17.03.2021 yildagi PQ-5031-son
Hujjat 13.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-dekabrdagi PQ-440-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 07/22/440/1086-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, ushbu ko‘rsatmalar berilgan tashkilotlarga hamda mazkur qarorning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan tashkilotlarga birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Birjaning axborot texnologiyalar infratuzilmasini yanada takomillashtirish va amaldagi elektron savdo platformalarini modernizatsiya qilish

1.

Birja savdolari elektron tizimini takomillashtirish.

1. Elektron birja savdolarining yangi tizimini ishga tushirish. Bunda:

savdo jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, ishtirokchilarni onlayn akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda birja savdolarida WEB-interfeys orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratish;

elektron raqamli imzo va QR-kod vositasida shartnomalarni elektron rasmiylashtirish;

tashqi aralashuvlarning oldini oluvchi mexanizmni joriy etish, kiber xavfsizlik darajasini oshirish hamda Internet tarmog‘i orqali so‘rovlarni saralash.

2. Birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni oxirgi iste’molchisiga yetkazib berish jarayoni to‘liq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi elektron logistika xizmatlari portalini ishga tushirish.

2021-yil sentyabr

“O‘zRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi

II. Birja savdo operatsiyalarini kengaytirish

2.

Iste’mol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali sotish.

Iste’mol va texnik etil spirtini birja savdolari orqali realizatsiya qilish, bunda:

spirt ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni birjada akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash;

iste’mol spirti bo‘yicha birja savdolarida faqat tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar qatnashishini ta’minlash;

sotuvchi va xaridorlarni birja savdolarida qatnashishlari bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi birja a’zolari (brokerlar) bilan ishlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;

etil spirti mahsulotini birja savdolariga qo‘yish jadvallarini ishlab chiqish va birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali savdo ishtirokchilariga yetkazish;

lotlarni iste’molchilar toifasiga ko‘ra shakllantirish;

birja savdolarida mahsulotga bo‘lgan talab va taklif darajasini muntazam tahlil qilib borib, zaruriyatga ko‘ra, lot hajmlariga o‘zgartirishlar kiritish, bir savdo kunida bitta xaridor tomonidan tovarni xarid qilish hajmiga cheklovlar o‘rnatish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, “O‘zRTXB” AJ

3.

Polivinilxloridni (PVX) va farmolinni to‘liq birja savdolari orqali sotish.

PVX va farmolin mahsulotlarini birja savdolariga qo‘yish jadvalini tasdiqlash hamda tasdiqlangan grafikka ko‘ra mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish;

polivinilxlorid iste’molchilarini birja savdolariga jalb qilish;

birja savdolarida xaridorlar uchun teng imkoniyat yaratish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

“O‘zkimyosanoat” AJ, Iqtisodiy tar�qqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “Navoiyazot” AJ, “O‘zRTXB” AJ

4.

Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish.

Kumushni ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali sotilishini ta’minlash, bunda:

birja savdolariga qo‘yiladigan kumush hajmlarini aniqlash;

kumush mahsulotini birja savdolarida sotish mexanizmini tushuntirish bo‘yicha zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

mahsulotning boshlang‘ich narxlarini asosli shakllantirilishini ta’minlash;

zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini birja orqali sotib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy KMK, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, “O‘zRTXB” AJ

5.

Ekstraksiya paxta moyini to‘liq birja savdolari orqali sotish.

Ekstraksiya paxta moyini birja savdolari orqali sotish hajmini aniqlash.

Ekstraksiya paxta moyi iste’molchilari — tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birjaga jalb qilish.

Birja savdolarida ekstraksiya paxta moyi iste’molchilari uchun teng imkon yaratish.

Savdolarda faqat ekstraksiya paxta moyini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan xaridorlar ishtirokini ta’minlash.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zRTXB” AJ

6.

Birja savdolariga shrot, sheluxa mahsulotini qo‘yish hajmlarini oshirish.

Yog‘-moy korxonalari tomonidan shrot va sheluxa mahsulotlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qo‘yish hajmlarini oshirish choralarini ko‘rish;

paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik klasterlarini birja savdolariga sotuvchi sifatida jalb qilish;

paxta shroti va sheluxasi ishlab chiqaruvchilarni birja savdolarida faol qatnashishini ta’minlash.

2021-yil

aprel-may, doimiy

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zRTXB” AJ

7.

Birja savdolariga polietilen va polipropilen mahsulotini qo‘yish hajmlarini oshirish.

Polietilen va polipropilen mahsuloti korxonalari tomonidan polimer xomashyosi, shu jumladan plyonka va quvur ishlab chiqarishga mo‘ljallangan markalarni tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qo‘yish hajmlarini oshirish choralarini ko‘rish.

2021-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zRTXB” AJ

III. Davlat xaridlari maxsus axborot portali dasturiy ta’minotini takomillashtirish

8.

Davlat xaridlari (xarid.uz) maxsus axborot portalini takomillashtirish.

Davlat xaridlari maxsus axborot portalini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

barcha elektron savdo tizimlarini birlashtirish;

elektron raqamli imzo vositasida savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish;

Davlat budjetining markazlashtirilgan manbalaridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining elektron manzilli ro‘yxatini integratsiya qilish;

xa�idlar jarayoniga noqonuniy aralashuvlarni, avvaldan narxlarni kelishib olish va narxlar manipulatsiyasi ehtimolining oldini olish mexanizmini joriy etish;

nohalol yetkazib beruvchilardan himoyalanish tizimini joriy qilish va ularga qo‘yiladigan talablarni hamda nohalol yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritish tizimini takomillashtirish;

xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning milliy klassifikatori bilan integratsiya qilish;

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar va ularga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar reyestri bo‘yich? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar reyestri bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining ma’lumotlar bazasi bilan elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil may

Moliya vazirligi, “O‘zRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentl�gi

9.

Davlat xaridlarining tartib-taomillarini soddalashtirish.

Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, budjet hamda korporativ buyurtmachilar tomonidan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov va tender savdo turlarini tanlashda tanlov erkinligini ta’minlash maqsadida, tajriba tariqasida, sotib olinadigan tovar va xizmatlarning bir shartnoma va yillik qiymati bo‘yicha davlat buyurtmachisi tomonidan tovarlarni cheklovlarsiz amalga oshirish.

2021-yil iyul

Moliya vazirligi, “O‘zRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

IV. Birjaning hisob-kitob kliring tizimini takomillashtirish hamda elektron to‘lov tizimini joriy qilish

10.

Elektron kliring tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yagona kliring platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish:

birjaning platformalarida hisob-kitob kliring palatasining alohida ochilgan hisobvaraqlarini birlashtirish;

yangi funksiyalar va modullar kiritish;

o‘zaro hisob-kitoblar tezligini oshirish;

hisob-kitob kliring hisobvaraqlaridagi brokerlik haqqi bo‘yicha mablag‘lar hisobi yuritilishi va akkumulatsiyasini joriy qilish.

2021-yil noyabr

“O‘zRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

11.

Birjaning Hiso�-kitob kliring palatasi tomonidan markaziy kontragent (central counterparty) vazifasini amalga oshirish.

1. Bitimlarning yangi turlarini, jumladan hosila instrumentlari orqali tuzish imkonini beruvchi ko‘p qirrali kliringini joriy qilish.

2. Birja a’zolarining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda bitimlar ijrosini ta’minlovchi Jamg‘arma tashkil qilish.

2022-yil yanvar

“O‘zRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

12.

Birjaning elektron to‘lov tizimini joriy etish.

Elektron pullar vositasida to‘lov va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan “UzEx money” elektron to‘lov tizimini joriy qilish.

Bunda:

“UzEx money” to‘lov tizimi dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ishga tushirish, mazkur tizimni amaldagi �avdo platformalari bilan integratsiyalash;

“UzEx money” to‘lov tizimining mobil ilovasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

“O‘zRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank

13.

Xorijiy kompaniyalar uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Birjaning xorijiy davlatlarda filial yoki vakolatxonalari sonini oshirish;

Xorijiy banklarda hisobvaraqlarini ochish orqali chet el kompaniyalari uchun birja savdolarida ishtirok etish mexanizmlarini soddalashtirish, ularning birjada sotilayotgan mahsulotlari hajmini kengaytirish.

