O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki tomonlama do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashish istagida,
fan va texnologiyalarni rivojlantirish zarurligi va ularning iqtisodiy o‘sish uchun muhimligini e’tirof etgan holda,
Mazkur Bitimning maqsadi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, har ikkala mamlakatdagi ilmiy hamjamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va kengaytirish, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan sohalarda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashish hisoblanadi.
Tomonlar fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni quyidagi shakllarda rivojlantiradilar va mustahkamlaydilar:
fan, texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi yutuqlarni o‘rganish maqsadida tadqiqotchilar va ekspertlar bilan almashish, bilimlarni tarqatish va ma’ruzalar o‘tkazish;
tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari va korxonalarni o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan loyihalarga nisbatan tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida hamkorlik o‘rnatishga rag‘batlantirish;
ilmiy-texnologik tadqiqotlar, ishlanmalar va innovatsiyalar sohasidagi o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan loyihalarni o‘zarolik prinsipidan kelib chiqqan holda, shuningdek, Tomonlardan har birining mavjud moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda birgalikda moliyalashtirish;
akademik konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, o‘quv kurslari va ko‘rgazmalarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;
ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, g‘oyalar, adabiyotlar, nashrlar, materiallar va uskunalar bilan almashinuv;
ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari, laboratoriyalar va texnoparklarni tashkil etish;
Tomonlar davlatlarida ilmiy-texnikaviy sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi va yuqori texnologiyalarni ilgari surish;
Mazkur Bitimning qoidalarini amalga oshirish maqsadida Tomonlar o‘z vakolatli organlarini tayinlaydilar:
Vakolatli organlar o‘zgargan taqdirda, Tomonlar bir-birlarini diplomatik kanallar orqali darhol xabardor qiladilar.
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga va ularning davlatlari ishtirokchisi hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq Tomonlar intellektual faoliyat natijalarini muhofaza qilish, birgalikda olingan intellektual mulk va oldingi intellektual mulkni himoya qilishni ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Mazkur Bitimni amalga oshirish doirasida birgalikdagi faoliyat natijasida olingan ilmiy-texnikaviy ma’lumot uchinchi shaxslarga boshqa Tomonning yozma roziligi bilan berilishi mumkin, tijorat sirini tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno.
Mazkur Bitimni amalga oshirish uchun boshqa Tomon davlatiga yuborilgan barcha shaxslar bo‘lib turgan davlatda amalda bo‘lgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish majburiyatini oladilar.
Mazkur Bitimni qo‘llash va (yoki) talqin qilish bilan bog‘liq nizo va kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida maslahatlashuvlar yoki muzokaralar orqali hal etiladi.
Mazkur Bitimga Tomonlarning o‘zaro roziligiga ko‘ra mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Mazkur Bitimning amal qilishi, basharti Tomonlardan biri tegishli muddat tugagunga qadar kamida uch oy oldin yozma shaklda boshqa Tomonni uning amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risida diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, keyingi besh yillik muddatlarga o‘z-o‘zidan uzayaveradi.
Har qaysi Tomon Bitimni boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali bekor qilishi mumkin. Mazkur Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma tegishli Tomon tarafidan olingan sanadan o‘ttiz kun o‘tgach tugatiladi.
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi 5-moddaning amal qilishiga va mazkur Bitim amal qilishi vaqtida amalga oshirilayotgan va uning tugallanish vaqtida yakunlanmagan dasturlar, loyihalarga daxl qilmaydi.
Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan e’tiboran Pekin shahrida 1992-yil 13-martda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning amal qilishi tugatiladi.
Toshkent shahrida 2019-yil 1-noyabrda ikki nusxada, har biri o‘zbek, xitoy va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.