11.08.2020 yildagi PQ-4802-son
Hujjat 12.08.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan mahalliy va xorijiy olimlar hamda tadqiqotchilar, ularning ilmiy tadqiqotlari haqida ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

1. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan mahalliy olim va tadqiqotchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rgangan xorijiy olim va tadqiqotchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

3. Mahalliy va xorijiy olim hamda tadqiqotchilar, ularning Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti bo‘yicha yozgan maqola, risola, kitob, monografiya, ilmiy tadqiqotlari haqida elektron baza yaratish.

2021-yil may

2.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga doimiy asosda faoliyat yurituvchi xorijiy yetakchi moturidiyshunos olim va mutaxassislarni jalb etish.

1. Markazda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil noyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijlik yetakchi moturidiyshunos olimlarni Markaz faoliyatiga jalb etish choralarini ko‘rish.

2021-yil oktyabr

3.

Markaz ilmiy xodimlarining moturidiylik ta’limoti bo‘yicha jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida malaka oshirishini tashkil etish.

1. Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

2. Malaka oshirishda ishtirok etish uchun yosh tadqiqotchilar, doktorant va magistrlarni jalb qilish.

2021-yildan

3. Markaz ilmiy xodimlarini tanlov asosida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarga doktorantura va magistraturaga o‘qishga, stajirovka o‘tashga yoki malaka oshirishga yuborishni tashkil etishga ko‘maklashish.

reja asosida

4.

Yurtimiz moturidiyshunos olimlarining xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limotiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda doimiy ishtirokini ta’minlash.

1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik ta’limotiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan konferensiyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil noyabr

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. O‘zbekistondagi moturidiyshunos olimlarning reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

2021-yildan reja asosida

5.

Markazga dunyoning turli mamlakatlarida nashr etilgan islomiy ilmlar, jumladan, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga oid kitoblarni xarid qilish va keltirish choralarini ko‘rish.

1. Islomiy ilmlar, Imom Moturidiy
va moturidiylik ta’limotiga oid kitoblar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

2. Moliya vazirligi tomonidan Markaz taqdimnomasiga asosan kitoblarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratish.

2021-yil fevral

3. Xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitoblarni bojxona bojlaridan ozod etish.

alohida reja asosida

6.

Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

1. Onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

2. Konferensiya va seminarlar o‘tkazishni xorijiy mamlakatlardagi markazlar bilan muvofiqlashtirish.

2021-yildan

3. Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon mavzusida onlayn konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

reja asosida

7.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish.

1. “Imom Moturidiy” nomidagi xalqaro stipendiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

2. Stipendiyani moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro donor mamlakatlar mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish.

alohida reja asosida

8.

Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosiga bag‘ishlangan o‘zbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratish.

1. Markaz faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida o‘zbek, ingliz, arab tillarida faoliyat yuritadigan veb-sayt yaratish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

2. Markaz veb-saytini Imom Moturidiy
va uning izdoshlari ilmiy merosiga bag‘ishlangan materiallar bilan boyitish.

muntazam

9.

Diniy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturiga Imom Moturidiy ta’limoti bo‘yicha maxsus kurslar kiritish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr

3. 2020/2021 o‘quv yilidan diniy ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritish.

2020-yil oktyabr

II. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

10.

Moturidiylik ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy choraklik jurnalini tashkil etish.

1. “Moturidiylik” ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil dekabr

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Jurnalni nashr etish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni Markazga budjetdan ajratiladigan xarajatlar smetasiga kiritish.

2021-yil fevral

11.

Imom Moturidiy, Umar Nasafiy, Abu Muin Nasafiy, Abu Barakot Nasafiy kabi moturidiylik ta’limoti ulamolarining hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash.

1. Ajdodlarimiz hayoti va ilmiy merosiga oid xalqchil risolalar tayyorlash bo‘yicha Ijodiy guruhni tuzish.

2020-yil dekabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov)

2. Risolalarni har bir hududga mos tarzda tayyorlash, tahrir qilish.

2021-yil mart

3. Risolalarni nashr etish.

2021-yil may

12.

Imom Moturidiyning “Kitob at-tavhid” (Tavhid haqida kitob) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
Toshkent islom instituti (U. G‘ofurov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2022-yil noyabr

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yi� dekabr

13.

Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” (Qur’oni karim oyatlarining ta’vili) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil yanvar

3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2021 — 2024-yillar

4. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2024-yil noyabr

14.

Sa’duddin Taftazoniyning “Sharhu aqoidi Nasafiya” (Nasafiyning Aqida asariga sharh) asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Tarjimani amalga oshirish uchun davlat loyihasini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2020-yil dekabr

3. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2023-yillar

4. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2023-yil avgust

15.

Kamoliddin ibn Bayoziyning aqida ilmiga oid “Ishorotul marom” (Maqsadga ishoralar) kitobini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentyabr

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil iyul

16.

Ibn Humomning “Kitobul musayara” asarini o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov)

2. Ilmiy-izohli tarjimani tayyorlash, tahrir qilish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil avgust

17.

Dunyo qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotiga oid qo‘lyozma asarlarning elektron nusxalarini jamlash hamda ularning katalogini yaratish.

1. Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Baxodirov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Qo‘lyozmalarni aniqlash, ro‘yxatini tuzish, elektron nusxalarini homiylik mablag‘lari asosida mamlakatimizga olib kelish choralarini ko‘rish.

2021-yildan reja asosida

3. Olib kelingan qo‘lyozmalarni tadqiq etish.

reja asosida

18.

