O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 19-aprelda birinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-897-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga doir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining taklifi ma’qullansin.