13.07.2022 yildagi 385-son
Hujjat 14.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Mazkur Reglament “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda — Qonun) muvofiq geografik ko‘rsatkichlarni va geografik ko‘rsatkichlardan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
3. Qonunning 7-moddasiga muvofiq geografik ko‘rsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan o‘zi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning (alohida hollarda, agar boshqa shaxslar mavjud bo‘lmasa yoxud ular talabnomani berishda ishtirok etish istagini bildirmasa, bitta shaxsning) talabnomasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
mazkur Reglamentning 3-bandida ko‘rsatilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning manfaatlarini ifodalash uchun vakolatli nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan birlashma tomonidan;
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ko‘rsatiladi.
7. Qonunning 11-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta geografik ko‘rsatkichga taalluqli bo‘lishi kerak.
10. Qonunning 11-moddasi uchinchi qismiga muvofiq arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
11. Mazkur Reglamentning 10-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar quyidagi tashkilotlar tomonidan beriladi:
30. Davlat xizmatini ko‘rsatishda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan miqdorda patent boji to‘lanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
33. Talabnoma haqidagi ma’lumotlar axborot tizimiga joylashtirilgandan so‘ng ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar manfaatdor shaxslar vakolatli organga mazkur Reglamentning 32-bandiga asosan talabnomalar bo‘yicha yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin. Vakolatli organ yozma e’tirozlarni Markazga jo‘natadi.
37. Talabnoma materiallariga mazkur Reglamentning 36-bandida nazarda tutilgan o‘zgartirishlardan boshqa tuzatish, aniqlik va to‘ldirishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq ariza topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
38. Mazkur Reglamentning 3 va 4-ilovalariga muvofiq topshirilgan arizalar vakolatli organga kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
59. Qonunning 15-moddasiga asosan talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi chog‘ida talabnomada ifodalangan belgining Qonunning 4, 5, 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
mazkur Reglamentning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish zarurati;
67. Qonunning 9-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun talabnomani ekspertiza qarori qabul qilingunga qadar geografik ko‘rsatkichga doir talabnomaga o‘zgartirishi mumkin.
71. Belgilangan patent boji to‘langanda vakolatli organ geografik ko‘rsatkichni va (yoki) geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini mazkur Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Geografik ko‘rsatkichlar davlat Reyestrida uch ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va uning ilovasi yuboriladi, mazkur Reglamentning 72-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
73. Qonunning 13-moddasiga muvofiq ekspertiza so‘rovnomasiga talabnoma beruvchi tomonidan javob uch oy ichida taqdim etiladi. Ushbu muddat ichida so‘ralgan materiallarni taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra javob berish olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
79. Mazkur Reglamentning 8-bandi sakkizinchi xatboshisi, 11-bandi uchinchi xatboshisi, 20-bandi birinchi xatboshisi, 52-bandi o‘n birinchi xatboshisi, 60-bandi oltinchi xatboshisi, 61-bandi, 64-bandi yettinchi xatboshisi va 65-bandi uchinchi xatboshisining vakolatli inspeksiya organi va laboratoriyaga doir qoidalari qishloq xo‘jaligi va alkogol mahsulotlari, mineral suvlar hamda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabnoma beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP orqali yoxud pochta aloqasi bo‘yicha talabnoma beradi

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabnoma beruvchi

Talabnoma berish uchun patent boji to‘lovini amalga oshiradi

3 oy ichida

3-bosqich

Adliya vazirligi

(vakolatli organ)

1. Talabnomani qabul qilib, uning raqami, sanasi va vakolatli organning axborot tizimida talabnoma bo‘yicha keyingi xizmatlardan foydalanish uchun kuzatuv kodi ko‘rsatilgan xabarnomani talabnoma beruvchiga yuboradi.

1. Patent boji to‘langanidan so‘ng avtomatik tarzda yoki pochta aloqasi orqali

2. Talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z axborot tizimiga barcha ko‘rishi mumkin bo‘lgan tarzda joylashtiradi.

2. Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

Talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

Rasmiy ekspertiza natijasi bo‘yicha talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi rasmiy ekspertiza qarorini talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun ichida

5-bosqich

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi

Talabnomaning ekspertizasini amalga oshiradi.

Ekspertiza natijasi bo‘yicha geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki undan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi va talabnoma beruvchiga yuboradi.

Talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab 1 oy ichida

6-bosqich

Talabnoma beruvchi

Geografik ko‘rsatkichni va (yoki) geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish, muhofaza hujjatini berish, e’lon qilish va muhofaza hujjatining amal �ilish muddati uchun patent bojini to‘lash.

Ro‘yxatdan o‘tkazish qarori jo‘natilgan sanadan boshlab 3 oy ichida

7-bosqich

Vakolatli organ

Geografik ko‘rsatkichni va (yoki) geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazadi va muhofaza hujjatini beradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish — patent boji to‘langan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida. Muhofaza hujjatini berish — ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida

(220) Talabnomaning kelib tushgan sanasi:

______________________________

(210) Talabnomaning qayd raqami:

______________________________

(Vakolatli organ tomonidan to‘ldiriladi)

(750) Yozishmalar uchun manzil

(xat oluvchining to‘liq pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

________________________________________

________________________________________

________________________________________

Telefon: ______________________________

Geografik ko‘rsatkichni va (yoki) geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun

ARIZA

□ geografik ko‘rsatkich va undan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish;

□ geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish;

□ avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini

ro‘yxatdan o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(pochta manzili)

Tel: _________________

E-mail: _______________

(731) Talabnoma beruvchi:

_______________________________________________

_______________________________________________

_________________________________________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomlari, joylashgan eri yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. hamda yashash manzillari ko‘rsatiladi)

□ talabnoma beruvchi bitta shaxs bo‘lganda

STIR yoki JShShIR (rezidentlar uchun):

________________________

________________________

________________________

BIMT ST. 3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi

(agar u o‘rnatilgan bo‘lsa):

________________________

________________________

________________________

Foydalanish huquqini oluvchilar:

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha to‘liq nomlari, yoki jismoniy shaxslar uchun F.I.O. ko‘rsatiladi)

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

_____________________

(yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari bo‘yicha joylashgan eri yoki jismoniy shaxslar uchun yashash manzillari ko‘rsatiladi)

(740) Vakil (F.I.O. yoki to‘liq nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, yashash manzili yoki joylashgan eri) ____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Telefon: ____________________

(540) Talabnoma topshirilayotgan belgi:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

(bosh harflar bilan yoziladi)

(511) Tovar turi:

____________________________________________________________________________

(510) Tovar xususiyatlarining tavsifi:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Tovar ishlab chiqariladigan joy (geografik obyekt chegarasida ko‘rsatiladi):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati:

Varaqlar soni

□ vakolatli inspeksiya organi yoki laboratoriya xulosasi;

□ O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tovarlar ishlab chiqarayotgan shaxs bo‘lsa, geografik obyekt joylashgan mamlakatda talabnomada bayon etilgan geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

□ talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjimalari;

□ vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma;

□ belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (talabnoma pochta aloqasi orqali berilganda);

□ boshqa hujjat (ko‘rsatilsin).

Imzo:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Kelib tushgan sanasi

____________________________

Talabnomaning qayd raqami

__________________________

(Vakolatli organ tomonidan to‘ldiriladi)

Talabnoma beruvchining nomi (ismi) va
manziliga o‘zgartirishlar kiritish haqida

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi

(pochta manzili)

Tel: _________________

E-mail: _______________

Mazkur arizani taqdim etib, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi (F.I.O) va manziliga o‘zgartirishlar kiritishingizni so‘rayman

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma beruvchi:

____________________________________________________________________________

Vakil (F.I.O. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, pochta manzili):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, nomi yoki F.I.O.):

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

Telefon: ___________________

O‘zgartirishlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

O‘zgartirish kerak bo‘lgan ma’lumotlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

O‘zgartirilgan ma’lumotlar:

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________

□ alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilovalar:

Betlar soni:

□ davom ettirish uchun varaqlar;

□ belgilangan miqdordagi patent boji to‘langanligi haqida hujjat
(ariza pochta aloqasi orqali berilganda);

□ boshqa hujjatlar (ko‘rsatilsin).

