O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 7-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3115, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3115/2443-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
1. Buyruqning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi va 25-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejni” degan so‘z “texnikumni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
d) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
e) 4, 10, 14 va 27-bandlardagi “kollej” degan so‘z “texnikum” degan so‘z bilan almashtirilsin;
j) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 6-banddagi “kollejlar” degan so‘z “texnikumlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
i) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 28-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejning” va “kollej” degan so‘zlar tegishlicha “texnikumning” va “texnikum” degan so‘z bilan almashtirilsin;
l) 34-banddagi “kollejning” degan so‘z “texnikumning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
m) ilova belgisi va ilova matnidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin.