‘lmasligi;

i) ichki maydoni va ularga olib keluvchi yo‘llarning yetarlicha yoritilishi;

k) fonarlar yoki boshqa yoritishning avariyaviy (zaxira) manbalari bilan ta’minlanishi;

l) shamlar, mash’alalar, kerosinli fonarlar, chiroqlar va boshqa ochiq olovli yoritish vositalari ishlatilishiga, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

m) ichki maydoni quruq bo‘lishi;

n) yaqin (10 metrdan uzoq bo‘lmagan) joyda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi inventarlar bilan ta’minlanishi;

o) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishi;

p) giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga mo‘ljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bug‘ yig‘maydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi hamda havoni tortuvchi ventilatsiya bilan jihozlanishi, devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanishi;

r) prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan xonalarda shamollatish uchun tabiiy ventilatsiyadan foydalanilishi.

2. Birinchi va ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) maxsus xonalarning asosiy (tashqi) devorlarining qalinligi 250 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 125 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi;

b) maxsus xonalarning ichki devorlari (pardevorlari)ning qalinligi 120 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 80 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi;

v) maxsus xonalarning poli va shift to‘sinlarining qalinligi 180 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan bo‘lishi;

g) ushbu bandning “a”, “b” va “g” kichik bandlari talablariga javob bermaydigan maxsus xonalarning devorlari, shift to‘sinlari va poli ichkari tomondan butun maydon bo‘yicha qo‘shimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armaturalanishi), metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oralig‘i 500 x 500 mm bo‘lgan hamda diametri 14 mm dan kam bo‘lmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanishi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, 100 x 50 x 6 mm o‘lchamli metall tasmalardan tayyorlangan to‘siq detallarini to‘rtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yo‘l qo‘yiladi;

d) ikkita eshik bilan jihozlanishi, bunda:

tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan metall listdan tayyorlanishi, unga kamida ikkita ichki (o‘yma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi o‘rnatilishi hamda xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochilishi;

ichki (qo‘shimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanishi hamda xonaga kirish tomonga (ichkariga) ochilishi;

tashqi va ichki eshiklar sekretlari bo‘yicha (har bir qulf uchun) har xil bo‘lgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanishi, qulflar yoki qulflash uskunalarining rigellari ko‘ndalang kesishmasining maydoni bo‘yicha 3 sm2 dan kam bo‘lmasligi.

3. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan metall listdan tayyorlangan, unga kamida ikkita ichki (o‘yma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi o‘rnatilgan, xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladigan bitta tashqi eshik bilan jihozlanishi.

II. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash tartibiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun seyflar va metall javonlar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmasligi, kamida ikkita ichki (o‘yma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) bo‘lishi, og‘ir (og‘irligi 700 kg dan ortiq), o‘rtacha va katta gabaritli (o‘lchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam bo‘lmagan) seyf va metall javonlar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega bo‘lgan og‘ir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi;

b) giyohvandlik vositalarini saqlashga mo‘ljallangan metall javonlarning eshiklari metalli ust qo‘yma (nakladka)lar yoki burchaklar bilan mustahkamlanishi;

v) kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalardan kelib chiqib, saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki boshqa farmoyish hujjatiga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida o‘rnatilgan, ichki qulf bilan qulflanadigan va muhrl�nadigan sovutish kameralarida (sovitkichlarda) saqlanishi;

g) tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari tibbiy maqsadlarda tashish mobaynida tibbiy qutilarda saqlanishi;

d) ish kuni yakunlangandan so‘ng seyflar, metall javonlar, sovitgichli kameralar (sovitgichlar) va maxsus xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) hamda qo‘riqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamg‘alash uskunasi (plombir) esa — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda bo‘lishi;

e) muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun bo‘lishi, kanop ip maxsus xonalar, seyflar, metall javon va sovitgichli kameralar (sovitgichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday o‘tkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr izi (ottiski)ga zarar yetkazmasdan ochishning imkoni bo‘lmasligi, shuningdek, muhrlar kanop ip ustidan muhrlar izi (ottiski) uchun chuqurchaga ega bo‘lgan taxtachaga bosilishi;

j) maxsus xonalar, seyflar, metall javonlar va sovitgichli kameralar (sovitgichlar) kalitlarining ikki to‘plami bo‘lishi, bunda kalitlarning bir to‘plami doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxs yonida, ikkinchisi esa muhrlangan qutichada yuridik shaxsning rahbarida saqlanishi. Kalitlarni stollar, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi;

z) maxsus xonada seyflar, metall javonlar va sovitgichli kameralar (sovitgichlar) ularning raqami va ular muhrlanadigan muhrlar ko‘rsatilgan ro‘yxati osilishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall javonlarda saqlanishi;

b) prekursorlar saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida saqlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning anal��glari seyflarda, psixotrop modddalar va ularning analoglari metall javonlarga, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi;

b) davolash-profilaktika muassasalarining navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall javonlarda saqlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarda, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi.

III. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar hamda maxsus xonalarning qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar.

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga binoan ishlab chiqilgan maxsus loyihalarga muvofiq amalga oshirilishi;

b) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlariga ularni loyihalashtirish, montaj qilish va sozlash ishlarini amalga oshirgan yuridik shaxs bilan kelishmagan holda o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘ymasliq;

v) qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun javobgar shaxs tayinlanishi;

g) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishga oid texnik hujjatlarga “Xizmat faoliyati doirasida foydalanish uchun” grifi qo‘yilishi hamda ushbu rejimga rioya etilishi;

d) xavfni bildiruvchi signal tushganda, qorovul (qorovullik xizmat) xatti-harakatlarini belgilovchi yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanishi;

e) maxsus xonalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti) qo‘riqloviga topshirilishi, bunda ularning qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga ulanishi;

j) birinchi (tashqi) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasining datchiklari ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida quyidagicha jihozlanishi:

obyektlar hududining atrofi bo‘ylab yer ustida joylashgan binoning tashqi devoridan yoki bino do‘nglikda joylashganda do‘nglikning tashqi asosidan yoxud bino pastqamlikda joylashganida chuqurlikning tashqi chetidan 5 m dan kam bo‘lmagan masofa doirasida yaxlit himoya zonasi ko‘rinishida o‘rnatilishi;

bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz bo‘lishi va uning doirasida harakatlanayotgan odam aniqlanishini ta’minlashi;

tashqi himoya tizimi qo‘riqlanayotgan hududda odamlarning harakatlanishini sezadigan radioto‘lqin uskunalari bilan jihozlanishi, bund� obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi yoki yopiq uzluksiz perimetr bo‘yicha tor, chegara bo‘ylab tortilgan himoya zonasini yaratish uchun tarmoq tipidagi xabar bergich uskunalardan foydalanilish. Yaxlit zona o‘rniga tashqi himoya tizimi chegarasida kengligi 1,5 — 2 metrli perimetr bo‘ylab qo‘riqlash zonasini jihozlashga ruxsat etiladi;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalarning eshiklariga, derazalariga, ventilatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining tuynuk va teshiklariga o‘rnatilishi;

z) ikkinchi (ichki) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida maxsus xonalar ichiga o‘rnatilishi;

i) yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning datchiklari xona ichiga, u erdagi yong‘inga qarshi vaziyat keskin o‘zgarganda (harorat ko‘tarilishi, tutun hosil bo‘lishi va boshqalar) yoki yong‘in yuzaga kelganda, xatarni bildiruvchi signalni berish uchun o‘rnatilishi;

k) yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya yong‘in chiqqanligi yoki bino ichidagi yong‘in xavfsizligi holati o‘zgarganligini aniqlash va signal berishga mo‘ljallangan tutunli, issiqlik, yorug‘lik va (yoki) kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanishi;

l) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning xatarni bildiruvchi signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yong‘in ro‘y bergan joyni (yong‘inni) chiroq (nur) yordamida ko‘rsatadigan tovushli, yorug‘lik yoki boshqa indikatorlar (signallar) uzatilishi;

m) xatarni bildiruvchi signal yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga uzatilishi;

n) xatarni bildiruvchi signal sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish va yolg‘on (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti) o‘rtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi;

o) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi maxsus xonaning tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi;

p) xatarni bildiruvchi signalni uzatishda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi avtomatik tarzda ishlashi;

s) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr ta’minoti tarmog‘i:

uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini ta’minlashi;

asosiy elektr tizimi o‘chirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr ta’minoti manbaiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan jihozlanishi;

t) videokuzatuv tizimi tasvirni kamida o‘ttiz kun davomida saqlanishini;

u) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisi (kommutatsion uskuna)dan datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti to‘siqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib o‘tkazilishi hamda unga shikast yetkazilganda ishlab ketadigan datchiklar bilan ta’minlangan bo‘lishi. Qo‘riqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari bo‘ylab quvurlarda faqat maxsus xonalar ichida yotqizilishiga yo‘l qo‘yiladi;

f) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksining signal beruvchi va ta’minlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan bo‘lishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ikki (tashqi va ichki) doirali qo‘riqlash, shuningdek, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir taablar va shartlar — ichki doirali qo‘riqlash signalizatsiyasi, shuningdek, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanishi.

