O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘rgatish va sotish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga veterinariya sohasida pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Bojxona organlarida kinologiya xizmatini tubdan takomillashtirish

1.

Bojxona organlari kinologlarining tajribasi, bilimi, kasbga sadoqati, xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari, xizmat va ijro intizomiga rioya etish kabi xislatlarini e’tiborga olgan kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish va xizmat itiga bo‘lgan munosabatni kuchaytirish uchun kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog ko‘krak nishonlarini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2021-yil 1-dekabr

Davlat bojxona qo‘mitasi

2.

Kinologiya, veterinariya va itchilik yo‘nalishlarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat tashkilotlari hamda itchilik klublari bilan hamkorlik o‘rnatish.

Memorandumlar

2021-yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi, manfatdor vazirliklar va idoralar

3.

Ilg‘or xalqaro tajriba asosida ovchilik, tog‘-cho‘l chorvachiligi, o‘simliklar karantini, o‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqlash xizmatlari uchun itlarni tayyorlash.

Buyurtma asosida

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

4.

Bojxona organlarida xizmat qilayotgan kinologlarning faoliyatini tahlil qilish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish.

Alohida tasdiqlangan reja asosida

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

5.

Turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va chop ettirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

6.

Xizmat itlari yordamida samarali faoliyatni amalga oshirish maqsadida xizmat itlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashda yangi o‘quv-o‘rgatish uslublarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

II. Kinologiya xizmatiga zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

7.

Bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi (shajarasi) bo‘yicha tahliliy ishlarni olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish.

Texnik-topshiriqni ishlab chiqish

2022-yil 1-yanvar

Davlat bojxona qo‘mitasi

8.

Bojxona organlarining kinologiya sohasida xizmat itlarini kunlik oziqlantirish ratsioni bo‘yicha (mahsulot turlari, tayyor quruq ozuqa) ajratiladigan kompensatsiya to‘lovlarini to‘g‘ri sarf-xarajat qilish elektron-nazorat mexanizmini joriy etish.

Ichki idoraviy hujjat

2022-yil 1-fevral

Davlat bojxona qo‘mitasi

9.

Kinologlarni o‘qitish va malakasini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘quv metodikalarini yangilab borish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

10.

DBQ veb-saytida “Kinologiya” ruknini tashkil etish va unda fuqarolar va it boqishga qiziquvchilar uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar va video roliklar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

11.

Fuqarolar va itboquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Ichki idoraviy hujjat

2021-yil 1-oktabr

Davlat bojxona qo‘mitasi

III. Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish hamda xizmat itlarini o‘rgatishning yangi usullarini joriy etish

12.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat itlari pitomniklari, itchilik klublari, shuningdek, xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari bilan zotdor itlarni ayirboshlash borasidagi faoliyatni kengaytirish.

Hamkorlik memorandumlari asosida

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Bojxona organlari va boshqa idoralarning kinologiya xizmati uchun zotdor xizmat itlarini ko‘paytirish, nasl olish tizimini kinologiya va naslchilik sohasi rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda takomillashtirish.

Hamkorlik memorandumlari asosida

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

14.

Ilg‘or xalqaro tajriba asosida kinologiya sohasida yangi yo‘nalishlar (CITES) va xizmat itlarini o‘rgatishning yangi usullari bo‘yicha ishlar olib borish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

15.

Xizmat itlarining qobiliyatini oshirishda ilg‘or o‘qitish va o‘rgatish metodologiyalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

16.

Xalqaro va milliy ko‘rgazmalar, musobaqalarda bojxona organlari kinologiya xizmati mutaxassislarining faol ishtirok etishini ta’minlash va yuqori natijalarga erishish hamda Markaz mutaxassislari malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarda maxsus o‘quv kurslarida (eksteryer, xizmat itlarining ishchanlik qobiliyati, musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha hakamlik qilish) o‘qitish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

IV. Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatini takomillashtirish

17.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar hamda tashkilotlar, itchilik klublari, shuningdek, xorijiy davlatlar kinologiya xizmatlari bilan:

itlardagi turli xil kasalliklarni barvaqt aniqlash, veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari bo‘yicha;

veterinariya sohasida qo‘shma tadqiqot, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

18.

Markazda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti va laboratoriyalarda amaliyot o‘tashi.

Hamkorlik memorandumlari asosida

2021-yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

19.

Veterinariya tadbirlarini olib borish sifatini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Ixtisoslashtiri�gan veterinariya xizmatini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

20.

Itlarda uchraydigan turli kasalliklarning doimiy monitoringini olib borish va zamonaviy usullarda davolashni joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Respublikada veterinariya va kinolog�ya sohasida chop etiladigan ommabop jurnallarda kinologiya rukni ostida maqolalar chop etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.

Respublika va xorijiy davlatlarning veterinariya xizmatlari mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sohada erishilayotgan yutuqlar va tajribani o‘rganib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi

23.

Markazda malakali xodimlar tomonidan veterinariya xizmati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyot va qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Davlat bojxona qo‘mitasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

24.

Markazda bojxona organlari xizmatida foydalanilmaydigan it zotlarini (O‘rta Osiyo va Kavkaz ovcharkasi, Sibir xaskisi, Akita-inu va boshqa) ko‘paytirish va aholiga sotish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. Kinologlar va xizmat itlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bu borada kadrlar salohiyatini yuksaltirish

25.

O‘quv-metodik bazani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Kadrlarni tanlab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kadrlar salohiyatini yanada yuksaltirish mexanizmini tubdan o‘zgartirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

27.

Bojxona chegarasi orqali kontrabanda ashyolari, tovar-moddiy boyliklar hamda bojxona nazoratida yangi huquqbuzarlik obyektini aniqlash bo‘yicha kinologlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

28.

Xizmat itlari bilan verbal usullar asosida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bo‘yicha tayyorlanadigan videolavhalarni bojxona organlari masofaviy ta’lim tizimga joylashtirib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

29.

Markaz instruktorlarining xorijiy davlatlarda malakasini oshirish, xorijiy davlatlarning bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

30.

Turdosh muassasalar, respublikadagi ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda veterinariya va kinologiya sohasiga doir adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

31.

Bojxona organlari masofaviy ta’lim tizimi orqali kinolog-mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda kasbiy tayyorgarligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimo

Davlat bojxona qo‘mitasi

32.

Kinologiya sohasidagi ilmiy ishlanmalar natijalarini o‘quv jarayoni va bojxona organlari kinologiya xizmati faoliyatiga tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

33.

O‘quv jarayoniga oliy ta’lim muassasalari, Bojxona instituti mutaxassislarini jalb etgan holda o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarini tubdan takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

34.

Bojxona organlarida kinologiya xizmati faoliyati natijadorligini (kasbiy ta’lim tizimi hamda o‘quv-o‘rgatish metodologiyasi) baholash mezonlarini ishlab chiqish.

Ichki idoraviy hujjat

2022-yil 1-yanvar

Davlat bojxona qo‘mitasi

35.

Yoshlarda kinologiya sohasiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga xizmat qilishdek sharafli kasb egasi bo‘lishdek vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Markazda kinologiya xizmati tarixi muzeyini tashkil etish.

Ichki idoraviy hujjat

2022-yil 1-mart

Davlat bojxona qo‘mitasi

VI. Kinologiya va veterinariya xizmatlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

36.

Xorijiy davlatlar hamda Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy kinologiya markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.

Bunda:

o‘quv qo‘llanmalari va amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, shuningdek, kinologiya sohasidagi xorijiy o‘quv materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;

Jahon bojxona tashkilotining bosma va elektron nashrlarida Markaz faoliyatini keng yoritish;

Jahon bojxona tashkiloti mintaqaviy kinologiya markazlaridan ekspertlarni jalb etgan holda Markazda xalqaro o‘quv-amaliy seminar treninglar tashkil etish;

xorijiy grantlar asosida zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar va zotdor xizmat itlarini sotib olish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar

37.

Respublika va xorijiy turdosh muassasalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Davlat bojxona qo‘mitasi

5. O‘quv kurslariga klinik sog‘lom, sakkiz oydan oshgan mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari Markaz mutaxassislaridan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) xulosasi asosida qabul qilinadi.
Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan it ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan it zotlari toifasiga kirmagan taqdirda, komissiya tomonidan qo‘shimcha test sinovi va o‘rganish o‘tkazilgandan so‘ng ularning ijobiy xulosasi asosida o‘quv kurslari yo‘nalishiga loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.
Test sinovi natijasi bo‘yicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
24. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda itni o‘rgatish jarayonida it shikastlansa yoki nobud bo‘lsa, yetkazilgan zarar Markaz tomonidan qoplanadi.


_______-sonli veterinariya xulosasi

20__ yil “__” ________

Toshkent sh.

Biz, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati boshlig‘i_______________________________, Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmatining mas’ul xodimlari___________________, 20__ yil “__” _________ kuni Markazga_______________________________________
_______________________________________________________________ tomonidan

(it egasining F.I.O. va pasport ma’lumotlari, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va rahbarining F.I.O. ko‘rsatiladi)

____________________________ kursiga qabul qilish uchun ______________ laqabli, ____________ zotiga mansub bo‘lgan, ________ yilda tug‘ilgan, rangi _________, jinsi ____________ bo‘lgan itni veterinariya ko‘rigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib, quyidagilarni aniqladik:

a) itning semizligi _____________;
b) ko‘zlarida o‘zgarishlar _____________;
v) tishlari _____________;
g) tana harorati _____________.;
d) yungi yaltiroqligida o‘zgarish _____________;
e) eshitish qobiliyati _____________;
j) itning qon tahlili ko‘rsatkichi _____________.

