28.01.2021 yildagi PQ-4965-son
Hujjat 29.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

“Tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish va ularni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Lissabon bitimi”ning (1958-yil 31-oktabr) qoida va normalariga muvofiqlashtirilgan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi

2021-yil 1-iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

2.

Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha real mexanizmlarni nazarda tutuvchi quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi — intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishiga oid tegishli moddalardagi sanksiyalarni kuchaytirish;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi — mualliflik va turdosh huquqlari buzilishi hamda o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuzasidan;

Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi va “Firma nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari — yuridik shaxslarning korporativ javobgarligini belgilash, bunda ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash yuzasidan;

tegishli qonunlarga — mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining, jumladan, audiovizual asarlar va fono�rammalarning axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida himoyasini to‘liq ta’minlash yuzasidan.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi

2021-yil 10-aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov),

Oliy sud (K. Kamilov)

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga tovar belgisiga topshirilgan talabnoma norezidentlarga o‘tkazilgan hollarda norezidentlar tomonidan patent bojlarini mutanosib miqdorlarda to‘lanishini ta’minlashni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi

2021-yil 20-mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

4.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish, bunda rivojlangan mamlakatlar tajribasini asos sifatida olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

tegishli vazirlik va idoralar

5.

Intellektual mulk huquqlarni buzish natijasida intellektual mulk obyekti huquq egasiga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev),

Oliy sud (K. Kamilov)

6.

Intellektual mulk sohasidagi dolzarb quyidagi xalqaro shartnomalarga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

a) Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasi (2013-yil 27-iyun);

b) Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasi (2006-yil 27-mart);

v) Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida Gaaga bitimining Jeneva akti (1999-yil 2-iyul);

g) Ijrochilar, fonogramma yaratuvchilar va eshittirishlar tayyorlovchi tashkilotlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Rim xalqaro konvensiyasi (1961-yil 26-oktabr).

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 20-aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

MTRK (A. Xadjayev),

Madaniyat vazi�ligi (O. Nazarbekov),

tegishli vazirlik va idoralar

7.

O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk kodeksini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-sentabr

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

tegishli vazirlik va idoralar

II. Intellektual mulk sohasi faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

8.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha mulkiy huquqlarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi “Faol muallif” ma’lumotlar reyestrini yaratish. Mazkur reyestr quyidagi mezonlar asosida ishlashini nazarda tutish:

mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni ushbu reyestrga joylashtirish va undan be�ul foydalanishni ta’minlash;

muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z vakolatlarini mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning birigagina berishga haqli ekanligi.

Ma’lumotlar reyestrini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

9.

Quyidagi tarkibiy qismlardan iborat “IP-Protection” axborot portalini ishlab chiqish:

intellektual mulk obyektlari orasida eng ko‘p huquqbuzarlik hollariga uchrayotganlari ro‘yxati;

sohaga oid huquqbuzarlik avj olayotgan hamda huquqbuzarlik darajasi va o‘sish tempi pasaymayotgan joylar xaritasi;

sud ajrimlari hamda tadbirkorlik subyektlari yoki ularning patent vakillari (advokatlari)ning arizalari va asoslantirilgan ma’lumotlarini monitoring qilish asosida tuzilgan huquqbuzarlar reyestri.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 25-aprel

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov)

10

Hududlardagi mavjud ilmiy salohiyat va axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan oliy ta’lim tashkilotlarida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmog‘ini kengaytirish, ularning faoliyatini rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 15-may

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

III. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida qonuniylikni ta’minlash

11.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarining efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlardagi ijrosini o‘rganish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

tegishli vazirlik va idoralar

O‘rganish yakunlari va xorijiy ilg‘or tajriba asosida ma’lumotnoma tayyorlash, unda xalqaro konvensiyalar va milliy qonun hujjatlari ijrosini ham inobatga olish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 1-iyul

12.

Mualliflarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini to‘laqonli himoya qilish maqsadida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarining Internetdagi himoyasini to‘liq ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),

“O‘zkomnazorat” (G‘. Ziyayev),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)

IV. Intellektual mulk sohasidagi qonuniylikni ta’minlashda idoralararo hamkorlikni ta’minlash

13.

