09.08.2021 yildagi 504-son
Hujjat 09.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5214-son qaroriga muvofiq “mahallabay” ishlash asosida “og‘ir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Andijon tajribasi”ni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklariga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar ajratilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar “O‘zsanoatqurilishbank” va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari orqali hamda issiqxona massivlarini barpo etish va aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etishni moliyalashtirishga 40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki orqali ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“O‘zsanoatqurilishbank” va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari tomonidan ushbu bandning 1-xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larni tijorat banklariga qayta moliyalashtirishga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.