30.07.2020 yildagi 459-son
Hujjat 30.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qarori ijrosini ta’minlash, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishni davlat tomonidan subsidiya ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
birinchi xatboshidan “(Mirzayev, Narbayeva)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “tomorqa yer uchastkalariga” so‘zlari “dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 — 5-boblarning nomlaridagi, 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 10-banddagi, 15-banddagi, 17-banddagi, 18-bandning “a” kichik bandidagi “tomorqa er” so‘zlari “dehqon xo‘jaligi va tomorqa er” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi” so‘zlari “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi boshlig‘i — tuman hokimining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

O‘.I. Barnoyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

R.T. Mamatov

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

3.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari

4.

I.I. Norqulov

Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

E.M. Muxitdinov

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

A.A. Mirzayev

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

7.

S.S. Xodjayev

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

8.

A.J. Toshqulov

Adliya vaziri o‘rinbosari

9.

A.E. Ergashev

Moliya vaziri o‘rinbosari

10.

A.I. Ikramov

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

11.

F.K. Umarov

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

12.

M.I. Ruzmetov

“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

13.

A.A. Ikramov

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

14.

A.A. Raximov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari

15.

B.X. Maxmadaliyev

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari

16.

B.R. Parpiyev

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari

17.

T.Sh. Bozorov

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari

18.

A.R. Sidiqov

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika ishchi guruhi kotibi

d) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-band “rekonstruksiya qilish” so‘zlaridan keyin “shuningdek, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “sug‘oriladigan yerlarga” so‘zlari “sug‘oriladigan yerlarga hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ajratilgan yerlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
birinchi xat boshidagi “ilovada” so‘zi “1-ilovada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 2-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 2-bob nomlanishidan keyin quyidagi mazmundagi 1-§ nomlanishi bilan to‘ldirilsin:
birinchi xatboshidagi “manzilli ro‘yxatini” so‘zlarini “tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini” so‘zlari bilan, “hamda” so‘zi “hamda tasdiqlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “Manzilli ro‘yxatni” so‘zlari “Tuman (shahar) va hududiy manzilli ro‘yxatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
n) 4-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
p) 17-banddagi “15” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin;
r) 18-band quyidagi tahrida bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
t) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
u) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
f) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

1-fevralga qadar


2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqib hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston Res�ublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga va Qishloq ho‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

1-martga
qadar


3-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib,O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Mahalliy hokimliklar zaxirasidan ajratilgan yer maydonlari negizida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari bo‘yicha manzilli dasturni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan ham kelishadi.

1-aprelga qadar


4-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Hisobot yilida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning tasdiqlangan manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda vazirlikning rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

15-aprelga qadar


5-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari

Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan loyiha tashabbuskorlari bilan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim imzolaydi.

kelishuvga ko‘ra


6-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, sarflangan xarajatlarningbir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplash uchun Suv �?jaligi vazirligining viloyat hududiy organlariga hujjatlarni taqdim etadi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3
kun mobaynida


7-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligining viloyat hududiy organi

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtirib Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 kun mobaynida


8-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

Yer maydonlarini foydalanishga kiritishda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining Davlat budjetidan qoplanadigan qismini loyiha tashabbuskorlarining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 kun mobaynida

”.

x) Nizom quyidagi tahrirdagi 2-ilova bilan to‘ldirilsin:

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bo‘yicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

yiliga ikki marta:

1-fevral va
1-iyunga qadar

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tumanlar (shahar) manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda Kengashga taqdim etadi.

yiliga ikki marta:

1-mart va
1-iyulga qadar

3-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

yiliga ikki marta:

1-aprelva
1-avgustga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Manzilli dasturini ommaviy axborot vositalarida hamda o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

yiliga ikki marta:

15aprel va

15-avgustga qadar

5-bosqich

Talabgor

Vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanib ishga tushirilganidan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablag‘ olish uchun tegishli ravishda tuman kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Ixtiyoriga ko‘ra

6-bosqich

Tuman kengashi

Talabgorlar tomonidan to‘liq taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qiladi.

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab
3 kun mobaynida

7-bosqich

Hududiy kengash

Tuman kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishadi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi taqdim etadi.

3 kun mobaynida

8-bosqich

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanoma rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2020-2021-yilla�da Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplash uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;

2022-yildan boshlab — Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamg‘armaga taqdim qiladi.

3 kun mobaynida

9-bosqich

Moliya vazirligi

Kengash tomonidan 2020-2021-yillarda kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablag‘larni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 kun mobaynida

10-bosqich

Tuman moliya bo‘limi

Moliya vazirligidan kelib tushgan mablag‘larni g‘azna hisobvarag‘i orqali talabgorlarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Bir ish kunida

11-bosqich

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Kengash tomonidan 2022-yildan boshlab kiritilgan buyurtmanoma asosida zarur mablag‘larni talabgorning tegishli tijorat bankidagi hisobvaraqasiga o‘tkazib beradi.

Bir ish kunida

”.

Keyingi tahrirga qarang.