T/r

Tadbirlarning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddati

Mas’ul

ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani yaratish

1.

Ilg‘or xalqaro tajribani, tibbiyotning rivojlanish tendensiyalarini hamda milliy tibbiy ta’lim xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagilarni:

1) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi to‘g‘risidagi nizom;

2) O‘zbekiston Res�ublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kredit-modul (Moodle) o‘qitish tizimini tatbiq etish haqidagi nizom;

3) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlarining bakalavriat, harbiy internatura, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari asosidagi amaliyot o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

4) Birlashtirilgan klinik va klinikoldi imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

5) Davlat attestatsiya komissiyasiga tashkilotlar — buyurtmachilar safidan mutaxassislarni jalb qilgan holda birlamchi sertifikatlashtirish bilan bakalavriat, harbiy internatura, klinik ordinatura va magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini o‘tkazishning yangilangan tartibini tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

2021-yil

1-iyulgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni saralash va tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2021-yil

1-iyulgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)

3.

Quyidagilarni:

bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari;

harbiy-tibbiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv vaqti me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

2021-yil

1-iyulgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda o‘quv-moddiy bazasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil

aprel

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlant�rish vazirligi

(Sh. Sadikov)

II. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasini, o‘quv va moddiy-texnika bazasini shakllantirish

5.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasi obyektlarini barpo etish.

Alohida rejaga asosan

Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar

2021-yil

1-maygacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasini zamonaviy o‘quv vositalari va jihozlari hamda laboratoriya asbob-uskunalari va trenajyor komplekslari bilan jihozlash.

Tadbirlarni amalga oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil

20-avgustgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

7.

Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tibbiy o‘quv-mashq simulatsiya markazining to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Chora-tadbirlar dasturiga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil

1-avgustgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

8.

Ilmiy-tadqiqot va vivariyli eksperimental laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturiga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil

1-avgustgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

9.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi uchun zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shuningdek, belgilangan tartibda zamonaviy xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda sotib olish.

Qo‘shma qaror

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2021-yil

1-avgustgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

III. Harbiy-tibbiy ta’limni takomillashtirish

10.

2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul (Moodle) standartlariga asosan tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2021-yil sentyabrdan doimiy

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

11.

Tibbiyot va ta’lim sohalarida milliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish. Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi o‘qituvchi, ilmiy va tibbiyot xodimlarini yetakchi xorijiy ta’lim va tibbiyot muassasalarida malakasini oshirish;

yetakchi milliy va xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, mahorat va tajriba almashinuv hamda o‘zaro ilmiy izlanishlarni amalga oshirish tizimini tashkil etish;

harbiy-tibbiy kadrlar uchun xalqaro standartlar darajasida seminar, vebinar, mahorat darslari va simulatsion treninglar tashkil etish;

yetakchi xorijiy o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro kurslarni yo‘lga qo‘yish.

Hamkorlik rejalari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, “El yurt umidi” jamg‘armasi

Doimiy

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi

(I. Madjidov) ,

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov) ,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov )

12.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida xizmat ko‘rsatishning Butunjahon Xalqaro bozoridagi raqobatbardoshlik mavqeyini oshirish dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

2020-yil

30-dekabrgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

13.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy va tibbiyot xodimlarini “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etishini ta’minlash hamda g‘oliblarning xorijda ta’lim olishi va stajirovkadan o‘tishini tashkil etish.

Alohida rejaga asosan

-

Doimiy

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov )

IV. Harbiy-tibbiy ilmni rivojlantirish

14.

Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligirasmiy veb-saytlarida harbiy tibbiy ta’lim va ilmiy yutuqlarga bag‘ishlangan bo‘limni yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-dekabrgacha

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

15.

Harbiy tibbiyot akademiyasining kursant va o‘qituvchilariga jahon ilmiy-texnik ma’lumotlaridan iborat xorijiy elektron axborot resurslaridan foydalanishga sharoit yaratib berish.

Tashkiliy tadbirlar majmui

Budjet mablag‘lari

16.

Ilmiy-amaliy ta’limga yo‘naltirilgan “O‘zbekiston harbiy tibbiyot jurnali”ni (shu jumladan, elektron ko‘rinishda) tashkil etish.

Tashkiliy-amaliy tadbirlar

Budjet mablag‘lari

Har chorakda

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov) ,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov) ,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov)

17.

Bajarilayotgan ilmiy izlanishlar sifatini yaxshilashni quyidagilar orqali amalga oshirish:

Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi ilmiy jurnallarda xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy izlanishlar natijalarini nashr etish va ma’lumotlar bazasida joylashtirilishini tashkil etish;

Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa nashrlar ma’lumotlar bazasiga tibbiyot va farmatsevtika sohasiga tegishli bo‘lgan milliy ilmiy jurnallar materiallarining kirishi uchun sharoitlar yaratish.

Tashkiliy tadbirlar majmui

Budjet mablag‘lari

Doimiy

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov) ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov)