15.09.2021 yildagi PF-6314-son
Hujjat 16.09.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

T/r

Funksiya

Vakolatli organ

1.

Tashuvchilar tomonidan sanitariya qoidalarining buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish.

Transport vazirligi

2.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarida, issiqxona xo‘jaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashning sifati ustidan nazorat olib borish.

4.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’muriy binolarini qurish ishlarining sifati bo‘yicha monitoring olib borish.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

5.

Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmog‘i (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

6.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritish va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshirish.

7.

Chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug‘urta bo‘yicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.

8.

Issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish.

Davlat soliq qo‘mitasi

9.

Qurilishda metall prokatining qo‘llanilishi yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10.

Oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini ta’minlash, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘yicha bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

Davlat statistika qo‘mitasi

11.

Tegishli hududda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

12.

Yoqilg‘i-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qo‘llanishining to‘g‘riligini doimiy nazorat qilib borish.

13.

Yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

14.

Kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida da’volar bilan sudga murojaat qilish.

15.

Tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.

16.

Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ula�ni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

2.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

3.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishga tushirish. Bunda, ushbu tizim quyidagi imkoniyatlarga e�a bo‘lishini ta’minlash:

davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;

tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritish. Bunda, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga integratsiya qilinadi;

tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar bo‘yicha onlayn o‘qitish va faoliyati majburiy talablarga mosligini o‘zini-o‘zi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishini baholash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-aprel

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov),

manfaatdor idoralar

4.

Har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish bo‘yicha savolnomalarni Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

2022-yil 1-yanvar

Nazorat qiluvchi organlar, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov)

Tasdiqlangan savolnomalarni nazorat qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga (ushbu tizim ishga tushirilgandan so‘ng) joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar, doimiy

5.

Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv o‘tkazishning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibini o‘rnatish.

B?nda, xabarnomada tekshiruv o‘tkazish muddati va predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar berish tartibi, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat berish tartibi va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar majburiy tartibda ko‘rsatilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi
(A. Burxanov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
nazorat qiluvchi organlar

6.

Davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

davlat nazorati funksiyalari reyestrida davlat nazorati funksiyasi, nazorat qiluvchi organ, nazoratni amalga oshirish shakli va nazorat obyekti ko‘rsatiladi;

majburiy talablar reyestrida tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha majburiy talablar ro‘yxati va savolnomalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda ko‘rsatiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi
(A. Burxanov),

nazorat qiluvchi organlar

7.

Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo‘yiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-yanvar

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),

manfaatdor idoralar

8.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-noyabr

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(D. Qosimov)
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(A. Burxanov)

9.

Tadbirkorlik subyektlari uchun eng ko‘p ma’muriy yuk bo‘layotgan davlat nazorati funksiyalarini akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, litsenziyalash va boshqa usullar orqali xususiy sektorga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(S. Xolxo‘jayev),
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

10.

Axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda savolnoma bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning axborot bazalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali faqat masofaviy tarzda o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatini tuzish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-aprel

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
(D. Qosimov)
,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sodiqov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

11.

Davlat nazorati funksiyalari va tekshiruv turlari ro‘yxatlarini tegishli sohalarda xavfsizlik darajasi ta’minlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holatini inobatga olgan holda kamida uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har uch yilda

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(D. Qosimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(S. Xolxo‘jayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)

Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

a) 4-1-band va 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
yigirma oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yigirma yettinchi xatboshi yigirma oltinchi xatboshi deb hisoblansin.