Yuqoridagilarga asoslanib, itning klinik ahvoli ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimlari tomonidan ______________ deb topildi.

Ixtisoslashtirilgan
veterinariya xizmati boshlig‘i _________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati mas’ul xodimlari __________________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

_________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)

_________

__________________

(imzo)

(F.I.O.)


Itni qabul qilish yoki rad etish (chetlashtirish) to‘g‘risida
DALOLATNOMA

20__ yil “___”_________

Toshkent sh.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida tuzilgan itning tegishli o‘quv yo‘nalishiga layoqatliligini aniqlovchi komissiya

Raisi ___________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, unvoni)

va komissiya a’zolari ______________________________________________________

(F.I.O., lavozimi, unvoni)

______________________________________________________lar tomonidan itning ________________________________________________________________________

(umumiy mashq kursi ko‘nikmalari himoya-qorovul xizmati)

xizmatlarga yaroqliligini aniqlash maqsadida: __________________________________

(it egasining F.I.O. va pasportdagi ma’lumotlar, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va rahbarning F.I.O.ko‘rsatiladi)

________________da yashovchi _____________________________________________ga
tegishli it ish qobiliyati tekshiruvidan o‘tkazildi.

Komissiya test sinovi natijalariga muvofiq quyidagilarni aniqladi:
__________ laqabli, ____________ zotiga mansub bo‘lgan, _________ yilda tug‘ilgan, rangi ____________, jinsi _________________ bo‘lgan it ish qobiliyati _______________________________________________________________ o‘rgatishga

(umumiy mashq kursi ko‘nikmalari himoya-qorovul xizmati)

loyiq/noloyiq deb topilib, qabul/rad qilindi.
Komissiya raisi

_____________________________

Komissiya raisi o‘rinbosari

_____________________________

Komissiya a’zolari

_____________________________

Topshirdi

_____________________________

Qabul qildi

_____________________________

3. Markaz tomonidan xizmatga yaroqsiz itlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Komissiya itlarni ko‘zdan kechirish va o‘rganish davomida mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan jismoniy kamchiligi, kasalligi va nuqsonlari mavjud bo‘lgan itlarni xizmatga yaroqsiz deb topadi.
5. O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga chalinganligi oqibatida itlar xizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, komissiya tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi hamda itlar yo‘q qilish uchun tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga topshiriladi.
7. Markaz tomonidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan itlar tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
13. Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar shartnoma asosida naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.
4. Markaz tomonidan veterinariya xizmatlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi (keyingi o‘rinlarda — klinika) orqali shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli itlarga ko‘rsatiladi.
7. Iste’molchilardan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lov undiriladi.
“Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlari asosida veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika tadbirlarini amalga oshirish;

T/r

Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmat turi

Pulli xizmat uchun to‘lov miqdori

1.

Iste’molchilarga maslahat berish va retsept yozish

BHMning 10 foizi

2.

Dorivor moddalarni teri ichiga, teri ostiga, mushak ichiga yuborish

BHMning 5 foizi

3.

Kesilgan va yirtilgan jarohatlarni tikish va davolash

BHMning 40 foizi

4.

It tomog‘idan yot narsalarni olish

BHMning 10 foizi

5.

Tug‘ishga yordam berish

BHMning 50 foizi

6.

Bachadonga dorivor moddalarni yuborish va huqna qilish

BHMning 10 foizi

7.

O‘sma va absesslarni olish

BHMning 20 foizi

8.

Jarohatlarga bog‘lama qo‘yish

BHMning 20 foizi

9.

Itning dumini kesish

BHMning 20 foizi

10.

Itning qulog‘ini kesish

BHMning 30 foizi

11.

Itning qulog‘ini tozalash

BHMning 10 foizi

12.

Singan joyga shina qo‘yish

BHMning 10 foizi

13.

Singan joyni gips qilish

BHMning 20 foizi

14.

Kesarov usulida kesish

BHMning 30 foizi

15.

Bo‘g‘ozlikka tekshirish

BHMning 20 foizi

16.

Oshqozon bo‘limlarini davolash

BHMning 10 foizi

17.

Ozuqadan zaharlanishni davolash

BHMning 20 foizi

18.

Itlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklarini davolash

BHMning 20 foizi

Laboratoriya tekshirishlari

19.

Mikroskop yordamida tekshiruvlar

BHMning 10 foizi

20.

Qonning bioximik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

21.

Qonning klinik tekshiruvlari

BHMning 10 foizi

Diagnostik tekshiruvlari

22.

Ultra tovush tekshiruvlari (UZI)

BHMning 10 foizi

23.

Rentgent tekshiruvlari

BHMning 20 foizi

24.

Itning fiziologik yetilishini aniqlash

BHMning 10 foizi

Maxsus tadbirlar

25.

Degelmintizatsiya

BHMning 10 foizi

26.

Ektoparazitlarga qarshi ishlov berish

BHMning 10 foizi

27.

O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlash

BHMning 10 foizi

oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.