2021-yil iyul

“O‘zRTXB” AJ, Markaziy bank, “Trast bank” XAB

V. Tovar derivativlari (fyuchers va opsion) bo‘yicha birja savdolarini rivojlantirish loyihasini joriy qilish va amalga oshirish

14.

Tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish.

1. “O‘zRTXB” AJning tovar derivativlarini rivojlantirish bo‘linmasi — loyiha ofisini tashkil qilish. Belgilansinki bunda:

Loyiha ofisiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, donor tashkilotlar va yirik tovar birjalari bilan loyiha yuzasidan hamkorlikda ishlash vazifalari yuklanadi;

Loyiha ofisiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda yuqori turuvchi va markaziy davlat organlarning xodimlarini (mutaxassislarini) jalb qilish va ularga mehnat haqi to‘lashga ruxsat etiladi;

Loyiha ofisining tarkibini tasdiqlash va ularga mehnat haqi miqdorini belgilash “O‘zRTXB” AJning boshqaruv raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha ofisi birjaning innovatsion fondi orqali moliyalashtiriladi.

2021-yil mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “O‘zRTXB” AJ, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, “Trast bank” XAB, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

2. Xalqaro donor tashkilotlari orqali tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish loyihaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro professional ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy yordam jalb qilish.

2021-yil iyun

3. Yirik xorijiy tovar birjalari tajribasini o‘rganish. Shu jumladan, Chikago tovar birjasi (CME Group), Dubay tovar birjasi (Dubai Mercantile Exchange), Shanxay fyuchers birjasi (Shanghai Futures Exchange), Hindiston multi-tovar birjasi (MCX India), Malayziya birjasi (Bursa Malaysia), Singapur birjasi (Singapore Exchange), Indoneziya tovar derivativlari birjasi (ICDEX) va boshqalarning tajribasini o‘rganish.

2021-yil

aprel — iyul,

4. Xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihalarini tayyorlash.

Shu jumladan, tovar-xomashyo birjalarining ichki hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, tovar derivativlari bo‘yicha hisob-kitoblarni kafolatlash, Arbitraj va Intizom komissiyalari qoidalarini takomillashtirish.

2021-yil sentyabr

15.

Fyuchers savdo mexanizmlarini joriy qilish.

1. Birjada fyuchers shartnomalari savdo platformasini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha texnik topshiriqni tasdiqlash.

2021-yil iyul

“O‘zRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “Trast bank” XAB

2. Texnik topshiriqqa muvofiq fyuchers shartnomalarining elektron savdo tizimini, shuningdek, kliring hisob-kitoblar elektron ta’minlanishini, fyuchers shartnomalari ijrosini, shu jumladan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha elektron savdo tizimini ishga tushirish.

2021-yil dekabr

3. Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot negizida (franshiza) fyuchers elektron savdosi bo‘yicha elektron savdo tizimi va hisob-kitob platformalarini joriy qilish.

2021-yil dekabr

VI. Birja savdolarining shaffofligini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash

16.

Birja savdolari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha xavf-xatarlar tahlilini o‘tkazish.

Ishlab chiqiladigan tovar derivativlari savdosi bo‘yicha qoidalarda jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro standartlar talablarining ijrosini nazarda tutish.

2021-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “O‘zRTXB” AJ.

17.

Ma’lumotlarni tahlil qilish markazi moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish.

1. Tarmoq va muhandislik infratuzilmasini hamda server uskuna-jihozlarini modernizatsiya qilish.

2. Birjaning mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tarmoqning o‘tkazuvchanlik xususiyatini oshirish.

3. Nosozliklarga chidamli hamda tashqi hujumlardan himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan keng masshtabli tarmoq infratuzilmasini yaratish.

4. Zaxira ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish markazini ishga tushirish.

2021-yil iyul

“O‘zRTXB” AJ, “Trast bank” XAB, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Respublika tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalari orqali bitimlar tuzishni rag‘batlantirish.

Ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni, shu jumladan un, bug‘doy, shakar, o‘simlik yog‘i, polietilen, polipropilen, sement, suyultirilgan gaz, raps (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), pista (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), soya (urug‘i, shroti, kunjarasi, yog‘i), baliq uni va yog‘i, arpa, makka, fosfat (trikalsiy, monokalsiy, dikalsiy), xolinxlorid hamda tovar bozorlarini tahlili asosida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni temir yo‘l orqali tashishda ichki tariflarni qo‘llash.

