O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat olib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: