31.08.2021 yildagi 555-son
Hujjat 31.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga muvofiq hamda jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish orqali uni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan muddatlarda tabaqalashgan tariflar asosida bir martalik to‘lovni amalga oshiradi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi o‘rinlarda — HETK) tomonidan tashqi elektr ta’minoti loyihasi ishlab chiqiladi (ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lsa), qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari amalga oshirilib, elektr ta’minoti shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng elektr tarmoqlariga ulab beriladi;
texnik shartlarni ishlab chiqadi va ularni Onlayn platformaga kiritadi, iste’molchining xohishiga ko‘ra ommaviy oferta shartnomasi (ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha) imzolanganidan so‘ng foydalanishga tayyor holda topshirish va elektr tarmog‘iga ulash ishlarini amalga oshiradi;
Bunda iste’molchilardan Reglamentga 3-ilovada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni YIDXP yoki Onlayn platforma orqali rasmiylashtirib, Reglamentga 3-ilovaga muvofiq so‘rovnomani to‘ldirgandan so‘ng uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha so‘rovnoma HETKga tushgandan so‘ng uch ish kuni mobaynida HETK tomonidan ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartlar ishlab chiqilib, QR-kodni (matrik shtrixli kod) qo‘ygan holda elektron shaklda Onlayn platformaga kiritiladi.
Umumiy quvvati 140 kVt (160 kVA)gacha bo‘lgan iste’molchilar ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldirganda so‘rovnomaning III bo‘limidagi imtiyozli taklifni o‘z xohishi bilan tanlasa, elektr tarmoqlariga ulash uchun qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarni bir yil davomida qaytarish sharti bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan elektr tarmoqlariga ulash ishlari amalga oshiriladi hamda tashqi elektr ta’minotini qurish bo‘yicha HETK tomonidan namunaviy shartnoma loyihasi (elektr tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlarni HETKga qaytarish tarmoq jadvallarini ilova qilgan holda) taqdim etiladi.
21. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchilardan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lovdan tashqari boshqa har qanday to‘lovlarni undirish qat’iyan man etiladi.
24. Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha so‘rovnoma Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Onlayn platforma orqali berilgandan so‘ng uch ish kunida HETK ishlab chiqqan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlar Onlayn platformaga joylashtiriladi va bir vaqtning o‘zida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
27. Pudratchi ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilar uchun elektr ta’minoti loyihasini kelishish uchun mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomaga elektr ta’minoti loyihasini elektron shaklda ilova qilgan holda Onlayn platformaga kiritadi.
Pudratchi tomonidan mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma Onlayn platforma orqali avtomatik tarzda bir vaqtning o‘zida elektr ta’minoti loyihasini kelishish uchun “O‘zenergoinspeksiya”ga hamda HETKga yuboriladi (yangi obyekt qurilishida elektr ta’minoti loyihasini kelishish qurilayotgan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bosqichida amalga oshiriladi).
28. HETK mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma va unga ilova qilingan elektr ta’minoti loyihasi Onlayn platforma orqali tushgan kundan boshlab ikki ish kunida elektr ta’minoti loyihasi kelishilganligi haqidagi xulosani beradi yoki rad etishning sabablarini va qonunchilik normalarini aniq ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
29. “O‘zenergoinspeksiya” mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma va unga ilova qilingan elektr ta’minoti loyihasi Onlayn platforma orqali tushgan kundan boshlab quyida keltirilgan muddatlarda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektr ta’minoti loyihasi kelishilganligi haqidagi xulosani beradi yoki rad etishning sabablarini va qonunchilik normalarini aniq ko‘rsatgan holda kelishishni:
31. Agar mazkur Reglamentning 28 va 29-bandlarida nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan so‘ng “O‘zenergoinspeksiya” va HETK tomonidan elektr ta’minoti loyihasini kelishish (yoki e’tiroz asosida rad etish) bo‘yicha xulosa taqdim etilmasa, Onlayn platformada avtomatik tarzda elektr ta’minoti loyihasi “kelishildi” deb qabul qilinadi hamda HETKga, Davlat xizmatlari markaziga (iste’molchi o‘zi kelib murojaat etganda), pudratchiga yoki iste’molchiga (YIDXP yoki Onlayn platforma orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
33. Pudratchi 20 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan so‘ng Onlayn platformada ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun so‘rovnomani to‘ldiradi va uni o‘zining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Pudratchidan ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomada ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
35. Pudratchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shaklga binoan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Dalolatnoma tuzilib, unda iste’molchi elektr qurilmalarining foydalanishga tayyorligi yoki tayyor emasligi to‘g‘risidagi yozuv qayd etiladi.
38. “O‘zenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 36 va 37-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda ushbu Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shaklda Dalolatnomani QR-kod qo‘yib imzolaydi va real vaqt rejimida Onlayn platforma, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali pudratchiga hamda o‘lchash vositasini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun HETKga yuboradi.
quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilar uchun “O‘zenergoinspeksiya” QR-kodi (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Dalolatnoma (ijobiy xulosa) Onlayn platformaga tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi va bu haqida mazkur Reglamentga 9-ilovaga muvofiq shakldagi naryad rasmiylashtiriladi. Bunda plombalash ishlari bajarilishida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun murojaatlarni shakllantirish, texnik shartlarni ishlab chiqish va tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini taqdim etish tartibi

1-bosqich

Iste’molchi

(yuridik yoki jismoniy shaxs)

1. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish, YIDXP yoki Onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldirish.

1. Iste’molchining xohishiga ko‘ra.

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan miqdordagi yig‘imni to‘lash. Bunda Onlayn platforma orqali murojaat etilganda yig‘im undirilmaydi.

2. Iste’molchi murojaat qilganda.

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi, YIDXP, Onlayn platforma

1. Iste’molchini elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani HETK (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari)ga yuborish. Quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarni ishlab chiqish talab etilmaydi va ulash sxemasi asosida amalga oshiriladi.

1. Real vaqt rejimida.

2. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha HETK tomonidan ishlab chiqilgan texnik shart asosida iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash ishlarini tayyor holda topshirish bo‘yicha HETK yoki pudratchi tomonidan tayyorlangan shartnomalarni iste’molchiga taqdim etish.

2. Iste’molchi murojaat qilgandan so‘ng 3 ish kunida.

3. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha tayyor holda topshirish shartnomasi asosida pudratchi tomonidan ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihasini tegishli so‘rovnoma asosida “O‘zenergoinspeksiya”ga ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuborish.

3. Loyiha hujjati ilova qilingan so‘rovnoma Onlayn platformaga joylashtirilgan kuni.

II. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi

1-bosqich

Iste’molchi

1. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun belgilangan miqdordagi (tabaqalashgan) bir martalik to‘lovni amalga oshirish.

2. Elektr ta’minoti shartnomasi (oferta)ni imzolash.

Iste’molchining xohishiga ko‘ra.

2-bosqich

HETK

(“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi hududlardagi elektr tarmoqlari korxonalari)

1. Quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga tayyor holda ulash yuzasidan barcha ishlarni (elektr tarmoqlariga ulash sxemasini tayyorlash, qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajarish, elektr energiyasini o‘lchash vositasini o‘rnatish va plombalash, naryadni rasmiylashtirish, elektr ta’minoti shartnomasini tuzish) amalga oshirish.

10 ish kuni mobaynida

2. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan:

20 ish kuni mobaynida

iste’molchini elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish;

2 ish kuni mobaynida

iste’molchini elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini tayyorlash;

5 ish kuni mobaynida

tayyorlangan elektr ta’minoti loyihasini “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishish;

3 ish kuni mobaynida

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;

6 ish kuni mobaynida

iste’molchining elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyorligi to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan belgilangan shakldagi Dalolatnomani QR-kod qo‘yib imzolashni tashkil qilish;

3 ish kuni mobaynida

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnoma QR-kod qo‘yilgandan so‘ng elektr ta’minoti shartnomasini (oferta) tuzish va iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash.

1 ish kuni mobaynida

3-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

1. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha HETK tomonidan ishlab chiqilgan tashqi elektr ta’minoti loyihasini kelishish va amalga oshirilgan qurilish-montaj, sozlash-ishga tushirish ishlarini ko‘rikdan o‘tkazish va natijasi bo‘yicha belgilangan shaklda QR-kod qo‘yilgan xulosani HETKga yuborish.

3 ish kuni mobaynida

2. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini:

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan kelishilgan elektr tarmoqlariga ulash loyiha hujjatiga muvofiqligini;

elektr qurilmalarining loyiha hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini;

ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligini joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazish.

Joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha Onlayn platformada QR-kod qo‘yilgan Dalolatnomani HETKga yuborish.

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.

III. Quvvati 50 kVtdan yuqori bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi

1-bosqich

1. HETK

1. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish va Onlayn platformaga joylashtirish va iste’molchiga ushbu texnik shartlarni yuborish.

3 ish kuni mobaynida

2. HETK va pudratchi

(loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirishni bajarish uchun tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega yuridik shaxs)

2. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishni tayyor holda topshirish bo‘yicha o‘zlarining takliflari aks ettirilgan shartnomalarni iste’molchiga yuborish.

3 ish kuni mobaynida

(texnik shartlar Onlayn platformaga joylashtirilgandan so‘ng)

2-bosqich

Onlayn platforma, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

HETK tomonidan ishlab chiqilgan va QR-kod qo‘yilgan texnik shartlarni, elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha pudratchilar hamda HETK takliflari aks ettirilgan shartnomalarni iste’molchiga yuborish.

Real vaqt rejimida.

3-bosqich

Iste’molchi

Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha HETK yoki boshqa pudratchi tashkilotni tanlash va u bilan shartnoma tuzish.

Xohishiga ko‘ra (texni� shartlarni olgandan so‘ng).

4-bosqich

HETK yoki pudratchi

Shartnoma asosida iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda.

Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha elektr ta’minoti loyihasini kelishish uchun Onlayn platforma orqali “O‘zenergoinspeksiya”ga yuborish.

Loyiha hujjatlari tayyor bo‘lgandan so‘ng.

5-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

Elektr ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqish, natijasi bo‘yicha QR-kod qo‘yilgan xulosani Onlayn platforma orqali HETK yoki pudratchiga yuborish.

Iste’molchining ulanadigan elektr qurilmalari kuchlanishi:

1 kV gacha va 6 — 10 kV bo‘lganda — 3 ish kunida;

35 kV va undan yuqori bo‘lganda — 5 ish kunida.

6-bosqich

Pudratchi

1. “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan elektr ta’minoti loyihasi asosida qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda.

2. Bajarilgan ishlar yakuni bo‘yicha elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish uchun Onlayn platformada so‘rovnoma to‘ldirish va “O‘zenergoinspeksiya”ga hamda HETKga yuborish.

Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari yakunlangandan so‘ng.

7-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

1. So‘rovnoma bo‘yicha iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha bajarilgan qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlari va elektr qurilmalari texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlarga, kelishilgan loyiha hujjatiga muvofiqligini hamda ijro, topshirish-qabul qilish va texnik hujjatlar bilan ta’minlanganligini joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazish.

2. Ko‘rikdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha QR-kod qo‘yilgan Dalolatnomani onlayn platforma orqali pudratchiga yoki HETKga yuborish.

Iste’molchining ulanadigan elektr qurilmalari kuchlanishi:

1 kV gacha va 6 — 10 kV bo‘lganda — 3 ish kunida;

35 kV va undan yuqori bo‘lganda — 5 ish kunida.

8-bosqich

HETK

Onlayn platforma orqali “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan iste’molchining elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyorligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan Dalolatnoma tushgandan so‘ng:

o‘lchov vositasini plombalash va naryadni rasmiylashtirish;

1 ish kunida.

bir tomonlama belgilangan namunaviy shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini va o‘lchov vositasini plombalash to‘g‘risidagi naryadni iste’molchiga yuborish.

Iste’molchi tomonidan ERI bilan tasdiqlangan elektr ta’minoti shartnomasi tushgandan so‘ng iste’molchini elektr tarmoqlariga ulash.

1 ish kunida.

9-bosqich

Onlayn platforma, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Iste’molchini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarni iste’molchilarga yuborish (taqdim etish).

Real vaqt rejimida

10-bosqich

Iste’molchi

Elektr ta’minoti shartnomasini ERI bilan tasdiqlab Onlayn platformaga, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) HETKga yuborish.

5 ish kunida.

__________________ (sana)

________________ (raqam)

Elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SO‘ROVNOMA

I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.
3. STIR
4. Ma�zili
5. Telefon raqami
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

II. Ulanayotgan obyekt to‘g‘risida ma’lumot:

1. Ulanayotgan obyektning joylashgan joyi (indeks, manzil, mo‘ljal)
2. Ulanayotgan quvvat
3. Elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha toifasi
4. Xizmat turi:yangi ulash
elektr qurilmalarini rekonstruksiya qilish
elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha toifasini o‘zgartirish
quvvatni oshirish
ulanish nuqtasini o‘zgartirish


III. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha imtiyozli taklif:
(Elektr tarmoqlariga ulanadigan qurilma va uskunalarining umumiy quvvati 140 kilovattgacha (160 kVA) bo‘lgan iste’molchilar uchun)

Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun qurilish-montaj, sozlash-ishga tushirish ishlarini va xarajatlarni (iste’molchi tomonidan bir yil davomida qaytarish sharti bilan) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilishini tanlash.

rozimanrozi emasman

Iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun berilgan texnik shartlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritilishiga iste’molchining roziligi:

roziman

rozi emasman

Iste’molchi ERI

(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining rasmiy xati shaklida)

Sana:______

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash
ishlarini amalga oshirish uchun
TEXNIK ShART

Berildi:

___________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O)

____________________________________________________________________________(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining nomi)

“Elektroenergetika sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish xizmati” Sizning 20___ yil “____”________dagi ________-son so‘rovnomangizga muvofiq quyidagi texnik shartlar berildi.

1. Ulanadigan kuchlanishi ____ kV
2. Umumiy quvvat:____ kVt
2. Elektr ta’minoti toifasi:____ toifa
3. Obyektning manzili:_______________________________________________
4. Obyektning nomi:_________________________________________________
5. Ulanish sxemasi.
Asosiy elektr ta’minoti:
1. ________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________
3. ...
Zaxira elektr ta’minoti:
1. ________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________
3. ...
Iste’molchining vazifalari:

1. Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi iste’molchilari uchun quri�ish-montaj ishlarini amalga oshirish;

1.1. Quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan taqdirda (elektr energiyasi iste’molchilari ixtiyoriga ko‘ra) elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzish va ishlab chiqilgan loyihani Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi bilan kelishish;

1.2. Elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish hamda loyihaga va elektr uskunalarini o‘rnatish qoidalari talablariga muvofiq qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;

1.3. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari yakunlangandan so‘ng (quvvati 20 kVtdan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqida xulosani rasmiylashtirish) hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali so‘rovnoma yuborish;

2. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish.

