17.06.2021 yildagi PQ-5149-son
Hujjat 15.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Kamondan otish sport turi bilan shug‘ullanish uchun moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish

1.

Kamondan otish sport turi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi muassasalarni xatlovdan o‘tkazish.

1. Kamondan otish sport turi bo‘yicha mavjud sport bazalarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Mavjud sport bazalarining trenerlar, hakamlar, mutaxassislar va shug‘ullanuvchilar bilan butlanganligi, sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlanganligini o‘rganish.

3. Xatlov yakuni yuzasidan kamondan otish sport turi bo‘yicha mavjud sport bazalarini sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlash.

2021-yil davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan sport ba�alarini tashkil etish.

1. Kamondan otish sport turi bo‘yicha sport bazalarini qurishning namunaviy loyihalarini tayyorlash.

2. Namunaviy loyihalarni kelishish va ekspertizadan o‘tkazish.

3. Namunaviy loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish.

4. Hududlarda kamondan otish sport turi bo‘yicha sport bazalarini tashkil qilish uchun yer ajratish.

5. Sport bazalarini qurib, foydalanishga topshirish.

6. Sport bazalarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlash.

7. Sport bazalarini malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan to‘ldirish.

Rejaga muvofiq

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar

Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

3.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kamondan otish sport turi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun zamonaviy sport zonasini qurish.

1. Sport zonasini barpo qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, bepul yer uchastkasini ajratish. Bunda, yer uchastkasi maydonining qiymatiga ekvivalent ravishda tadbirkorlik subyekti zimmasiga ajratilgan yer uchastkasi huzurida sport zonasini qurish majburiyatini yuklash.

2. Sport zonasini qurishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni tadbirkorlik subyektlarining soliq solinadigan bazasidan belgilangan tartibda chegirib tashlash hamda ushbu sport zonasini O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga beg‘araz topshirish.

Rejaga muvofiq

Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

“Chorvoq” erkin turistik zonasi Ma’muriy kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

4.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Foziltepa ko‘chasi, 38-uyda joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida kamondan otish sport turi bo‘yicha yopiq sport inshootini barpo etish.

1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sport inshooti qurilishi loyihasini tayyorlash.

2. Loyihani kelishish va ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyiha asosida sport inshootini qurish reja-jadvalini ishlab chiqish va 2022-yil uchun Investitsiya dasturiga kiritish.

4. Sport inshootini zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

2022-yil may

Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

II. Kamondan otish sport turi bo‘yicha sportchilarni tayyorlash, trenerlar, hakamlar va mutaxassislarning malakasini oshirish

5.

Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va bo‘limlarini ochish.

1. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarining infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlarini o‘rganish.

2. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va bo‘limlarini ochish.

3. Seksiya va bo‘limlarni sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash.

4. Seksiya va bo‘limlarni malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan to‘ldirish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

6.

Tuman (shaharlarda) kamondan otish sport turi bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Tadbirkorlik subyektlari bilan klublarni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish.

2. Tadbirkorlik subyektlariga klublarni tashkil qilish bo‘yicha har tomonlama ko‘mak berish.

3. Tuman (shaharlarda) klublarni tashkil qilish.

2021-2022-yillar davomida

-

Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

7.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish ta’lim yo‘nalishini ochish.

1. Kamondan otish bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish choralarini ko‘rish.

2. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini kamondan otish sport turi bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlar, o‘quv-metodik komplekslar hamda o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Respublika budjeti mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

8.

Kamondan otish sport turi bo‘yicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda.

1. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Koreya, Rossiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlat kabi mamlakatlarda kamondan otish sport turi bo‘yicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish rejasini tasdiqlash.

2021-yil iyul

Respublika budjeti mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

2. Trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qisqa muddatli o‘quv kurslarda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

9.

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi huzurida “Kompleks ilmiy guruh”ni tashkil etish.

Zamonaviy ilmiy va uslubiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining o‘quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarni shakllantirish va tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari, homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

III. Kamondan otish sport turi bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqa va turnirlarni doimiy ravishda tashkil etish

10.

Har yili “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash.

1. Hududlarda, tuman (shahar) markazlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, istirohat bog‘larida, “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash.

2. Kamondan otish sport turi bo‘yicha “mahorat darslari”ni o‘tkazish.

3. Kamondan otish sport turi bo‘yicha ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish.

4. Toshkent shahrida sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yildan boshlab

Ijrochilar mablag‘i

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

11.

Milliy terma jamoa a’zolarining xalqaro, jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida muntazam qatnashishini ta’minlash.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga asosan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika miqyosida kamondan otish bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazish natijalariga ko‘ra iqtidorli o‘quvchilarni milliy terma jamoalarga saralab olish (seleksiya qilish);

jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida muntazam qatnashishini ta’minlash;

xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet el federatsiyalari, klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2021-2022-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

IV. Kamondan otish sport turi bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, o‘qlar, to‘siqlar hamda kamondan otish sporti jihozlari va kiyimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

12.

Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, o‘qlari, to‘siqlari, sport kiyimlari ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda tashkil etish.

1. O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi qoshida “kamondan otish sporti jihozlari”ni ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, o‘qlari, to‘siqlari, sport kiyimlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish.

3. Kamonlar, o‘qlar, to‘siqlar milliy brendini yaratish, hududlarda kamondan otish bilan shug‘ullanuvchilarga yetkazib berilishini ta’minlash.

2021-yildan boshlab

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish f�deratsiyasi va homiylik mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi”, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

13.

Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, o‘qlari, to‘siqlari, sport kiyimlarini eksport qilinishini belgilangan tartibda tashkil etish.

1. Ishlab chiqarilgan milliy va professional chet el brend kamonlari, o‘qlari, to‘siqlari, sport kiyimlari hamda kamon sport jihozlarining xorijiy davlatlarga eksport qilinishini yo‘lga qo‘yish.

2. O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda respublika hududida distribyutorlik firmalarini tashkil etish.

2021-yildan boshlab

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi mablag‘lari

Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi

V. Kamondan otishni milliy sport turi sifatida keng yoritish hamda targ‘ib qilish ishlarini tashkillashtirish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish, boshqa masalalar

14.

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turini targ‘ib qilish, ommalashtirish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqish.

Kamondan otish sport turini targ‘ib qilish, ommalashtirish bo‘yicha media-reja loyihasi ishlab chiqish. Bunda:

Tasdiqlash — 2021-yil iyun

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdi tomonidan asos solingan milliy kamonchilikni, kamondan otish sport turini keng targ‘ib qilish;

yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga yo‘naltirish bo‘yicha alohida ko‘rsatuvlar namoyish etish;

kamondan otish sport turi bo‘yicha reklama kampaniyalarini o‘tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish;

kamondan otish sport turi bo‘yicha teleko‘rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

kamondan otish sport turi bo‘yicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish;

mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Amalga oshirish — rejaga asosan

15.

Kamondan otish sport turi bo‘yicha turli tadbirlarni, musobaqalarini muntazam yoritib borish.

1. Kamondan otish sport turi bo‘yicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish.

2. Mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

2021-yil davomida

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turini keng targ‘ib qilish.

1. Ijtimoiy reklama orqali kamondan otish sport turini ommalashtirishni keng targ‘ib qilish.

2. Kamondan otish sport turi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, kitoblar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni nashr etish orqali targ‘ib qilish.

3. “O‘zbek kamonkashligi” ilmiy-ommabop jurnalini nashr etish, bannerlar, plakatlar, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish.

2021-yildan boshlab, doimiy

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablag‘lari

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Parakamondan otish sport turini rivojlantirish.

1. Hududlarda parakamondan oti� sport turini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash.

2021-yil sentyabr

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

2. Har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab ko‘zi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari o‘tkazish doirasida parakamondan otish sport turini tashkil etish.

2021-yil dekabr, kelgusida har yili noyabr-dekabr

3. Paralimpiya sport markazlarida parakamondan otish sport turi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, shuningdek, yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

4. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida parakamondan otish sport turi bo‘yicha klub tashkil etish va uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish.

5. 2022-yildan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga parakamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazishni kiritish hamda ularni tizimli ravishda tashkil etib borish.

2021-yil sentyabr

18.

Sport sohasida bukmekerlik faoliyatini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish.

1. Bukmekerlik faoliyati bo‘yicha chet el tajribasini o‘rganish.

2. Bukmekerlik faoliyati bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil mart

-

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.