Tadbirkorlik subyektlarining tovar kelib chiqqan joy nomi (geografik ko‘rsatkich) bevosita aks ettirilgan mahsulotni xalqaro elektron savdo platformalari orqali eksport qilgandagi sarf-xarajatlari bo‘yicha kompensatsiyalar berish masalasini tahliliy o‘rganish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 15-iyul

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(A. Voitov),

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

(U. Muradov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

14.

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2021-yil 1-avgust

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov),

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev),

“O‘zkomnazorat” (G‘. Ziyayev)

15.

Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishda bojxona organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo‘lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish vakolatini berish bo‘yicha amaldagi bojxona qonunchiligiga “ex officio” talabini kiritish masalasini tahliliy o‘rganish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 1-mart

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)

Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

16.

Tajriba tariqasida Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida hamda respublika to‘qimachilik klasterlarida qo‘llanilayotgan texnologiyalarda muhofazalangan intellektual mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazilishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov)

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)

Tajriba doirasida amalga oshirilgan ishlar monitoringini olib borish hamda tajribaning ijobiy yakunlari bo‘yicha uni keyinchalik doimiy asosda joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2021-yil 1-iyul

17.

Intellektual mulk himoyasi markazlari, hududiy adliya va soliq organlari xodimlari uchun intellektual mulk obyektlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy seminar-treninglar, vebinarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Tasdiqlangan grafikka muvofiq

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

Intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlash maqsadida markazlar va hududiy adliya organlari xodimlari uchun muayyan sohalarga (alkogol, qandolat, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish kabi) taalluqli uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanmalar

2021-yil davomida

V. Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish

18.

Tadbirkorlik subyektlari bilan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ixtirolarni patentlash, franshiza (brendni xorijga eksport qilish) bitimlarini tuzish, xorij bozorlarida milliy tovar belgilarini himoya qilish va targ‘ib qilish, mahalliy brendlar hamda davlatning imijiga brendreydingning salbiy jihatlari kabi masalalar yuzasidan konferensiyalar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Yilda ikki marta

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

(U. Muradov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

xo‘jalik boshqaruvi organlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Har yili bir marta respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi hamda targ‘ibot-tashviqot ruhi bilan sug‘orilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini o‘tka�ish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

15-fevral — 15-mart

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),

tegishli vazirlik va idoralar

20.

“Kontrafaktsiz hudud” shiori ostida intellektual mulk obyektlari huquqlari bo‘yicha harakatni kengaytirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Tasdiqlangan grafikka muvofiq

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov),

MTRK (A. Xadjayev),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

21.

Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi oqibatida iste’molchilarga yetkaziladigan zarar, xususan ularning inson salomatligiga bo‘lgan salbiy ta’siri to‘g‘risida to‘liq va batafsil axborot berilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (E. Xaitmetov),

MTRK (A. Xadjayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro mexanizmi

Mas’ul ijrochilar

Bajarish muddati

I. Ilmiy ishlanmalarni yaratish, joriy qilish va texnologiya transferini rivojlantirish

1.

Oliy ta’lim muassasalari (OTM), ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

OTMlar va ilmiy tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari, sanoat korxonalari o‘rtasida texnologik platformani (kommunikatsion maydon) yaratish maqsadida sohalar bo‘yicha intellektual mulk obyektlari va yangi texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2021 — 2023-yillarning

I, III choraklari

2.

Ilmiy laboratoriyalar tomonidan xorijiy muassasa va kompaniyalar bilan hamkorlik asosida tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ishlanmalar va ixtirolar qilish hamda ularni joriy qilish ishlarini faollashtirish.

1. Ilmiy tashkilotlar, markazlar, laboratoriyalar tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalarda dolzarb muammolarni o‘rganish va hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini (R&D) rivojlantirish, ixtirolar qilish va joriy etish ishlarida faollikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

tizimida ilmiy tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2021-yil II chorak

2. Har bir muassasa tomonidan xorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar bilan dolzarb muammolarni o‘rganib, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, ixtirolarni yaratish, patentlash va joriy etish ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil III chorak

3.

Respublika va xalqaro miqyosda bo‘lib o‘tadigan innovatsion ishlanmalar va g‘oyalarga bag‘ishlangan tadbirlarda Geologiya fanlari universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ishtirokini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda yangi ishlanmalarning patentlash va joriy etilishini ta’minlash.

1. Ilmiy-tadqiqot institutlarining yillik qo‘lga kiritayotgan natijalari, ishlanmalarini doimiy ravishda geologiya qidiruv ishlari amaliyotida sinovdan o‘tkazish hamda innovatsion ishlanmalar va g‘oyalarga bag‘ishlangan tadbirlarda muhokamadan o‘tkazish.