Hujjatni imzolagan shaxs ____________________FIO (vakolatli organ rahbari)

Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod

_________________

(sana)

________________

(raqam)

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun

SO‘ROVNOMA

I. Elektr qurilmalari to‘g‘risida ma’lumot:

1. Yangi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalarining nomi

2. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning nomi

3. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning STIRi

4. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning yuridik manzili

5. Elektr qurilmalari muvofiqlik sertifikatining raqami va sanasi

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Iste’molchining elektr xo‘jaligi uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan imzolangan elektr ta’minoti obyektining bir chiziqli sxemasi

2. Qurilish-montaj tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi

3. Mavjud himoya vositalari, ularning sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar, yong‘inga qarshi inventarlar, texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar ro‘yxati

4. Elektr qurilmalarining laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomalar

5. Asosiy elektr qurilmalari uchun pasportlar:

6. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq

7. Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari

8. Iste’molchi nomidan (tomonidan) Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga iste’molchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash va o‘chirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega bo‘lgan tezkor va tezkor-ta’mirlash bo‘yicha iste’molchining mas’ul xodimlari ro‘yxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi, telefon raqamlari)

Pudratchi tashkilotining ERI

Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr
qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha
DALOLATNOMA

20___ yil “___” _________ dagi ___-son
Ushbu Dalolatnoma

___________________________________________________________________________
(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarinibajargan tashkilot nomi)

_____________________________________________________________________________
(lavozimi)(F.I.O.)
qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajargan tashkilotning YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ __son so‘rovnoma ma’lumotlariga muvofiq
iste’molchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)__________ ______________
(lavozimi) (F.I.O.)
yoki elektr qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili _______________________

(F.I.O.)
ishtirokida “O‘zenergoinspeksiya” mas’ul xodimi _________________________________
(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va elektr qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
1. Texnik ko‘ri�dan o‘tkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari:
______________________________________________________________________________
(elektr qurilmalari nomi, elektr ta’minot manbalari)
1.1. Elektr qurilmalari tarkibi va tavsifi:
______________________________________________________________________________
(turi, quvvati, kuchlanish, soni)
1.2. Texnik hujjatlar:
1.2.1. Texnik shartlar 20__ yil “___” ____________ da ______-son bilan _____
______________________________________________________________________________
(texnik shartlar bergan tashkilot nomi)
tomonidan _______ kVA (kVt) quvvatga ulanish uchun berilgan.
1.2.2. Elektr ta’minoti loyihasi ___________________________________________________
(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)
_____________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha “O‘zenergoinspeksiya” bilan ____________________________________________
(loyihani kelishuv raqami va sanasi)
kelishilgan va elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanayotgan tashkilot _____________________
(tashkilotning nomi)
______________ tomonidan ko‘rib chiqilgan __________________________________________
(loyihani ko‘rib chiqish raqami va sanasi)
1.2.3. Elektr-montaj va sozlash — ishga t?shirish ishlari va sinovlar
_________________________________________________ tomonidan amalga oshirilgan.
(tashkilot nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati)
1.2.4. Sozlash — ishga tushirish hujjatlari va sinovlar (o‘lchovlar) EQTQ, XTQ talablariga muvofiqligi ______________________________________________________________________________
2. Elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi.
2.1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha:
______________________________________________________________________________
(iste’molchi tashkilot yoki elektr qurilmalari egasining nomi (tegishlisi tagidan chizilsin))
2.1.2. Elektr ho‘jaligi uchun javobgar shaxs________________________
(lavozimi)(F.I.O.)
20 __-yil “____” ______ dagi ___-son buyruq bilan tayinlangan.
U TEQQ va XTQ bo‘yicha bilim sinovdan qonunchilikda belgilangan tartibda, _____ yil “____” ________ da o‘tib, unga ____ V elektr qurilmalarda ishlash uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha _______ guruh berilgan.
2.1.3. Elektrotexnik xodimlarning soni va malakasi bo‘yicha muvofiqligi__________________
2.1.4. Elektr himoya vositalarining holati, ularning yetarli ekanligi ______________________
2.1.5. Tezkor texnik hujjatlar mavjudligi (bor, yo‘q):
tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi ____________________________________________;
lavozim yo‘riqnomalari _________________________________________________________;
ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalar ________________________________________________;
naryadlar blankalari ____________________________________________________________;
2.1.6. Jurnallarning mavjudligi (bor, yo‘q):
TEQQ va XTQ bo‘yicha bilim sinovi ________________________________________________;
elektrotexnik xodimlarga ko‘rsatmalar berish ________________________________________;
tezkor jurnal ______________________________________________________________________________;
himoya vositalarining hisobi va holati ______________________________________________;
elektr uskunalarning kamchiligi (nosozligi) _________________________________________;
2.1.7. Asosiy elektr uskunalariga pasport (sertifikat) _________________________________
2.2. Elektr qurilmalarining texnik holati
2.2.1. Yong‘inga qarshi xavfsizlik vos?talari bilan ta’minlanishi _________________________
2.2.2. O‘lchov asboblarining holati __________________________________________________
2.2.3. Yerga ulash qurilmalarining holati _____________________________________________
2.2.4. Elektr qurilmali xonalar va ularda o‘rnatilgan elektr qurilmalarining EQTQ talablariga muvofiqligi ______________________________________________________________________________
2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati ______________________________________
2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-sozlash apparaturasi va elektr yoritgichlarning texnik holati ______________________________________________________________________________
2.2.7. Kompensatsiya qurilmalari mavjud bo‘lsa, ularning texnik holati
______________________________________________________________________________
(turi, ishlab chiqargan zavod raqami)
2.2.8. Taqsimlash qurilmalari _____________________________________________________
2.2.9. Kuch transformatorlari ______________________________________________________
2.2.10. Hisobga olish sxemasining montaji (hisobga olish priborlarining o‘rnatilishi, o‘lchov transformatorlari va boshqalar)
3. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida xulosa _____________________________________________________________________________
“O‘zenergoinspeksiya” mas’ul xodimi _____________________________________
(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)(F.I.O.)
20__ yil “___” _________________________________________

