09.06.2022 yildagi 324-son
Hujjat 10.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
9. Nomzod uni patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlikka YIDXPda mazkur Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani to‘ldirish orqali murojaat qiladi va o‘z xohishiga ko‘ra arizasiga malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qiladi.
12. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali ariza shakllantirilgan sanadan boshlab uch oy davomida mazkur Reglamentning 4-ilovasida belgilangan miqdordagi to‘lovlar amalga oshiriladi va to‘lov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
mazkur Reglamentning 9 — 12-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilmaganda.
Bunda patent vakilini qo‘shimcha attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda mazkur Reglamentning 6-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish muddatini hisoblash yangidan boshlanadi va patent vakiliga yangi guvohnoma beriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nomzod yoki patent vakili

(oliy ma’lumotli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza topshirish.

Zaruratga ko‘ra arizaga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi va malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qilish.

Xohishiga ko‘ra

(patent vakili uchun har besh yilda kamida bir marta)

2-bosqich

Nomzod yoki patent vakili

(oliy ma’lumotli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi)

Ariza topshirish uchun BHMning 4 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish (to‘lov summasining 90 foizi undiriladi).

Ariza shakllantirilgan sanadan boshlab uch oy davomida

3-bosqich

Adliya vazirligi

Arizani qabul qilish.

Ariza raqami va sanasini nomzod yoki patent vakiliga yuborish.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Adliya vazirligi

Nomzod va patent vakilini attestatsiya (malaka imtihoni)dan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining eng malakali va tajribali xodimlari, advokatlar, olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda malaka komissiyasi tuzish.

Ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida

5-bosqich

Adliya vazirligi

Ariza va unga ilovaga qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish.

Natijasi bo‘yicha nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qo‘yilganligi yoxud malaka imtihoniga qo‘yish rad etilganligi haqida bildirishnomani yuborish.

Ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida

6-bosqich

Malaka komissiyasi

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

Nomzod yoki patent vakilini imtihonga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma yo‘llangan sanadan boshlab ikki oy ichida

7-bosqich

Adliya vazirligi

Malaka imtihoni jarayonini ovozli videotasvirga tushirish Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilish.

Malaka imtihoni o‘tkazish davomida

8-bosqich

Malaka komissiyasi

Suhbat natijasiga ko‘ra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

(Attestatsiyadan o‘tkazish rad etilgan nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan olti oy o‘tgandan so‘ng malaka imtihonida qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi)

Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida

9-bosqich

Adliya vazirligi

Malaka komissiyasi qarorining bir nusxasini nomzod yoki patent vakiliga yuborish.

Malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida

10-bosqich

Adliya vazirligi

Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani yuborish.

Patent vakilining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy axborotnoma va veb-saytda e’lon qilish.

(Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi)

Malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga

Nomzodni patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

ARIZA

_________________________________________________________________________________

(nomzodn�ng familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi)*

_____________________________patent vakili sifatida attestatsiyadan o‘tkazishingizni so‘rayman.
_________________________________________________________________________________

(nomzodning doimiy turar joyi)*

_________________________________________________________________________________

(qaysi oliy ta’lim muassasasini qachon tamomlagan, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom seriya va raqami)*

_________________________________________________________________________________

(patent vakili sifatida kelgusi faoliyat ixtisosligi)

_________________________________________________________________________________

(ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish bo‘yicha ishi to‘g‘risida ma’lumotlar)

_________________________________________________________________________________

(yozishma uchun manzil)

_________________________________________________________________________________

(telefon raqami, elektron pochta manzili)*

_________________________________________________________________________________

(nomzodning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari)*

_________________________________________________________________________________
Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi**;
malakani tavsiflovchi boshqa hujjatlar***.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga

Patent vakilini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

ARIZA

_________________________________________________________________________________

(patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi)*

_________________________________________________________________________________

har besh yilda belgilangan attestatsiyadan o‘tkazishingizni so‘rayman.

_________________________________________________________________________________

(patent vakilining doimiy turar joyi)*

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________

(ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish bo‘yicha ishi to‘g‘risida ma’lumotlar)

_________________________________________________________________________________

(yozishma uchun manzil)

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________

(telefon raqami, elektron pochta manzili)*

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________

(patent vakilining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari)*

_________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________

(malaka oshirish kursida o‘qiganlik to‘g‘risida sertifikat ma’lumotlari)*

Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlangan.
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari “Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Agentlikda” so‘zi “Vazirlikda” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning uchinchi xatboshisi va 5-banddagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 63-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning” so‘zi “Vazirlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
i) 10 — 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 15 — 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
l) 20, 22 — 24 va 26-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
m) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-banddagi “investitsiya shartnomasi tuziladi” so‘zlari “majburiy tartibda investitsiya shartnomasi tuziladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandi birinchi xatboshisidagi “Vazirlik tomonidan tayyorlanadi” so‘zlari “Vazirlik tomonidan bir oy muddatda tayyorlanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 11-bandning 2-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga” so‘zlari “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-kichik banddagi “Intellektual mulk agentligiga” so‘zlari “Adliya vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-kichik banddagi “Intellektual mulk agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 7-avgustdagi 622-son qaroriga 2-ilovaning 8 va 39-pozitsiyalari “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Intellektual mulk agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 5-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat muassasasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Agentlikning” so‘zi “Davlat muassasasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 11 va 12-bandlardagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlikning Intellektual mulk departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 14-bandning birinchi xatboshisi va 27-banddagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 24-banddagi “Agentlik” so‘zi “Davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 28-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning hisob raqamlariga” so‘zlari “Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari” so‘zlari “Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-banddagi “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g” kichik banddagi “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qaroriga 1-ilovaning “3.b-vazifa”, 8.10-vazifa va “17.6-vazifa” pozitsiyalari “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” va “Intellektual mulk agentligi” so‘zlari “Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.