Imzo:

____________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Kelib tushgan sanasi

______________________

Qayd raqami

___________________

(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan to‘ldiriladi)

Talabnoma materiallariga tuzatish,

aniqlik, to‘ldirishlar kiritish haqida

ARIZA

O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
(pochta manzili)

Tel:_________________

E-mail: _______________

Mazkur arizani taqdim etib, talabnoma materiallariga quyidagi tuzatish, aniqlik, to‘ldirishlar kiritishingizni so‘rayman.

Talabnomaning qayd raqami

Talabnomaning kelib tushgan sanasi

Talabnoma beruvchi:

______________________________________________________________________________

Vakil (F.I.Sh. yoki nomi, patent vakilining ro‘yxat raqami, yashash joyi yoki joylashgan eri manzili):

______________________________________________________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining to‘liq pochta manzili, nomi yoki F.I.Sh.):

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

Telefon: ________________________

Tuzatish, aniqlik, to‘ldirishlar:

______________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik, to‘ldirishlar kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar:

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

Tuzatish, aniqlik, to‘ldirishlar kiritilgan ma’lumotlar:

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________

□ alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilovalar:

Betlar soni

□ davom ettirish uchun varaqlar;

□ boshqa hujjatlar (ko‘rsatilsin)

Imzo:

______________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibida:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga” so‘zlari “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 131-bandning beshinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining muqaddimasidagi “hamda “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi” so‘zlari “ Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” hamda “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 17-pozitsiyasida:
a) 3-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari “Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Agentlik hududiy boshqarmalari tomonidan Agentlikka” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Vazirlikka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14 va 15-bandlardagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” so‘zlari “Adliya vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 5-bandning birinchi xatboshisi va 8-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 27-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 7-bandning birinchi xatboshisi va 10-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
11-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29 va 30-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati 7 — 9, 16 va 17 — 20-pozitsiyalarining “Bitimlarni amalga oshiruvchi yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar” ustunidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “adliya organlari faoliyatini takomillashtirishga” so‘zlari “sud-huquq sohasini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “v” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 10-pozitsiya “Chora-tadbirlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari” so‘zlari “davlat xizmatlari markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining “Toshkent shahar” bo‘limi 74-pozitsiyasi “Obyekt to‘liq nomi” va “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunlaridagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-band “xizmat ko‘rsatish belgilari” so‘zlaridan keyin “geografik ko‘rsatkichlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“a” kichik bandning beshinchi xatboshisi “xizmat ko‘rsatish belgilari” so‘zlaridan keyin “geografik ko‘rsatkichlar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“b” kichik bandning oltinchi xatboshisi “xizmat ko‘rsatish belgisi” so‘zlaridan keyin “geografik ko‘rsatkichdan va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisi “xizmat ko‘rsatish belgilariga” so‘zlaridan keyin “geografik ko‘rsatkichlardan va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“g” kichik banddagi “tovar kelib chiqqan joy nomi” so‘zlari “geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning “g” kichik bandidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari —” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8-banddagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 13-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yadigan tashkilotlar ro‘yxatining 3-pozitsiya “Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 64-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobraqamiga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida nizomning 49-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi vakolatiga kiruvchi masalalarda” so‘zlari “o‘z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamentining 23-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tuman (shahar)” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlarining izoh qismidagi “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” so‘zlari “Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti 14-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 6-bandning birinchi xatboshisidan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
15-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 10-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmasi” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 43-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga” so‘zlari “qonunchilikka muvofiq tegishli chora ko‘radi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 10-bandi va 5-ilovaning 12-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomda:
a) 14-bandning to‘rtinchi xatboshisi va 29-bandning beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 81-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 14-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi va 29-bandning beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 80-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga” so‘zlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 67-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 12-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamentining 17-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.