2021-yil apreldan

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zRTXB” AJ

VII. Korrupsiyaga qarshi kurashish, birja xodimlari va a’zolarining malakasini oshirish

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini joriy qilish.

1. Birja faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standartini joriy qilish.

2. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda quyidagi ichki me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish:

birjaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish;

birja xodimlarining kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish;

manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil may

“O‘zRTXB” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

20.

Birja xodimlari va a’zolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish.

2. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha onlayn va doimiy kurslar tashkil etish.

3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida mashg‘ulotlar o‘tish uchun oliy ta’lim muassasalari va markazlarning yetakchi o‘qituvchilarini, shuningdek, xorijlik yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni, o‘quv-metodik xodimlarni va amaliyotchi-mutax�ssislarni shartnoma asosida jalb qilish.

4. Yuqori sifatli va professional darajada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan o‘quv, moddiy-texnik va metodik bazani yaratish.

5. Qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumot bazasini shakllantirish, qayta tayyorlash jarayoniga pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya bo‘yicha zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.

6. Tovar-xomashyo birjalari a’zolari-treyderlarining malakasini oshirish.

7. Dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishlar va stajirovkalar tashkil qilish.

Yil davomida

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “O‘zRTXB” AJ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

VIII. Hududiy filiallar va savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish

21.

Hududiy filiallarda birja savdolari shaffofligini ta’minlash.

1. Birjaning hududiy filiallariga birja savdolari va tovar-xomashyo bozorlarini tahlil qilish uchun axborot texnologiyalarini joriy qilish;

2. Hududiy filiallarda faoliyati samaradorligini doimiy tahlil qilib borish, birja qatnashchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini belgilash;

3. Hududiy filiallar xodimlarini birjaning “komplaens-nazorat” bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti ISO 37001 — 2016 standarti talablari bo‘yicha doimiy tanishtirib borish va malakasini oshirish.

2021-yil

aprel — iyul, doimiy

“O‘zRTXB” AJ

22.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish hamda xodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil qilish.

Shu jumladan:

hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaxassislarni jalb qilish;

mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish;

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni onlayn va doimiy kurslarda qatnashib, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyati bo‘yicha stajirovkalarni tashkil qilish.

2021-yil

aprel-may, doimiy

“O‘zRTXB” AJ

23.

Hududlardagi savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Respublikaning barcha tuman va shaharlarida birjaning savdo maydonchalari faoliyati reytingini yuritib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2. Reyting natijalarini birjaning veb-saytida e’lon qilib borish va yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishgan hududiy filial va savdo maydonchalar rahbar va xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmini joriy qilish.

2021-yil

aprel — iyul,

doimiy

“O‘zRTXB” AJ

IX. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalarni faollashtirish

24.

Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targ‘ib qilish.

1. Ommaviy axborot vositalari orqali birja faoliyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media-reja ishlab chiqib, amalga oshirish.

Shu jumladan:

ommaviy axborot vositalari, biznes hamda keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot konferensiyasi, press-turlar hamda ochiq eshiklar kunlari tashkil qilish;

birja savdolari, davlat xaridlari va internet savdosini o‘rgatuvchi, olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar to‘g‘risida videoroliklar yaratib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish.

2. Birja media-resurslarining ommaviy axborot v�sitalar bilan o‘zaro aloqalar mexanizmini takomillashtirish.

2021-yil davomida

“O‘zRTXB” AJ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

25.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini birja savdolariga keng jalb qilish.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birja savdolari va elektron tijoratda ishtirok etish, birja savdolarining imkoniyatlari, shaffofligi to‘g‘risida targ‘ibot, o‘quv seminarlar, tushuntirish ishlari o‘tkazish.

2. Birja savdolari va onlayn-auksionlarda ishtirok etish mexanizmini yorituvchi tarqatma materiallar, elektron nashrlarni fermerlar va tadbirkorlarga yetkazish.

Yil davomida

“O‘zRTXB” AJ , Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Keyingi tahrirga qarang.