IV. Birinchi toifadagi obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni saqlash joylarining hududiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) to‘siq devordan 3 m dan kam bo‘lmagan kenglikda taqiqlangan hududga ega bo‘lishi, uning chegaralarida to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi, shuningdek, taqiqlangan hudud doirasidagi daraxtlar va butalar olib tashlangan bo‘lishi, ushbu hudud quruq o‘tdan, butalardan, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalanishi;

b) to‘siq devordan eng yaqindagi omborxonagacha masofa 3 m dan kam bo‘lmasligi;

v) yuzasi tekis bo‘lishi, yog‘ingarchilik, qor-muz suvlari va sug‘oriladigan suvlar oqib ketishi uchun zarur qiyaliklarga ega bo‘lishi;

g) binolar, qurilmalar va inshootlarga, yong‘inni o‘chirish gidrantlariga, hovuzlarga va boshqa suv ta’minoti manbalariga olib boruvchi ichki �o‘llar, o‘tish yo‘llari, shoxobcha yo‘llar, o‘tish joylari va piyodalar yo‘lakchalari, shuningdek, yong‘inga qarshi buyumlar, moslamalar hamda rezervuarlarning bo‘sag‘alari qattiq qoplamaga ega bo‘lishi, erkin harakatlanish uchun doimo bo‘sh hamda toza saqlanishi va o‘z vaqtida ta’mirlanishi, muz bilan qoplanganda qum sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi;

d) ichki temir yo‘llarini kesib o‘tish yo‘llari va joylari yong‘in o‘chirish avtomobillari o‘tishi uchun bo‘sh turishi, yo‘llardan, o‘tish yo‘llaridan, binolar, qurilmalar va inshootlar orasidagi uzilishlardan materiallarni, xomashyoni, tayyor mahsulotlarni to‘plash joylari hamda avtotransport vositalari turargohi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik;

e) o‘tish yo‘llarining tor joylarida va yong‘inni o‘chirish tezkor rejasi bo‘yicha yong‘in o‘chirish texnikasi joylashtirilishi belgilangan joylarda avtotransportning va boshqa mexanizmlarning to‘xtab turishini taqiqlovchi yo‘l belgilari va aniqlashtiruvchi yozuvlar bilan ta’minlanishi;

j) soz va zudlik bilan ishlatishga tayyor holda ushlab turiladigan yashindan himoyalash hamda yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi, ular olinishi qulay bo‘lgan joylarda joylashtirilgan hamda sutkaning qorong‘i vaqtida yoritiladigan hududdagi maxsus yong‘inga qarshi qalqon (post)lariga o‘rnatilishi;

z) sutkaning qorong‘i vaqtida turg‘un elektr chiroqlari bilan yoritilishi;

i) qazilgan chuqurlar yoki chuqurli joylarning bo‘lmasligi, lyuklar, quduqlar va ariqchalar toza bo‘lishi va qopqoqlar bilan yopilishi, vaqtincha ochib qo‘yilgan lyuklar, quduqlar va ariqchalar esa balandligi 1 metrdan kam bo‘lmagan, sutkaning qorong‘i vaqtida ko‘rinadigan chiroqli signalizatsiya o‘rnatilgan to‘siqlar bilan ta’minlanishi;

k) quduqlarga, shuningdek, muyulish burchaklarida kameralarga ega bo‘lmagan yer osti muhandislik tizimlari ularning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlashtiruvchi belgilar bilan jihozlanishi;

l) alohida joylashgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari o‘rtasidagi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari va boshqa binolar, qurilmalar va inshootlar o‘rtasidagi masofa yong‘inga qarshi oraliqlaridan kam bo‘lmasligi, ushbu oraliqlardan materiallarni, xomashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik;

m) hududda materiallarni, xomashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun maydonchalarning jihozlanishi davlat yong‘in nazorati organlari bilan kelishilishi;

n) hududi kunu tun xizmat olib boruvchi qurollangan qo‘riqlash xizmati bilan qo‘riqlanishi.

