15.12.2021 yildagi 490-4-63-Q/21-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2022
 LexUZ sharhi
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (keyingi o‘rinlarda — Nizom) muvofiq transport vositalarining 2022-yilda majburiy texnik ko‘rigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
2. Tumanda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining 2022-yilgi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
4. Mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi:
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo‘linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi inobatga olinsin.
9. Tuman hokimining 2021-yil 30-yanvardagi HQ-65/01-sonli hamda tuman hokimligining, texnik xatolik bo‘lganligi sababli 2021-yil 15-dekabrdagi 488-4-63-Q/21-sonli “Mirishkor tumani hududidagi transport vositalarini 2021-yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.