18.05.2021 yildagi PQ-5114-son
Hujjat 12.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul tashkilotlar

I. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

1.

Sport maktablarida jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun bo‘linmalar va maxsus guruhlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Sport maktablarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha bo‘limlar va guruhlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlarining to‘ldirilishini ta’minlash, haftalik o‘quv-mashq ishlari rejimi, yillik o‘quv reja-grafiklarini taqsimlash bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyun

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

2.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari faoliyatini tashkil etish.

1. Paralimpiya sport markazlari ustavini tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Paralimpiya sport markazlarini zarur jihozlar, mebel, sport inventarlari hamda samarali ish olib borishi uchun boshqa kerakli moddiy-texnika vositalari, metodik materiallar bilan ta’minlash.

3. Paralimpiya sport markazlarini yuqori malakali, tajribali mutaxassis va trenerlar bilan to‘ldirish.

2021-yil dekabr

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi

3.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi hamda integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan sport tayyorgarligi bosqichlarida o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan sport turlari bo‘yicha o‘quv-dasturlarini tayyorlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

4.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflari bo‘yicha yagona sport tasnifini ishlab chiqish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun paralimpiya sport turlari tibbiy tasniflaridan kelib chiqib yagona sport tasniflarini (baholash mezonlari) ishlab chiqish va hamkor tashkilotlar (shu jumladan sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari) bilan kelishgan holda ularni tasdiqlash.

2021-yil avgust

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

II. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassis va trener-o‘qituvchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash

5.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish.

1. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek, mutaxassislarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish.

1. Hududlarda paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojni qoplash yuzasidan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Turizm va sport vazirligiga kiritish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi

3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan instruktorlar va tashkilotchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil oktyabr

4. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda ular bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini olib borayotgan mutaxassis va trener-o‘qituvchilarni, shu jumladan yosh mutaxassislarni adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari sohasiga jalb etish va ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish ishlarini tashkil etish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirish.

2021-yil avgust

7.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni doimiy ish bilan ta’minlash.

Sport ta’lim muassasalari hamda ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlarini ochish orqali adaptiv (moslashtirilgan), paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar va trener-o‘qituvchilarni manzilli ravishda ishga joylashtirish.

2021-yil davomida, kelgusida — doimiy

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

8.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash.

1. Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va respublika oliy sport mahorati maktablarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanayotgan hamda sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga kiritilgan sportchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish.

2. Qo‘shma qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash.

2021-yil oktyabr

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash uchun psixolog xizmatini tashkil etish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish va psixolog lavozimini joriy etish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini joriy qilish bo‘yicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

III. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sporti bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

11.

Paralimpiya sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan sport maydonchalari, sport zallari, stritbol va “Workout” sport maydonchalarining loyihalarini ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlash va qurish.

2. Sport ta’lim muassasalari uchun paralimpiya sport turlari bo‘yicha maxsus sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish.

3. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun maxsus uskunalarni sotib olish maqsadida mahalliy budjetlarni subsidiyalar bilan ta’minlash.

2021-yil sentyabr

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

4. Hududlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxsla� uchun ajratilgan sport markazlaridagi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

2021-yil noyabr

12.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish bo‘yicha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish bo‘yicha sport inshootlari va sport markazlariga olib boruvchi transport infratuzilmasini yaratish.

2021-yil sentyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

13.

Rivojlantirilayotgan (mavjud paralimpiya sport turlari), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini yangi bosqichga ko‘tarish va ularni har tomonlama rivojlantirish.

1. Rivojlantirilayotgan (mavjud) paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parao‘q otish, parasuzish, paraakademik eshkak eshish, parakanoe, parataekvondo, parapauerlifting) yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil davomida

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yangi tashkil etilayotgan paralimpiya sport turlarini (parastol tennisi, parabadminton, 5x5 futbol, golbol, paravelosport, parakamondan o‘q otish, bochcha, paraqilichbozlik, paratriatlon, shaxmat) ommalashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-avgustdan boshlab

3. Kelajakda �ngi tashkil etilishirejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini (paravoleybol, aravachada basketbol, aravachada tennis, aravachada regbi) ommalashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabrdan boshlab

IV. Xalqaro sport musobaqalari va tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish

14.

2021-yil Tokioda (Yaponiya) o‘tkaziladigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash.

Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda sportchilarning Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini qat’iy nazoratga olish, litsenziyalarni qo‘lga kiritish jarayonini har oyda muhokama qilib borish.

Har chorakda

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mit�si

15.

2024-yil Parijda (Fransiya) o‘tkaziladigan XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish.

O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarini 2024-yil Parijda (Fransiya) o‘tkaziladigan XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

V. Hududlarda paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish

16.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda �shtirok etayotgan sportchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan, shuningdek, sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etayotgan sportchilar pasportining (plastik shaklda) yuritilishini joriy etish va muntazam ravishda yuritib boriladigan elektron tizimni yaratish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

17.

Sportchi yoshlarni saralash va iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirishning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yish.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha turdagi sport ta’lim muassasalarida sport turlari sonini ko‘paytirish hamda jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Hududlarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish.

Hududlardagi barcha sport inshootlarining quvvatidan samarali foydalanish maqsadida paralimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha sport va sog‘lomlashtiruvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Paralimpiya sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan monitoring olib borish.

Monitoring olib borish tartibini ishlab chiqish hamda monitoring natijalarini hududlar kesimida umumlashtirish va tahlil qilish.

Har chorakda

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

20.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish.

Ta’lim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishi uchun sport klublarini tashkil etish yuzasidan qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida paralimpiya sport turlarini hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

21.

Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i orqali paralimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

1. Hududlarda ommaviy axborot vositalari orqali paralimpiya sportini rivojlantirish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlash va namoyish etish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar �a Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

2. Turizm va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasi asosida paralimpiya sport turlari bo‘yicha hududlarda respublika va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport musobaqalari va tadbirlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishni va translatsiyalarni tashkillashtirish.

2021-yil davomida

3. Sog‘lom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan O‘zbekistonda paralimpiya sport turlari bo‘yicha tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targ‘ib qilishga, milliy qahramonlar — Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar to‘g‘risida qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil davomida

22.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini o‘tkazish.

1. Joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Paralimpiya o‘yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini manzilli tashkil etish.

2. Ijtimoiy tarmoqlarda Paralimpiya o‘yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar faoliyatini yoritishga qaratilgan video roliklar yaratish.

2021-yil davomida

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy mamlakatlarning i�g‘or tajribasidan kelib chiqqan holda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini o‘rganish.

2. O‘rganish natijalari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.