10.01.2020 yildagi 16-son
Hujjat 11.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi PQ-3800-son qaroriga muvofiq, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida autsorsing tizimini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
davlat tibbiyot tashkilotlarida autsorsing asosida xizmatlar mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatda keltirilmagan xizmatlar autsorserga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq, davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Autsorsing xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma buyurtmachi va autsorser o‘rtasida kalendar yil uchun ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan autsorsing shartlari asosida xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi. Bunda, autsorser tomonidan shartnoma shartlarining to‘liq bajarilishi va buyurtmachining xarajatlar smetasida ajratilgan mablag‘ autsorserni qoniqtirgan taqdirda, tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnoma muddati navbatdagi kalendar yil uchun uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Autsorserni tanlash

I-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

Autsorserlarni tanlash uchun (xizmat turlari ro‘yxati, ularning hajmi va boshqalar) uchun maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish.

Zaruratga ko‘ra

II-bosqich

Buyurtmachi tomonidan tuzilgan xarid komissiyasi

1. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish va eng yaxshilarini tanlab olish.

2. Tanlov g‘olibini aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

3. Bayonnomadan ko‘chirmani (tanlov natijalari) maxsus axborot portaliga joylashtirish.

E�lon muddati tugagan paytdan e’tiboran 10 kun muddatda

Bayonnoma tasdiqlangan kundan e’tiboran 3 ish kuni davomida

III-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

1. Tanlov g‘olibi (autsorser) bilan yil oxiriga qadar amal qilish muddati bilan shartnoma tuzish.

2. Autsorserga binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, mebellarni va boshqa moddiy vositalarni dalolatnomaga asosan topshirish.

Tanlov natijasi e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 ish kuni davomida

II. Hisob-kitob

I-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

Tegishli oy uchun shartnoma qiymatining 15% miqdoridagi mablag‘ni autsorserning hisob-raqamiga o‘tkazib berish.

Har oyning dastlabki 10 bank kuni davomida

II-bosqich

Autsorser

1. Ko‘rsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. Buyurtmachi bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun amalda ko‘rsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish.

Har oyning 5 sanasiga qadar

III-bosqich

Buyurtmachi (davlat tibbiyot muassasalari)

1. Asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) taqqoslash.

2. Tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85% summani xizmatlar ko‘rsatish oyi tugagandan so‘ng to‘lash.

1) 3 ish kuni davomida

2) Har oyning 20 sanasiga qadar (o‘tgan oy uchun)

Autsorsing shartlari asosida xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha
NAMUNAVIY ShARTNOMA

_______ shahri (tumani) 20___ yil “___” _______

_____________________________________ nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi

(muassasa nomi)

__________________________________ (keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataladi)

(F.I.Sh.)

bir tomondan va ____________________________ nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida

(tashkilot nomi)

faoliyat yurituvchi direktor ________________________________ (keyingi o‘rinlarda

(F.I.Sh.)

Autsorser deb ataladi), ikkinchi tomondan keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Autsorser Buyurtmachining buyurtmasi bo‘yicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan xizmatlarni ko‘rsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Autsorser mazkur shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni Buyurtmachini ________________________________________

(autsorserga o‘tkazilgan xizmat nomi)

hamda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan buyurtmalarni bajarish jadvaliga muvofiq ta’minlash majburiyatini, keyingi o‘rinlarda Xizmatlar deb ataladi, o‘z zimmasiga oladi.
1.3. Xizmat ko‘rsatish muddati:
20 ___ yil “____” _____________dan.
20 ___ yil “____” _____________gacha.
1.4. Tomonlar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-faktura imzolanib Buyurtmachi Autsorserning mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan bank hisob-raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazgandan so‘ng Xizmatlar ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
2.1.1. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;
2.1.2. Ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
2.1.3. Xizmatlar tannarxining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
2.1.4. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini talab qilish;
2.1.5. Ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;
2.1.6. Buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
2.1.7. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
2.2. Autsorser quyidagilarga majbur:
2.2.1. Ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni o‘z hisobidan ta’mirlashi, shuningdek, kommunal xarajatlarini qoplashi;
2.2.2. Autsorsing xizmatini ko‘rsatishda texnika, yong‘in, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etishi;
2.2.3. Tovar (ishlar, xizmatlar)ning sifatli ishlab chiqarilishini va buyurtmachiga yetkazilishini ta’minlashi;
2.2.4. Maxfiylik tartibiga qat’iy rioya qilishi;

2.2.5. Shartnomani bekor qilish haqida buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa buyurtmachining tegishli xizmatlarini uzluksiz tashkil etishni ta’minlashi;

2.2.6. Xizmatlarni sifatli, mazkur Shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq hajmda ko‘rsatishi;

2.2.7. Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida Autsorser mazkur shartnoma shartlariga amal qilmasdan, xizmatlar sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi bo‘yicha bir kun davomida bepul to‘g‘rilashi;

2.2.8. Xizmatlarning sifatsizligi, xizmatlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishga beriladigan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) xonalari holati, shuningdek, tegishli inventarlarning sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlanganda, Autsorser zudlik bilan Buyurtmachining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy talabini bajarishi;

2.2.9. Malakali, tajribali, qo‘yilgan vazifani (xizmatni, ishni) amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, belgilangan tartibda va muddatda tibbiy tekshiruvdan (ko‘rikdan) o‘tgan xodimlarga (talab etilgan hollarda) xizmatlarni bajarish jarayoniga ruxsat etishi;

2.2.10. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalariga, shuningdek, ichki tartibga rioya qilish majburiyatini yuklashi;

2.2.11. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni shaxsan bajarishi, mazkur Shartnoma shartlarini bajarishni uchinchi shaxsga topshirmasligi;

2.2.12. Mazkur shartnoma shartlarini bajarish doirasida Buyurtmachi tomonidan vaqtincha foydalanishga topshirilgan uskunalar, jihozlar, idishlar, asboblar, mebellar, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni soz holda saqlashi, ta’mirlashi, shuningdek, binolarni ta’mirlashi;

2.2.13. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda, Buyurtmachidan binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni qabul qilib olishi;

2.2.14. Mazkur shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachiga xizmatlarni uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlashi;

2.2.15. Mazkur shartnomaga asosan Xizmatlarni ko‘rsatish ishlariga jalb etilgan xodimlarni o‘qitishni (malakasini oshirishni) amalga oshirishi (talab etilgan hollarda);

2.2.16. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

2.3.1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatli ishlab chiqarilishi (bajarilishi, ko‘rsatilishi)ni talab qilish;

2.3.2. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish;

2.3.3. Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida 10 kun oldin Autsorserni yozma ravishda ogohlantirish, bunda ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda to‘lash;

2.3.4. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
2.4. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

2.4.1. Bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar bo‘yicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini to‘lashi;

2.4.2. Autsorserga mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida binolarni (xonalarni), uskunalarni, jihozlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqa moddiy vositalarni vaqtincha foydalanishga berishi;

2.4.3. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.

III. Xizmatlar narxi va o‘zaro hisob-kitoblar tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq xizmatlar narxi _____________________________________________________________

(summa son va so‘z bilan)

so‘mni tashkil etadi.

3.2. Autsorser tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati bo‘yicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.

3.3. Ko‘rsatiladigan xizmatlarning amaldagi soni haqidagi ma’lumotlar va xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik buyurtmaga muvofiq Autsorser bilan birgalikda har o‘n kunda, to‘lanishi lozim bo‘lgan summasi ko‘rsatilgan, Autsorser va Buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi.

3.4. Buyurtmachi tomonidan amalda ko‘rsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.

3.5. Mazkur Shartnomaning ilovasida ko‘rsatilgan, shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun xizmatlarning narxlari tomonlardan birining tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqiladi.

IV. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Autsorser shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.

4.2. Penya (jarima) to‘lash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi.

4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgar bo‘ladilar.

4.4. Buyurtmachiga har chorakda bir marotaba ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijaraga berilgan bino va inshootlarning holatini monitoring o‘tkazishga (autsorserning moliyaviy faoliyatiga aralashmagan holda) sharoitlar yaratish.

4.5. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.

V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi

5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.

5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydigan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan so‘ng ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun beriladi.

VI. Fors-major holatlar

6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib bo‘lmas kuch, ya’ni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar ro‘y bergan muddatga suriladi.

VII. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini tashkil etadi.

7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.

7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil bo‘lib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi bo‘ladi.

VIII. Shartnomaning amal qilish muddati

8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yili davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi.

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

“Autsorser”

“Buyurtmachi”

----------------------------------------

----------------------------------------

----------------------------------------

----------------------------------------

Keyingi tahrirga qarang.