[
OKOZ:
1.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.
11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Erning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
3.
12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrug‘i
“Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 28-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2725-3]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor F. UMAROV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
3-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 3-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2015-yil 22-oktabrdagi 33-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2725, 2015-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 44-son, 568-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017-yil 6-iyundagi 3-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2725-1, 2017-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 558-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2017-yil 14-noyabrdagi 8-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2725-2, 2017-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 50-son, 1232-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/2725-3/0715-son)