17.12.2021 yildagi 536-4-68-Q/21-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2022
 LexUZ sharhi
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (keyingi o‘rinlarda — Nizom) muvofiq transport vositalarining 2022-yilda majburiy texnik ko‘rigini tashkil qilish maqsadida, qaror qilaman:
2. Tumanda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarining 2022-yilgi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi:
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo‘linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi inobatga olinsin.