26.11.2019 yildagi 952-son
Hujjat 11.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2019-yil 10-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” AJ va tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar va kompensatsiyalar taqdim qilinishini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga zarur mablag‘lar uchun budjet talabnomasi asoslangan hisob-kitob va hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalarni taqdim qilish va kompensatsiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi buyurtmasiga asosan 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Keyingi tahrirga qarang.
b) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq, rahbar va bosh buxgalter tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarilgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining parametrlari va tannarx kalkulatsiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari mazkur Nizomning 8-bandiga asosan zarur hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng Markaz besh ish kuni davomida qishloq xo‘jaligi texnikasi parametrlari va tannarx kalkulatsiyasini ko‘rib chiqadi va tashkilotga mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat beradi.
11. Mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Markaz mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlariga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
15. Jamg‘arma, mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni davomida o‘rganib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida ushbu maqsadlarda Jamg‘armaga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida subsidiya ajratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qaroriga asosan chiqarilganQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim qilinmagan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Xaridor qayta murojaat etganda, Jamg‘arma besh ish kuni davomida mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kuni davomida qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratadi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
17. Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar har oy hisobot oyidan keyingi har oyning yigirmanchi sanasidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovaga asosan shaklga muvofiq xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport xarajatlari to‘g‘ridagi yig‘ma axborotni Jamg‘armaga taqdim qiladi.
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
18. Jamg‘arma qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni besh ish kunida ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, besh ish kunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida kompensatsiya ajratadi.
19. Mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Jamg‘arma ularni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar, amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar


I. Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya ajratish


I bosqich

Ishlab chiqaruvchi tashkilot ishlab chiqarilayotgan qishloq o‘jaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun Markazga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra


II bosqich

Markaz ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliylashtirilganlik darajasini aniqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim etadi.

5 ish kuni davomida


III bosqich

Markaz sertifikat olgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi mahalliy tashkilotlari reyestrini unga sertifikatlar nusxalarini ilova qilib va qishloq xo‘jaligi turlarini ko‘rsatgan holda Jamg‘armaga taqdim qiladi.

3 ish kuni davomida


IV bosqich

Xaridor oldi-sotdi to‘g‘risida shartnomani tuzganidan so‘ng shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlarga texnikaning to‘liq qiymatini to‘lab beradi.

shartnomaga asosan


V bosqich

Xaridor shartnoma shartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdorida subsidiya olish uchun Jamg‘armaga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

xaridor ixtiyoriga ko‘ra


VI bosqich

Jamg‘arma subsidiya ajratish uchun xaridor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

5 ish kuni davomida


VII bosqich

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamg‘arma qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi miqdoridagi subsidiyani xaridorning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobraqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali ajratadi.

5 ish kuni davomida


II. Eksport xizmatlarini ko‘rsatish uchun kombaynlarni tashish transport harajatlarini kompensatsiya qilish


I bosqich

Qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi maxalliy tashkilotlar Jamg‘armaga xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport xarajatlari bo‘yicha yig‘ma axborot taqdim qiladi.

hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar


II bosqich

Jamg‘arma qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

5 ish kuni davomida


III bosqich

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, Jamg‘arma xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish bo‘yicha amalga oshirilgan transport harajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilib beradi.

10 ish kuni davomida

(1 ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)

Mahalliylashtirish darajasi haqida
sertifikat/subsidiya va/yoki kompensatsiya olishga
ARIZA


_______________________________________________________________________________
(yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga muvofiq ariza beruvchining to‘liq nomi)

___________________________________________________________________________________________
(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami, telefon, faks)

Manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan:_____________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________
(guvohnoma raqami, berilgan sanasi va uni bergan organ)

____________________________________________________________________________________ nomidan
(ariza beruvchi rahbarning lavozimi, F.I.O.)

maxalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilinganligi munosabati bilan mahalliylashtirish darajasi haqida sertifikat taqdim qilishni/subsidiya ajratish va/yoki xorijda xizmatlar ko‘rsatish (xizmatlarni eksport qilish) uchun kombaynlarni tashish transport xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilishni so‘raymiz.

Tashkilot pochta manzili:________________________________________________________________
STIR raqami:________________________________________________________________
Elektron pochta manzili:________________________________________________________________
Hisobraqam________________________________________________________________
Ilova: ________ varaq

_____________________________________________________
(ariza beruvchi rahbar lavozimi, F.I.O.)

____________________
(imzo)

20 ____ yil ___________________