(imzo)

HETK_________________________________________________________
(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)

(F.I.O.)

20__ yil “___” ___________

________________
(imzo)

Pudrat tashkiloti rahbari yoki elektr ho‘jaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun)
____________________________ _________________
(tashkilot nomi, lavozimi)(F.I.O.)
20__ yil “___” _________________________
(imzo)
Pudrat yoki elektr qurilmasi egasining muhri o‘rni (jismoniy shaxslar uchun)
______________________________________
(tashkilot nomi, lavozimi)

(F.I.O.
telefon raqami)

20__ yil _____________________(imzo)
“___” ____

Elektr energiyasini o‘lchash vositalari plombalanganligi haqida
NARYaD

20__ y. “___”__________ dagi ____-son
Mazkur Naryad HETK (elektr ta’minoti korxonasi) vakili
_______________________________________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
tomonidan quyidagilar:
iste’molchi vakili yoki elektr qurilma egasi ishtirokida elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanayotganligi to‘g‘risida tuzildi.
Ulanayotgan iste’molchi tavsifi:
Obyektning nomi _______________________________________________________;
Manzili ______________________________________________________________;
Texnik shartlar 20___ yil _____-son bilan _____________ HETK tomonidan berilgan;
Ruxsat etilgan quvvat _______ kVt, belgilangan quvvat ________ kVA (transformator mavjud bo‘lsa);
Kuchlanish toifasi _____ kV;
Elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha toifasi ________;
Asosiy elektr ta’minoti manbai _________________________________________;
Elektr tarmoqlarining mansublik
bo‘yicha chegarasi ________________________________________;
Elektr ta’minoti loyihasiga ko‘ra hisoblangan quvvat ________ kVt.

Ushbu bilan tasdiqlanmoqdaki, iste’molchining elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (elektr ta’minoti korxonasi) elektr tarmoqlariga ulanishi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan.

Tomonlarning imzolari:
HETK vakili

_______________________________________

(imzo)
Qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish tashkiloti (mavjud bo‘lsa)


________________________________________

(imzo)
Iste’molchi vakili yoki elektr qurilmasi egasi ____________________________________
(imzo)