[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
22-moddasiga
muvofiq:
1. 2021-yil 28-mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Hamdo‘stlik ishtirokchi-davlatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida 1992-yil 9-oktabrdagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-oktabr,
PQ-5259-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 07/21/5259/0965-son)