2. Sinovdan samarali o‘tgan ishlanmalarga patent olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Innovatsion ishlanmalar va g‘oyalarni amaliyotga joriy etilishini amalga oshirish.

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

ilmiy-tadqiqot institutlari

Doimiy ravishda

4.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida geologiya sohasida muddatlari yakunlangan, dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ishlanmalari patentlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish choralarini ko‘rish.

1. 4 ta ilmiy tadqiqot institutlarida mavjud patentlarning dolzarbligi bo‘yicha ro‘yxatini shakllantirish.

2. Dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ishlanmalar uchun olingan patentlar (agar muddati yakunlangan bo‘lsa) muddatlari uzaytirilishini amalga oshirish.

Davlat geologiya qo‘mitasi

(B. Islamov),

ilmiy-tadqiqot institutlari

Doimiy ravishda

II. Ilm-fan tizimida intellektual mulk va uning muhofazasini takomillashtirish

5.

OTM va ilmiy tadqiqot institutlarining intellektual mulk sohasidagi siyosatini ishlab chiqish.

1. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) akademik va ilmiy-texnikaviy muassasalar uchun intellektual mulk sohasidagi siyosati bo‘yicha Namunaviy nizomini OTMlar bilan muhokama qilish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari

2021-yil I chorak

2. Namunaviy nizom bo‘yicha OTMlar va ilmiy-texnikaviy muassasalarning intellektual mulk sohasidagi siyosati loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.

2021-yil II chorak

6.

OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari uchun intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini kengaytir�sh.

1. “Intellektual mulk konsultativ markazi” DUK va respublika mintaqalaridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQM) yordamida intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini keng yoyish.

Intellektual mulk agentligi
(T. Abdusattarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari

2021-yil IV chorak

2. OTMlar va ilmiy-texnikaviy muassasalar tomonidan yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.

Doimiy ravishda

7.

Huquqni qo‘llovchi organlar xodimlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish.

Huquqni qo‘llovchi organlar, jumladan bojxona organlari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Intellektual mulk agentligi
(T. Abdusattarov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2021 — 2023-yillarning

II, IV choraklari

8.

Intellektual mulk muhofazasi sohasida patentshunos kadrlarni va patent vakillarini tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Oliy ta’lim tizimida “Patentshunoslik” (bakalavr) yo‘nalishini tashkil etish hamda Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, OTM va ishlab chiqarish korxonalari uchun bugungi kunda o‘ta zarur bo‘lgan intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Bunda, BIMT Akademiyasi va sohada ilg‘or bo‘lgan xorijiy davlatlarning patentshunoslar hamda patent vakillarini tayyorlash bo‘yicha tajribasi va o‘quv dasturlarini inobatga olish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab

9.

Ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining marketing xizmati faoliyatini qayta tashkil etish.

Mas’ul vazirlik va idoralar hamda tarmoq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan har bir muassasaning marketing xizmati faoliyatini va kadrlar masalasini tanqidiy ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritish.

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

tizimida ilmiy tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar

bir oy muddatda

10.

Ixtirolarni xorijda patentlash bo‘yicha sohaga oid kadrlar uchun davlat tilida tegishli qo‘llanma va axborot materiallarini ishlab chiqish.

Xorijda patentlash, jumladan xalqaro Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (Patent Cooperation Treaty — PCT) asosidagi tizim bo‘yicha ixtirolarni patentlash, talabnomalarni tuzish, PCT tizimda onlayn tarzda talabnomalarni topshirish, ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmalar va patentlash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirib beruvchi axborot materiallarini tayyorlash.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2021-2022-yillar

III. Intellektual va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish

11.

Intellektual mulk obyektlari yaratish va tijoratlashtirish sohasiga venchur fondlarini keng jalb qilish.

Patent egalarini venchur fondlar bilan bog‘lashning zamonaviy va yangi mexanizmlarini o‘rganish hamda joriy qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(A. Nazirov)

2021 — 2023-yillar

12.

Oliy ta’lim muassasalari va tarmoq tadqiqot institutlarida yaratiladigan ilmiy ishlanmalarni patentlash va tijoratlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish.

