13.04.2021 yildagi PF-6207-son
Hujjat 14.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ikki oy muddatda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan har bir korxona bo‘yicha alohida “yo‘l xarita”lari tasdiqlanishini ta’minlasin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish

1.

Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Kompaniyalarning bozorga kirishga tayyorligi, listingga kiritilgunga qadar korporativ transformatsiyasi orqali davlat aksiyalar paketini belgilangan tartibda sotish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. Davlat aksiyalar paketini sotishni asosan mahalliy kapital bozorida amalga oshirish, respublikaga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, anderrayter tavsiyasiga ko‘ra mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng xorijiy fond bozorlarida joylashtirish tartibini qo‘llash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil sentabr

3. Aksiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirishga to‘sqinlik qilmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarning sotib olinadigan aksiyalari bo‘yicha cheklovlarni belgilash, institutsional investorlar uchun faqat birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif bilan kapital bozorida savdoni amalga oshirish orqali o‘z ulushini yanada oshirish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

4. Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun donorlarning texnik ko‘magini keng jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

2.

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

1. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining mustaqil a’zolariga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2021-yil dekabr

3. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari mustaqil a’zolari reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil dekabr

3.

Bozor talablaridan kelib chiqqan holda qimmatli qog‘ozlarning yangi turlarini amalda joriy etish.

1. Mavjud obligatsiyalar turlarini diversifikatsiya qilish — opsion va fyucherslar chiqarish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Yangi turdagi qimmatli qog‘ozlarni (jumladan, sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar) joylashtirish va ularning muomalasi amalga oshirilishini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil yanvar

4.

Fond birjalari vositalar qatorini kengaytirish.

1. Birjalardagi savdosi amalga oshiriladigan Exchange Trading Funds (ETF), shu jumladan oltinga bog‘langan (Gold ETF) fondlar savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish.

Qonun loyihasi

2022-yil iyun

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan birjaviy obligatsiyalar (commercial paper) savdosini joriy etish.

3. Valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan valyuta fyucherslarini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

5.

Korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish.

1. Korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun ta’minot talabini bekor qilish.

2. Yopiq obuna bo‘yicha joylashtirishga mo‘ljallangan korporativ obligatsiyalar chiqarish uchun qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Moliya vazirligi, Markaziy bank

6.

Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish.

1. “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini moliyalash-tirish maqsadida Islom taraqqiyot banki texnik ko‘magini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. “Sukuk” obligatsiyalarini tajriba tariqasida ingliz huquqi tamoyillarini qo‘llagan holda joylashtirish choralarini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil yanvar

3. Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

2022-yil aprel

7.

Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish maqsadida normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, mutasaddi vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tajribani o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil 1-may

II. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish

8.

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

1. Qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar depozitariylari faoliyatlarini o‘rganish va tahlil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank

2. “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DKga Markaziy bankda hisobvaraq ochgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil dekabr

3. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning emissiya risolasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin qimmatli qog‘ozlarning xalqaro identifikatsiya kodlarini (ISIN, CFI va FISN) berish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil may

4. Yirik xalqaro portfel investorlarini O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb qilish maqsadida “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK va yirik xalqaro qimmatli qog‘ozlar depozitariylari (Clearstream, Euroclear) o‘rtasida yaqindan hamkorligini o‘rnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

5. Jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlaridan foydalanish huquqini berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

9.

Korporativ ma’lumotlarning yagona portalini takomillashtirish.

1. Korporativ ma’lumotlarning yagona portali negizida kapital bozorida quyidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi yagona markazlashtirilgan resurs tashkil etish:

emitentlar va kapital bozoridagi professional ishtirokchilar faoliyatiga doir tahliliy statistik ma’lumotlarni oshkor qilish;

qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari reyestri;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi

2. Portalda emitentlar va kapital bozorining professional ishtirokchilari faoliyatidagi oshkor qilinishi majburiy bo‘lgan muhim ma’lumotlar va hisobotlarning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

3. Kapital bozorida ma’lumotlarni e’lon qilish va oshkor qilish, maxfiy va ichki ma’lumotni saqlash va oshkor qilmaslik qoidalarini xorijiy tajribani o‘rgangan holda qayta ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil may

10.

Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining kasbiy faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan kapital bozoridagi professional ishtirokchilarning o‘zini o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini o‘zi boshqaruvchi tashkilotlari faoliyatini o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

2. O‘zini o‘zi boshqaruvchi tashkilot faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari, maqsadlari va mexanizmlarini aniqlash.

Tahliliy ma’lumotlar

2021-yil dekabr

3. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, ayniqsa, ma’lumotlarning oshkor etilishi va savdo qoidalariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish jarayoniga tashkilotni keng jalb qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

11.

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini takomillashtirish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini tahlil qilib, bozor sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kamchiliklarni aniqlash.

Tahliliy ma’lumotlar

2021-yil iyun

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Yagona dasturiy-texnik majmuasining dasturiy ta’minot va serverlari litsenziyasi muddatini Koreya fond birjasi bilan muzokaralar olib borish orqali uzaytirish.

2021-yil iyul

3. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha ravishda oliy toifali mutaxassislarni jalb qilish.

2022-yil dekabr

12.

Respublikada birja faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Birja faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Tahliliy ma’lumotlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Fond va valyuta birjalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

13.

“Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatini takomillashtirish.

1. Fond birjasi listing qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan hamkorlikda

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida qimmatli qog‘ozlarining birja listingida bo‘lish mazmun-mohiyati, uning afzalliklari va huquqni qo‘llash amaliyotidagi boshqa muhim masalalarni tushuntirish bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari va treninglar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022 yy.

3. “Toshkent” Respublika fond birjasi qoshida birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‘ozlar savdosini ta’minlovchi “Over The Counter” (OTC) tizimini yaratish hamda joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil yanvar

4. Kapital bozori, shu jumladan fond birjasidagi holatni yoritishga hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum interaktiv teleko‘rsatuvlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

14.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi muassisligida tashkil etilgan “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” davlat unitar korxonasi mol-mulklarini “Toshkent” Respublika fond birjasi tasarrufiga mulk huquqi asosida o‘tkazish masalasini o‘rganib chiqish va tegishli takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” DUKga tegishli Yagona dasturiy texnik kompleks (YADTK) va “Toshkent” RFBning Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosini mustaqil baholovchi tashkilotlarni, shu jumladan chet el tashkilotlarini jalb qilgan holda baholash.

2. YADTKning baholangan qiymatiga to‘g‘ri keladigan “Toshkent” RFB binosining tegishli qismini Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazish masalasini “Toshkent” RFB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish.

3. O‘rganishlar asosida tegishli takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

15.

“Toshkent” Respublika fond birjasi ustav kapitalidagi davlat ulushini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan 25 foiz + 1 aksiya miqdorigacha qisqartirish.

1. Salohiyatli investorlar bilan “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr-noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi “Toshkent” RFB bilan hamkorlikda

2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda sotish bo‘yicha taklif kiritish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

16.

Kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

3. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

17.

Dasturni amalga oshirish hamda kapital bozori sohasini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolash.

1. Memorandum loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

Memorandum loyihasi

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Memorandumni imzolash.

2021-yil sentabr

III. Kapital bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish

18.

Yagona dasturiy texnik kompleksning (YADTK) zaxira markazini tashkil etish.

1. Texnik topshiriq ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda tender savdolarini o‘tkazish.

3. Tender savdolari g‘olibi bilan shartnoma imzolash.

4. Imzolangan shartnomaga asosan moliyalashtirishni ochish.

5. YADTKning zaxira markazini ishga tushirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil noyabr

Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

19.

Fond bozorida bitimlarni qulay va masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni joriy etish.

1. Xorijiy tajribani o‘rganish.

2. O‘rganish natijalariga asosan fond birjasida elektron tijoratning mobil ilovalari uchun texnik talablar va tamoyillarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. “Toshkent” RFB tomonidan onlayn rejimda bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqish.

4. Tegishli mobil ilovalarni ishlab chiqishda brokerlar tomonidan YADTKga ulanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

“Toshkent” RFB, Moliya vazirligi

20.

Moliya vazirligiga o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YADTKning dasturiy ta’minotini ishga tushirish.

1. YADTKning tegishli dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish bo‘yicha YADTK yaratuvchilari bilan muzokara olib borish.

2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini va xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3. YADTKning tegishli dasturiy ta’minotini modernizatsiya qilish va mazkur ishlarni moliyalashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB

21.

“Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” DUK tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish.

1. Milliy raqamlash agentligi funksiyasi bo‘yicha ISIN xalqaro kodi (ISO 6166), CFI xalqaro kodi (ISO 10962), FISN xalqaro kodi (ISO 18774) standartlarini joriy qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) ishlab chiqish.

2. AAT doirasida Milliy raqamlash agentliklarining uyushmasi (ANNA) servis byurosi bilan o‘zaro texnik aloqalarni o‘rnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi

22.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari bo‘lgan mijozlar uchun o‘z shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish.

1. Masofadan turib depo hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DK, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

2. Markaziy depozitariy va Investitsiya vositachilari tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida “O‘z mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

IV. Kapital bozorini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

23.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquq?y hu??a?l?rni birlashtirishni ?azarda tutuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro donorlar texnik ko‘magini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2. Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

hosilaviy moliya vositalarini chiqarish, ularning muomalada bo‘lishini tartibga solish normalarini;

investitsiya vositachilarining faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

“Birja va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun normalari fond birjasiga taalluqli emasligini ko‘zda tutish.

Qonun loyihasi

2022-yil yanvar

3. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

24.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining xalqaro bozorga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) maslahatlashuvlar, hamkorlik va axborot almashinuvi bo‘yicha ko‘p tomonlama Anglashuv memorandumiga Moliya vazirligining qo‘shilishi.

1. Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) bilan muzokaralar olib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. IOSCO tavsiyalari asosida qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

25.

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya jamg‘armalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Mazkur loyihaga xalqaro konsultantlarni hamda xalqaro donorlar texnik ko‘magini jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank

2. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda taklif kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil dekabr

26.

Iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiya jarayonini rag‘batlantirish maqsadida amaldagi qonunchilikka xolding korxonalari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

xolding korxonalari tushunchasi va faoliyatining asosiy mezonlarini belgilash;

xolding korxonalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish.

Qonun loyihasi

2021-yil noyabr-dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonun loyihasini o‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil aprel

27.

Kapital bozori rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda korporativ harakatlar standartini joriy etish va dividendlarni to‘lash tartibini takomillashtirish.

1. Korporativ harakatlar standartini hamda dividend siyosatini joriy etish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil fevral

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Aksiyadorlik jamiyatlarida tatbiq etiladigan tavsiyaviy xarakterga ega korporativ harakatlar standartlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

3. Aksiyadorlik jamiyatlarida bozor talablaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladigan dividend siyosatini yuritish tartibini joriy etish, shu jumladan “Dividendlarni e’lon qilish sanasi” (Declaration date), “So‘nggi ro‘yxatga olish sanasi” (Nolder-of-Record Date), “Eks-dividend sanasi” (Ex-dividend date) va “To‘lov sanasi” (Payment Date) tushunchalarini joriy etish va ushbu sanalarning amal qilish tartibini belgilash.

V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

28.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kapital harakati operatsiyalarini liberallashtirish masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish.

Tahliliy ma’lumotlar

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. Maslahatlashuvlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.

2021-yil sentabr

29.

2023-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi fond bozorini jahon fond bozori indekslari, shu jumladan “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) reytingidagi dunyoning “rivojlanayotgan” fond bozorlari ro‘yxatiga kiritish.

1. “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) jahon indeksi yurituvchilari bilan tavsiyalar olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Kamida 2 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyatini mazkur reyting talablariga mos ravishda tashkil etish.

2022-yil aprel

3. Mazkur jarayonni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2022-yil dekabr

30.

Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar bo‘yicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish.

1. Moliya, iqtisodiyot va biznes sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv va ilmiy dasturlarida kapital bozori asoslarini o‘rganishni ta’minlaydigan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurslarni joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

2. Oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar mavzulari ro‘yxatiga kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlarida kapital bozorini yanada rivojlantirish modelini ishlab chiqish uchun iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar nomzodlari uchun nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bankini yaratish.

Dissertatsiyalar banki loyihasi

2021-yil oktabr

31.

Kapital bozori sohasini rivojlantirishga oid masalalar va investorlarga yaratilayotgan yengilliklar bo‘yicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish.

1. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni taklif qilgan holda Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish bosqichlari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2021-2022 yy.

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Kapital bozoridagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish masalalariga oid davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

32.

Kapital bozorida sug‘urta korxonalarining ishtirokini rag‘batlantirish.

