14.01.2020 yildagi 21-son
Hujjat 14.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Paxta xomashyosini mashina yordamida yig‘ishtirib olish uchun dala maydonlarini tayyorlash
va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish

1.

Paxtani mashina yordamida terishdan avval texnologik operatsiyalarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish (kuzgi shudgorlash, dalani ekishga tayyorlash, ekin ekish, kultivatsiya va chekanka qilish, defoliatsiya, yig‘im-terim, dalalarni tozalash).

2020-yil

yanvar-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo
va Toshkent viloyatlari hokimliklari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo
va Toshkent viloyatlari hokimliklari

2.

Paxtani mashinada terish mo‘ljallangan paxta dalalarining agrofonini tayyorlash bo‘yicha texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi ustidan monitoring olib borish tizimini ishlab chiqish.

2020yil

yanvar-fevral

3.

Paxtani mashina yordamida terishdan oldin texnologik operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish, nashr etish va fermerlarga tarqatish.

2020-yil

avgust-sentyabr

4.

Paxtani mashinada terishmo‘ljallanayotgan hududlarda seminarlar o‘tkazish, texnologik operatsiyalarni sifatli bajarish bo‘yicha tavsiyalarni muhokama qilish.

2020 yil

avgust-sentyabr

5.

Mashina terimi uchun tayyorlangan paxta maydonini komissiya tomonidan baholash tizimini ishlab chiqish.

2020 yil

may-iyun

6.

Paxtani mashina yordamida terish samaradorligini tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, shu jumladan, mashina terimi ishtirokchilarini rag‘batlantirish.

har chorakda

7.

Paxta terish mashinalarini sotib olish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlash.

2020 yil

iyun

II. Paxta terish mashinalaridan samarali foydalanishni va ularga servis xizmat ko‘rsatishni ta’minlash

8.

Paxtani mashinada terish uchun dalalarni bosqichma-bosqich tayyorlashga jalb qilinadigan mashinalarning butun halqasini ishga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish (haydash texnikasi, ekin ekishdan avval tuproqqa ishlov berish texnikasi, seyalkalar, kultivatorlar, chekanka qilgichlar, purkagichlar, paxta terish mashinalari va transport texnikasi).

2020-yil

mart

O‘zagroservis AJ,

O‘zagrotexsanoatxolding AJ

9.

Paxta terish mashinalariga terimdan oldin va terim vaqtida xizmat ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish, ularning ish qobiliyatini (tayyor va/yoki ta’mirlangan) va ishlatishga tayyorligini komissiya tomonidan baholash.

2020-yil

mart

10.

Paxtani mashinada terishga paxta dalasini tayyorlashga jalb etilgan har bir mashinaning ishlashi bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish, nashr etish va tarqatish.

2020-yil

aprel — iyun

11.

Paxtani mashinada terish nazarda tutilgan hududlarda paxta kompleksining barcha mashinalari texnik tavsiflarini tushuntirish bo‘yicha hududlarda mexaniza�orlar uchun seminar-treninglar o‘tkazish.

2020-yil

iyul — sentyabr

12.

O‘rnak ko‘rsatgan mexanizatorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil

sentyabr — noyabr

III. Mashinada terilgan paxta xomashyosini tashish, saqlash va qayta ishlanishni ta’minlash

13.

Paxta ekuvchi xo‘jaliklarni paxtani mashinada terishga moslashgan yuqori sifatli chigit bilan ta’minlash.

2020-yil
fevral-mart

O‘zpaxtasanoat AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14.

Hosilni bir marta terishni hisobga olgan holda mashinada teriladigan paxtaga qo‘yiladigan talablarni tayyorlash (ko‘saklarning ochilish darajasi > 90 foiz)

2020-yil
may — iyul

15.

Paxta tozalash zavodlarining mashinada terilgan paxtani tashish, saqlash, oldindan quritish, tozalash va qayta ishlashga tayyorligini ta’minlash.

