08.01.2021 yildagi 7-son
Hujjat 09.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 2-ilovaning VII bo‘limi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
a) qarorning nomi, muqaddima, 1-band, 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi va 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari “Madaniyat vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
9-bandning “a” va “v” kichik bandlari beshinchi xatboshisidagi, 12-banddagi va 13-bandning o‘n uchinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari “Madaniyat vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori 7-bandidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” so‘zlaridan keyin “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 2-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” so‘zlaridan keyin “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 4-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari” so‘zlaridan keyin “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” so‘zlari qo‘shilsin.
a) 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi)ning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida nizom)ning 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi va 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
12. Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 263-son qarorining 8-bandidagi “Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriluvchi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.