2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) hududi tikanli sim, pishiq g‘isht, tosh yoki metalldan tayyorlangan, balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq devor bilan o‘ralishi;

b) pishiq g‘ishtdan, toshdan yoki metalldan tayyorlangan to‘siq devor ustiga 0,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda metall asoslarga to‘rt qator tikanli sim tortilishi;

v) to‘siq devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar o‘rnatilishi.

3. Prekursorlar saqlash uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar:

a) hudud quyidagi tartibda ikki doirali to‘siq devor bilan o‘rab olinishi:

birinchi (tashqi) doiradagi to‘siq devor 2,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda pishiq g‘isht, tosh yoki temir-betonli bloklardan ko‘tarilishi, to‘siq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “egoza” turidagi tikanli simdan yalpi to‘siq o‘rnatilishi;

ikkinchi (ichki) doiradagi to‘siq devor asosiy devorning ichki tomonidan balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan “rabitsa” turidagi simdan ko‘tarilishi, to‘siq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “egoza” turidagi tikanli simdan yalpi to‘siq o‘rnatilishi;

birinchi va ikkinchi doiradagi to‘siq devorlar qulflanadigan darvoza va eshiklar bilan jihozlanishi;

b) muayyan turdagi saqlash joylarida (omborxonalar, ochiq va usti yopiq maydonchalar, rezervuar joylar) saqlanishi lozim bo‘lgan prekursorlarning aniq turlari hamda ularning cheklangan sig‘imlari normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanishi;

v) yong‘in xavfsizligi qoidalari va moddalarning o‘zaro mutanosibligi hamda o‘t o‘chirish vositalarining bir xildaligi belgilariga rioya etilgan holda saqlanishi;

v) har bir omborxonada ko‘rinadigan joyda “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” 12.4.026 Davlat standarti bo‘yicha omborxonada saqlanayotgan materiallarni to‘plashda xavfsizlik qoidalari, baxtsiz hodisalar ro‘y berganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘riqnomalari osilishi;

g) prekursorlarni idishlarda saqlash omborxonalari yonmaydigan materiallardan qurilishi, quruq, yaxshi shamollatilishi yoki ventilatsiyalanishi;

d) xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida umumiy almashinuvchan ventilatsiya, sochiluvchan moddalarni saqlash silos omborxonalarida esa — aspiratsiya o‘rnatilishi;

e) xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar atmosfera yog‘inlaridan va quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan himoyalangan bo‘lishi, yo‘lning qatnov qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, suyuqliklarning to‘siqlarsiz yoyilishini cheklovchi moslamalar hamda atmosfera va yer usti suvlari uchun ariqlar bilan jihozlanishi;

j) xomashyo va tayyor mahsulotlarni maxsus maydonchalarda idishlar ichida saqlash har birida soni 100 donadan ortiq bo‘lmagan guruhlar bilan amalga oshirilishi, guruhlar orasidagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi hamda har bir guruhda ma’lum bir turdagi moddalar saqlanishi;

z) kislotalarni saqlash uchun omborxonalar boshqa materiallarni saqlovchi omborxonalardan alohida joylashtirilishi va ularni shamollatish uchun tabiiy ventilatsiyadan foydalanilishi, shuningdek, kislotalar yerto‘lalarda saqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

i) xomashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun bo‘linmalarda havoni tortuvchi ventilatsiya o‘rnatilgan omborlar jihozlanishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan joylar texnik mustahkamlik, jismoniy himoyalanganlik hamda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifadagi obyektlarga bo‘linadi:

a) birinchi toifadagi obyektlarga umumiy to‘siq devor bilan o‘rab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi:

prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar);

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash;

tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish;

b) ikkinchi toifadagi obyektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar kiradi:

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari);

yangi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish;

giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan, ularning analoglaridan va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ilmiy va ta’lim maqsadlari uchun foydalanish;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni yo‘q qilish;

v) uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari bo‘linmalarining, tibbiyot punktlarining, boshqa tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarin�, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalari kiradi.

2. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi organlari va bo‘linmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun olish talab qilinmaydi.

3. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa yuridik shaxslarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi.

4. Ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun vakolatli organ arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda o‘z mablag‘lari hisobiga ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mavjud sharoitlarni tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan yuridik shaxs vakili ishtirokida joyiga chiqqan holda, ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud sharoitlarni tekshirishni va baholashni amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnomani tuzadi.

Dalolatnomada giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan joyning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi, jismoniy himoyasi tashkil etilganligi, qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlanganligi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar bayon etiladi, zarurat bo‘lganda aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishning aniq tavsiyalari va yetarli muddatlari ko‘rsatiladi.

Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning rahbariga yoki tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan shaxsga imzo orqali topshiriladi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Xalqaro avtomobil yo‘llari, shahar magistral ko‘chalaridagi loyihalarni kelishish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;

Xalqaro avtomobil yo‘llari, shahar magistral ko‘chalaridan tashqari barcha yo‘llar va ko‘chalardagi loyihalarni kelishish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta va elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat uchun olingan litsenziya raqami (avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha);

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya raqami (avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha);

loyiha to‘g‘risida ma’lumot (loyiha nomi va mazmuni, joylashgan joyi, geolokatsiyasi, shuningdek, xaritadagi kenglik va uzunlik ko‘rsatkichlari);

b) loyihaning elektron shakli, sputnik xarita ustiga yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositalari bilan jihozlanishi chizilgan chizmasi (svetofor obyektini ish tartibi bilan ko‘rsatilishi) masshtabi 1:500.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Undirilmaydi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

b) “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

v) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni �a’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori talablariga muvofiq kelishi;

g) avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, AYoQS, AGTKS hamda AGQSni qurish va rekonstruksiya qilish sohasini tartibga soladigan tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiq kelishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir martalik.

12.

Izoh:

Yuqorida ko‘rsatilgan talablar bajarilmasa, loyihani kelishish rad etiladi.

Loyihadagi tushunarsiz masalalar bo‘yicha loyiha tayyorlagan tashkilot tomonidan tushuntirish berish so‘raladi.

Zarur hollarda, loyiha joyiga chiqib o‘rganiladi.

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Pirotexnika vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza (pirotexnika vositalarini olib kirish sanasidan kamida 13 ish kuni oldin taqdim etiladi).

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);

texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarini (xavflilikning III — V darajalari) (keyingi o‘rinlard� — pirotexnika vositalari) olib kirish va ulardan foydalanish uchun asos bo‘luvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining sanasi, raqami va nomi;

pirotexnika vositalaridan foydalaniladigan ommaviy tadbir toifasi, nomi va tashkilotchisi, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti nomi va manzili;

pirotexnika vositalaridan foydalanish sanasi, boshlanish va tugallanish vaqti;

pirotexnika vositalaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash manzili);

b) ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi;

v) otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi tushurilgan holda, obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar, shuningdek, pirotexnika vositalaridan foydalanishda ishtirokchilar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladigan asosiy texnik vositalar ro‘yxati ko‘rsatilgan pirotexnika vositalaridan foydalanish dasturi;

g) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan pirotexnika vositalarining xavflilik klassi, guruhi va miqdori, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, moddalarning klassifikatsiya shifri, yuk jo‘natuvchi nomi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish punkti (bojxona posti), olib kirilgan pirotexnika vositalari saqlanadigan joy nomi va manzili, yuk tashuvchi nomi, foydalaniladigan transport turi, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi hamda yukning kuzatuvini amalga oshiruvchi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organi nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d) yuridik shaxsning pirotexnika vositalaridan foydalanishga jalb etilgan xodimlarining Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qo‘llash” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxalari.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

13 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

a) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V darajalari) foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lish;

b) pirotexnika vositalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish maqsadlarida olib kirish va ulardan foydalanish;*

v) pirotexnika vositalaridan ommaviy tadbir dasturiga muvofiq foydalanish;

g) ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tashkil etilgan otish maydonchasi va xavfli hududda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish*;

d) olib kirilgan va foydalanilgan pirotexnika vositalarining mavjudligi va sarfi hisobini yuritish;

e) shtatda kamida 2 nafar pirotexnika vositalaridan foydalanish sohasi mutaxassislarning mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir marta olib kirish va foydalanish uchun beriladi

12.

Izoh:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma olish quyidagilar amalga oshirish uchun talab etilmaydi:

a) sanoat maqsaddagi pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

b) maishiy maqsadidagi (xavflilikning I — III darajalari) pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

v) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirish va ulardan foydalanish.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.