1. Raqobatbardosh ishlanmalar sonini oshirish va ishlanmalar sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqarishga joriy etilgan intellektual mulk obyektlarining mualliflarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

tizimida ilmiy tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar,

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2022-yil II chorak

2. Jahon intellektual mulk bozorida (Intellectual property market) raqobatlashish va investitsion jozibadorlik sifatlariga ega intellektual faoliyat natijalarini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2022-yil IV chorak

IV. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

13.

Elektron shakldagi o‘quv materiallar bazasini yaratish.

Intellektual mulk obyektlari va ularning huquqiy muhofazasi aks ettirilgan o‘quv-video materiallar bazasini yaratish va bunday materiallar bazasini muntazam oshirib borish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

2021-yil davomida

14.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) masofaviy o‘qitish tizimi asosida Intellektual mulk agentligi veb-sahifasida masofaviy o‘qitish tizimini joriy etish.

1. BIMTning masofaviy o‘qitish tizimi (WIPO Distance Learning) materiallarini BIMT roziligi asosida o‘zbek tiliga tarjima qilish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

2021-yil IV chorak

2. Masofaviy o‘qitishning moddiy-texnik bazasini shakllantirish.

2022-yil I chorak

3. Intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti negizida masofaviy o‘qitish veb-sahifasini yaratish.

2022-yil II chorak

15.

Hududlarda sohaviy “fan — ta’lim — ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, ta’lim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish.

1. Maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish reja-grafigini ishlab chiqish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

2021-yil II chorak

2. Xizmatlarni ko‘rsatuvchi axborot maydonchalarini TIQQMlarda tashkil etish, yagona TIQQM axborot portalini yaratish.

2022-yil I chorak

3. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuotda doimiy ravishda ma’lumotlar va tushuntirish berib borish.

Muntazam ravishda

V. Qishloq xo‘jaligi sohasida intellektual mulkni rivojlantirish

16.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlarini rivojlantirish.

1. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari yarmarkalarini tashkil etish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Har yilning

III choragi

2. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari uchun patent olishga ko‘maklashish maqsadida bepul konsalting xizmatlarini joriy etish.

2021-yil II chorak

17.

Hududlarda mavjud geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish.

1. Hududlarda mavjud istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2022-yil I chorak

2. Istiqbolli geografik ko‘rsatkichlar yarmarkalarini tashkil etish.

2022-yil II chorak

3. Geografik ko‘rsatkichlarning muhofaza belgilarini ishlab chiqish.

2022-yil III chorak

4. Istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko‘maklashish.

2023-yil I chorakdan boshlab

VI. Mamlakatda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik muhitini shakllantirish

18.

Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish va yaratuvchanlikni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan TIQQM faoliyatini kuchaytirish.

1. Respublikadagi TIQQMlar faoliyati samaradorligining doimiy monitoringini olib borish uchun ishchi guruhi tuzish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

2021-yil I chorak

2. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha monitoring natijalariga ko‘ra takliflarni ishlab chiqish hamda Adliya vazirligiga kiritib borish.

2021-yil II chorak

3. Adliya vazirligi tomonidan TIQQMlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil IV chorak

19.

TIQQM orqali foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan to‘lovsiz va to‘lovli xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish.

1. TIQQM orqali foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan to‘lovsiz va to‘lovli, asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni tahlil qilish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

2022-yil I chorak

2. TIQQM orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish va tizimlashtirish.

2022-yil II chorak

20.

Intellektual mulk obyektlarining litsenzion shartnomalar asosida Intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish bilan jadallashtirish.

1. Tuzilgan litsenzion shartnomalarni va ularning ishlash holatini tahlil qilish.

Intellektual mulk agentligi

(T. Abdusattarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

2021-yil III chorak

2. Litsenziya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish afzalliklarining targ‘ibotini kuchaytirish.

2022-yil I chorak

Keyingi tahrirga qarang.
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshisi uchinchi xatboshisi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshisidagi “bilimlarga hamda malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan tegishli ko‘nikmalarga va amaliy qo‘llanish tajribasiga” degan so‘zlar “malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan bilimlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 6-band “va rasmiy veb-saytida joylashtiradi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
v) 7-banddagi “Agentlik belgilaydigan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 15-banddagi “uning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan” degan so‘zlar “uni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 24-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
l) 25-banddagi “amalga oshirilishi mumkin” degan so‘zlar “amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 29-banddagi “Agentlik belgilaydigan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.