O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq Internet tarmog‘i orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda statistika hisobotini (bundan buyon matnda statistika hisoboti deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.