2020-yil
iyul-avgust

16.

Mashina va qo‘lda terilgan paxta sifatini, shu jumladan, mashinada terilgan paxta uchun oshirilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lashni hisobga olgan holda paxtani mashinada terishning, ?u jumlada�, moliyaviy, iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2020-yil
may-iyun

IV. Paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish va o‘z vaqtida moliyalashtirishni tashkil etish

17.

Texnik topshiriqlarni tayyorlash, paxta terish mashinalarini yig‘ishni tashkil etish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni sotib olish bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish.

2020-yil
yanvar

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,
“TQXTZ” AJ va boshqa ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

18.

Tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olib, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni sotib olish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish.

2020-yil
yanvar

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,
“TQXTZ” AJ va boshqa ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

19.

Butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun Asaka ATBning savdo moliyalashtirishini olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash va buyurtmanoma berish.

2020-yil
yanvar-fevral

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“TQXTZ” AJ,

“Asaka” ATB,

O‘zbekinvest kompaniyasi,

boshqa sug‘urta tashkilotlari

20.

Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar sotib olish uchun, transport va boshqa xizmatlar bo‘yicha texnik shartlar va import shartnomalar ekspertizasini amalga oshirish va ekspertiza natijalari bo‘yicha tegishli xulosalarni taqdim etish.

zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng uch kun muddatda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi DUK

21.

Zarur butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni sotib olish uchun kreditlarning garov ta’minoti sifatida yillik 0,5 foiz miqdordagi imtiyozli tarif bo‘yicha sug‘urta polislarini taqdim etish.

2020-yil
yanvar

O‘zbekinvest kompaniyasi,

boshqa sug‘urta tashkilotlari,

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“TQXTZ” AJ,

“Asaka” ATB

22.

O‘zbekinvest kompaniyasi va boshqa sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta polisi ostida moliyalashtirishni garov sifatida amalga oshirish
va keyinchali paxta terish mashinalarini sug‘urtalash.

2020-yil
yanvar-fevral

“Asaka” ATB,

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“TQXTZ” AJ,

O‘zbekinvest kompaniyasi,

boshqa sug‘urta tashkilotlari,

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo
va Toshkent viloyatlari hokimliklari

23.

Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.

2020-yil
yanvar-fevral,
imzolangan shartnomalarga muvofiq

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“TQXTZ” AJ,

“Asaka” ATB

24.

Zarur butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar
o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash.

2020 — 2026yillar,
imzolangan shartnomalarga muvofiq

O‘zagrotexsanoatxolding AJ,

TQXTZ AJ

25.

Paxta terish mashinalarini fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlab chiqarishni boshlash

2020 yil
mart

O‘zagrotexsanoatxolding AJ,

TQXTZ AJ

26.

Paxta terish mashinalarini sotishdan tushgan mablag‘ni faqat Asaka bank tomonidan berilgan kreditlarni qaytarish va akkreditivlarni 1 yildan oshmagan muddatda to‘liq to‘lash uchun ajratish.

2020 — 2021
yillar

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ,

“TQXTZ” AJ,

“Asaka ATB

27.

Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan paxta terish texnikasini sotib olish uchun aloqador lizing tashkilotlariga kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida muzokaralar olib borish.

2020-yil
yanvar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

28.

Kredit bitimi loyihasini tayyorlash va uning imzolanishini ta’minlash.

2020-yil
may

Moliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

29.

Paxta terish texnikasini xarid qilishdan manfaatdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ro‘yxatini shakllantirish.

2020 — 2025
yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

30.

Fermer xo‘jaliklari va aloqador lizing tashkilotlari o‘rtasida lizing shartnomalari tuzilishini ta’minlash.

2020 — 2026
yillar

Lizing tashkilotlari,

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo
va Toshkent viloyatlari hokimliklari

Keyingi tahrirga qarang.