24.05.2022 yildagi 170-4-61-Q/22-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.03.2023
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilish (zaxiralash) to‘g‘risida qabul qilingan qaroriga qo‘shimcha ravishda nogironligi bo‘lgan va boshqa toifadagi shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori qabul qilinganligi munosabati bilan tuman hokimining 2021-yil 25-sentabrdagi “2022-yilda Kasbi tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida”gi 362-4-61-Q/21-sonli qarorining 2-bandi quyidagi tartibda o‘qilsin.
3. 10-bandi “Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (O. Xo‘janov) besh kun muddatda ushbu qaror ilovasida ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ushbu qaror ijrosini ta’minlasin” so‘zlari bilan almashtirilsin.