Moturidiylik ta’limotiga oid Umar Nasafiyning “Aqoid”, Usmon O‘shiyning “Bad’ul amoliy”, AbuBarakot Nasafiyning “Umda” kabi aqidaviy matnlarning kompleks tarjima va sharhini yaratish.

1. Tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Toshkent islom instituti (U. G‘ofurov)

2. Tarjimani tayyorlash, izoh va sharhlar berish.

2020 — 2022-yillar

3. Asarni nashr etish choralarini ko‘rish.

2022-yil mart

19.

Moturidiylik ta’limotiga oid ensiklopediya tayyorlash va nashr etish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini tuzish.

2020-yil sentyabr

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Ma’lumotlarni jamlash, umumlashtirish va tahrir qilish.

2020 — 2023-yillar

3. Ensiklopediya tomlarini nashr etish.

reja asosida

20.

Moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar (magistrlik, PhD, DSc) amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Aqida masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi va magistrantlarning Markazda muntazam ravishda stajirovka o‘tashlarini tashkil etish.

reja asosida

3. Tadqiqotchilar dissertatsiyalarining himoya oldi muhokamalarini Markazda tashkil qilish va shu asosda approbatsiya va boshqa himoya uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish.

reja asosida

21.

Al-Azhar majmuasi tadqiqotchilari o‘rtasida
Imom Moturidiy merosi bo‘yicha tanlov o‘tkazish, g‘oliblarning O‘zbekistonga sayohatini tashkil etish, mahalliy tadqiqotchilar uchun treninglar uyushtirish.

1. Tanlovning tashkiliy masalalarini Misr tomoni bilan kelishish.

2020-yil sentyabr

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
(R. Qosimov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Tanlovni o‘tkazish.

2021-yil oktyabr

3. Tanlov g‘oliblari tomonidan O‘zbekistonlik tadqiqotchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.

reja asosida

22.

Jahonning yetakchi moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish.

1. Tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (B. Abduhalimov),
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
(Sh. Ziyodov), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (U. Uvatov)

2. Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotlarni saralash.

2020-yil
noyabr

3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish.

reja asosida

III. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar

23.

Ijtimoiy-ma’naviy muhit og‘ir bo‘lgan mahallalarda “Sog‘lom e’tiqod asoslari”, “Aqidada adashmaylik”, “Imom Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi”, “Moturidiylik ta’limoti asoslari” mavzularida davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etish.

1. Tadbirlar rejasi va targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish.

2020-yil noyabr

Mahalla va oilani
qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqar� islom akademiyasi (R. Qosimov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov)

2. Targ‘ibot guruhi a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

2020-yil noyabr

3. Targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish.

reja asosida

24.

Tele- va radiokanallar orqali Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Nuriddin Sobuniy kabi yurtimiz allomalarining ibratli hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlar tayyorlash.

1. Yurtimiz allomalarining ibratli
hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi
haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari
va eshittirishlar tashkil etish bo‘yicha media reja ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Ziyo” media markazi (A. Muxtorov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxoliqov)

2. Media reja asosida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari va eshittirishlarni tasvirga olish va qulay efir vaqtlarida namoyishini tashkil etish.

reja asosida

25.

Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiyning hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

“O‘zbekkino” milliy agentligi (F. Abduxoliqov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Filmlar ssenariylarini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Tasvirga olish ishlarini tashkil etish.

reja asosida

4. Filmlarning taqdimotlarini o‘tkazish, respublika bo‘yicha namoyishlarini yo‘lga qo‘yish.

reja asosida

5. Badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlar har yili Davlat budjetidan “O‘zbekkino” milliy agentligiga filmlar tayyorlash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

reja asosida

26.

Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini o‘rganish va keng targ‘ib etishni rag‘batlantirish maqsadida diniy ta’lim muassasalarida musobaqa, viktorina va tanlovlar o‘tkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil oktyabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish.

reja asosida

27.

Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi haqida badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish.

1. Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti davomchilari sanalgan olimlar haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2020-yil oktyabr

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov),
O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov)

2. Tanlovda ishtirok etish uchun yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar va aholining keng qatlamini jalb qilish.

2021-yil may-iyun

3. Tanlov natijalari bo‘yicha tanlangan asarlarni nashr etish ishlarini amalga oshirish.

2021-yil oktyabr

28.

Rasmiy internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda aqida masalalariga oid savol-javobli videoroliklar, chiqishlar e’lon qilib borish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2020-yil oktyabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
(A. Axmedov)

2. Aqidaga doir masalalarni saralab, savollar shakllantirish va bunga mutaxassislarni jalb etgan holda javoblar tayyorlash.

2020-yil noyabr

3. Savol-javoblarni suratga olish va 2-3 daqiqalik videorolik va chiqishlar tashkil qilish.

reja asosida

4. Tayyor bo‘lgan rolik va chiqishlarni rasmiy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda e’lon qilib borish.

reja asosida

29.

Juma tezislariga dolzarb aqidaviy masalalarning moturidiylik ta’limotidagi talqini bo‘yicha mavzular kiritish.

1. Dolzarb aqidaviy masalalar bo‘yicha juma tezislariga kiritiladigan mavzular ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil sentyabr

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Axmedov),
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (R. Qosimov)

2. Mavzular asosida juma tezislarini tayyorlash.

2020-yil sentyabr

3. Juma tezislari asosida namozxonlarga yetkazish.

reja asosida