1. Sug‘urta korxonalarining investitsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni “Sug‘urta bozorini rivojlantirish strategiyasi” bilan uyg‘unlashtirish.

2. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati sohasidagi tartibga soluvchi talablarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi

33.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish

Davlat kafolatisiz 50 mln doll. miqdorida mablag‘lar jalb etish hamda ushbu mablag‘larni mahalliy korporativ qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

VI. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish

34.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini kengaytirish.

1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalari asosida kapital harakati bilan bog‘liq amaliyotlarni takomillashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari (dastlabki bosqichlarda Xalqaro moliya institutlari) tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

2. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

3. Market-meyker institutini joriy etish.

4. Ikkilamchi bozorni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil dekabr

35.

Davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish.

Ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish choralarini ko‘rish:

bozor talabidan kelib chiqib, uzoq muddatli (5 — 10 yil) davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha auksionlar o‘tkazishni amaliyotga kiritish;

inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi investorlar bazasini kengaytirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

36.

Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish.

1. Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish grafigini oldindan e’lon qilishni amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi

2. Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish bo‘yicha auksionlarni haftaning belgilangan kuni va vaqtida o‘tkazish amaliyotini tatbiq qilish.

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank

3. Davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida auksion natijalari bo‘yicha hisob-kitoblarni “T + 1” yoki “T + 2” xalqaro standartiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amaldagi hujjatlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish

2021-yil 1-oktabr

Markaziy bank,

Moliya vazirligi

4. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha auksion natijalarini va boshqa ma’lumotlarni Moliya vazirligi va O‘zRVB saytlariga tezkor joylashtirish.

2021-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi,

O‘zRVB

5. Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash muddatini xalqaro standartlarga moslashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Moliya vazirligi,

Markaziy bank

6. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida daromadlilik va foizlarni hisoblashni Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan qo‘llaniladigan formulalarga moslashtirish.

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

O‘zRVB

7. Mobil ilovalar yordamida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish va sotish bo‘yicha arizalarni qabul qilish tartibini joriy qilish.

Amaldagi hujjatlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish

2021-yil 1-dekabr

O‘zRVB,
Markaziy bank,

Moliya vazirligi

37.

Infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish.

2022-yilda ichki bozorda eksperiment tariqasida 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank

VII. Kapital bozori ishtirokchilarini o‘qitish va qayta o‘qitish hamda ularning malakasini oshirish

38.

Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha institutsional baza yaratish.

1. Bank-moliya akademiyasida kapital bozori mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishini joriy etish.

2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Biznes-maktabda Kapital bozori fakultetini tashkil etish.

Bunda, kapital bozori ishtirokchilari uchun “Korporativ moliya”, “Biznes etika” va “Kapital bozori” kurslarini joriy etish.

3. Sohadagi yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan holda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil dekabr

Bank-moliya akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

39.

Kapital bozori, shu jumladan bozorni tartibga solish sohasida bilim va ko‘nikmalarga qaratilgan kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini yaratish.

1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish tizimiga qadar ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladigan sohaga oid uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini yaratish.

2. Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) qimmatli qog‘ozlar bozori regulyatorlari uchun global sertifikat yillik dasturlarida Moliya vazirligining har yili kamida 2 nafar mutaxassislari ishtirokini ta’minlash.

3. Xalqaro moliya korporatsiyasining Milken instituti kapital bozorlari dasturi (Ifc-Milken Institute Capital Markets Program) orqali mutaxassislarni muntazam ravishda o‘qitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

40.

Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida tegishli o‘quv-trening kurslarinitashkil etish.

1. Xorijiy universitetlar va mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Kapital bozori asoslari”, “Kapital va moliya bozori sohasida sertifikat olish uchun maxsus o‘quv kurslari”, “Korporativ boshqaruv va kuzatuv kengashi mustaqil a’zolarini tayyorlash”, “Komplayens nazorat va risk-menejment” hamda “FATF talablari bilan ishlash” kabi yo‘nalishlarda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2. AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi hamda Koreya moliyaviy nazorat xizmati bilan hamkorlikda Moliya vazirligi va Markaziy bank xodimlari uchun kapital bozorini tartibga solish yo‘nalishida treninglar tashkil etish.

3. Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun har yarim yilda kamida bir marta o‘quv markazida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil dekabr

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.