03.12.2020 yildagi PQ-4910-son
Hujjat 04.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
tajriba tariqasida, ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan akademik litseylarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon asosida iqtidorli yoshlarni saralab olishning ikki bosqichli tizimini (keyingi o‘rinlarda — ikki bosqichli tizim) amalga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda, 1-ilovada nazarda tutilgan fan olimpiadalari, tanlov g‘oliblari va fanlarni o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar mazkur akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda ham inobatga olinishi belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Belgilansinki, mazkur qarorning 17-bandi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimidagi akademik litseylarning (bundan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari mustasno) shahodatlanmagan ma’muriy boshqaruv, pedagog va boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Saralab olish mexanizmi/Imtiyoz egalari

Imtihon/Imtiyoz mazmuni

Akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish mexanizmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilonlarda o‘tkaziladigan test sinovlari.

Test sinovlari quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha test sinovlari;

II bo‘lim — intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test.

Fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va fanlarni o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar

Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan yoki Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (International Zhautykov Olympiad (IZhO), Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, O‘smirlar o‘rtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science Olympiad (IJSO), Xalqaro Matematika musobaqasi (International Mathematics Competition (IMC)dag‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim muassasalarining 8-9-sinf o‘quvchilari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadilar.

Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining respublika bosqichida 1 — 3-o‘rinlar g‘oliblari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga hujjat topshirganda, dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi va ixtisoslik fani bo‘yicha test sinovidan maksimal ball beriladi.

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar/Fanlar

Minimal ballar

1.

International English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 42

3.

Cambridge Assessment English PET

B1

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

B1

5.

TestDaf

B1

6.

Deutsches Sprachdiplom

B1

7.

Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF)

Fransuz tili

B1

8.

Test de Connaissance du Francais (TCF)

B1

9.

Boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha

Ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili

B1

10.

Umumta’lim fani va chet tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy sertifikat

tegishliligi bo‘yicha

B1*

Mazkur chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Akademik litseylar tomonidan umumta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchilarini jalb qilish maqsadida 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan olimpiada va tanlovlar g‘oliblari.

Ikki bosqichli saralab olish tizimi joriy etilgan akademik litseylarga o‘qishga kirishda dastlabki yozma imtihondan ozod etiladi.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Akademik litseyga o‘qishga qabul qilish, ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish.

1. Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish v� o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni, shu jumladan, quyidagilar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

a) quyidagilarga ruxsat etilmasligini belgilash:

akademik litseydan o‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar o‘qishini tiklashga;

umumta’lim muassasalaridan akademik litseylarga o‘qishni ko‘chirishga;

akademik litseylararo o‘qishni ko‘chirishga, qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan uzrli sabablar hamda umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan respublika, shuningdek 8-9-sinflar bitiruvchilari orasidan xalqaro nufuzli fan olimpiadalari g‘oliblarining boshqa akademik litseylar mos yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishi bundan mustasno;

b) semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan va tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish;

akademik litseylardan chetlatilgan o‘quvchilar o‘qishini yashash joyi bo‘yicha umumta’lim muassasasiga ko‘chirish.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-aprel

2.

Barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko‘ra “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini to‘lash.

1. Davlat budjetidan akademik litseylarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan har semestrda bir marotaba uning yakuni bo‘yicha barcha fanlardan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi to‘lash tartibini belgilash.

2021-yil 1-may

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Mazkur tartib asosida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga stipendiyalar to‘lab borish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimiy

3.

Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim va fan dasturlari asosida o‘quv adabiyotlari — darsliklar, o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish tizimini takomillashtirish.

1. Akademik litseylar uchun ikki yillik tizimga moslashtirilgan hamda o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv va fan dasturlari asosida o‘quv adabiyotlari — darsliklar (shu jumladan, multimedia ilovalari bilan), o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish tizimini xalqaro tajribalar (xususan, YUNESKO tavsiyalari) asosida isloh qilish, bu borada quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish:

dars va fakultativ mashg‘ulotlar olib borishda ilg‘or xorijiy mamla�atlar o‘quv adabiyotlaridan foydalanishga ruxsat berish;

muqobil o‘quv adabiyotlarini yaratish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;

vazirlik tomonidan muqobil o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan aniq talab va mezonlarni belgilash hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish;

muqobil o‘quv adabiyotlarining ekspertizasi jarayonini raqamlashtirgan holda uni xolislik, oshkoralik asosida qisqa muddatlarda tashkil etish;

o‘rnatilgan talab va mezonlar hamda tegishli aprobatsiya natijalari asosida ekspertizadan o‘tgan muqobil o‘quv adabiyotlariga grif berish;

bo‘ysunuv bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida muqobil o‘quv adabiyotlaridan o‘quv jarayonida foydalanish huquqini berish;

akademik litseylar kutubxonalarini zarur miqdordagi zamonaviy o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish manbalarini belgilash.

2021-yil 15-may

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-iyun

4.

Akademik litsey pedagog xodimlarini ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Akademik litsey pedagog xodimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, onlayn tarzda vakant o‘rinlarga o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid ma’lumotlarni e’lon qilish hamda arizalarni qabul qilish, shuningdek, tanlov asosida ishga qabul qilishning shaffof va markazlashtirilgan elektron mexanizmi yaratilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil 1-aprel

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

5.

Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish.

1. Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 15-sentabr

6.

Akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o‘quv mashg‘ulotlari, imtihon jadvallari, o‘quvchilar o‘zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma’lumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini joriy etish.

Barcha akademik litseylarda guruh jurnali, reyting daftarchasi, o‘quv mashg‘ulotlari, imtihon jadvallari, o‘quvchilar o‘zlashtirishi, davomati, diplom va akademik ma’lumotnomalarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini ishlab chiqish va unda, shu jumladan quyidagilarni ko‘zda tutish:

o‘quvchilar hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun ularning ota-onalari (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) uchun mazkur axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

axborot tizimida har bir akademik litsey o‘quvchilari va pedagoglari orasida yiliga kamida ikki marotaba anonim ijtimoiy so‘rov o‘tkazish imkoniyatining yaratilishi;

so‘rovda o‘quvchi-yoshlarning akademik faoliyati, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoit, ta’lim sifatiga oid muammolar kabi masalalarning qamrab olinishi;

so‘rovnoma Ta’lim inspeksiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilishi;

so‘rovnoma natijalaridan akademik litsey va bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasi rahbariyatlari, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim inspeksiyasi foydalanishlari mumkinligi.

2021-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sodiqov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini joriy etish.

2021/2022 o‘quv yili

7.

Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash.

1. Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish.

Har yili 1-may

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Akademik litseylarga qabul parametrlarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlash.

Har yili 1-iyun

8.

Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilish uchun imtihonlarni tashkil etish.

1. Akademik litseylarga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq sana va joylari haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida e’lon �ilish.

Test sinovlarini o‘tkazishdan kamida 15 kun avval

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Test sinovlarini o‘tkazish.

Har yili iyun-iyul oylari

9.

Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari majmuasini tasdiqlash.

1. Navbatdagi o‘quv yilida yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasini tasdiqlash hamda ularni n�vbatdagi o‘quv yili uchun e’lon qilib borish.

2. Mantiqiy fikrlash darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish.

2021-yil 15-yanvar

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-noyabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

10.

Akademik litseylar o‘qituvchilarining malakasini oshirish.

Akademik litseylarning iqtidorli o‘qituvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasi asosida xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada o‘qitishni tashkil etish.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi

11.

Akademik litseylarga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish.

Akademik litseylarga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida umumta’lim muassasalari 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaffo? tarzda olimpiada va turli tanlovlar o‘tkazish, shuningdek umumta’lim muassasalarining 5-6-sinf o‘quvchilarining bilimi, qiziqishi va shaxsiy sifatlarini o‘rganish asosida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish hamda umumta’lim maktablarida akademik litseylar faoliyati, qabul shartlari va imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish.

Doimiy

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida akademik litseylar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari

12.

Akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi darajasi bo‘yicha tahlillar olib borish.

Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibiga muvofiq belgilangan talablarning tegishli o‘quv yilidagi ijrosi doirasida akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishi darajasi, ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlariga nisbatan ko‘rilgan choralar bo‘yicha tahlillar o‘tkazib, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish.

2021-yil 1-may

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-oktabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab/akademik litsey nomi

Ixtisoslashtirilgan maktab/akademik litsey joylashtiriladigan bino

I. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab faoliyati tashkil etiladigan ta’lim muassasalari

1.

Urganch davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab

Xorazm viloyati, Urganch shahar 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi

2.

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab

Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

II. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab faoliyati tashkil etiladigan ta’lim muassasalari

1.

O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

2.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Samarqand davlat universiteti qoshidagi Urgut tumani 3-sonli faoliyati tugatilgan akademik litsey

3.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan Yunusobod akademik litseyi

4.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi faoliyati tugatilgan akademik litsey

5.

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Shahrisabz axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji filiali

6.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Oqoltin sanoat kasb-hunar kolleji

7.

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Qiziriq qishloq xo‘jalik va servis kasb-hunar kolleji

8.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey

Faoliyati tugatilgan Angren xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji