16.10.2019 yildagi PQ-4492-son
Hujjat 17.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “2019 — 2029-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4165-son qarorini ijro etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yadro-energetika dasturini atom energiyasidan xavfsiz foydalanish talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan o‘z vaqtida va to‘laqonli ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmoniga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika”, “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)”, shuningdek, Samarqand davlat universitetida “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3875-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanuvchi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etilib, “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyasi”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”, “Elektr energetikasi va elektr texnikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislarni o‘qitishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va ularni atom sohasiga biriktirish

1.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, shuningdek, Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini kiritish.

1. Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Klassifikatorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2020-yil

aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

2.

Atom elektr stansiyasining (keyingi o‘rinlarda — AES) tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalidan kelib chiqqan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga yangi lavozimlar kiritish.

Klassifikatorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil

dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

3.

Atom energiyasi obyektlarini ishlatish uchun kerakli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim qilish tartibini tasdiqlash.

Litsenziya berish tartibini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2019-yil

dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

4.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlarini, shu jumladan yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchining amaldagi standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat ta’lim standartlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil

iyun

2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zstandart” agentligi (Sattorov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

5.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnoma berish tartibini tasdiqlash.

1. Hukumatning tegishli qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2. Yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari xodimlari va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi zarur bo‘lgan ish turlari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Bajaradigan faoliyatiga qarab atom energiyasidan foydalanish sohasida ish olib borish huquqi uchun ruxsatnomalar olishi lozim bo‘lgan xodimlar lavozimlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil

iyun

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

6.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — MAGATE) tavsiyalarini hisobga olgan holda AES obyektlaridan foydalanish uchun kadrlarga qo‘yiladigan zarur malakaviy talablarni tasdiqlash.

Kadrlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bo‘yicha idoraviy normativ hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

7.

AESning operativ va ta’mirlash xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash.

Attestatsiyadan o‘tkazish tartib-taomillarini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil

dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Muxitdinov)

8.

Yadro qurilmalari va (yoki) saqlash punktlari xodimlari ayrim toifalarining, shuningdek, ushbu obyektlarda nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi organ xodimlarining mehnat sharoitlarining va ijtimoiy-maishiy ta’minoti xususiyatlarini tasdiqlash maqsadida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil

iyun

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Muxitdinov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

II. Atom energiyasidan foydalanish sohasida mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish

9.

Yadroviy texnologiyalar yetkazib beruvchisi bilan AES tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.

1. AES qurilishi bo‘yicha asosiy Kontraktning kadrlar tayyorlashga doir tegishli ilovalarini muhokama qilish.

2. AESning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvalini kelishish.

3. Oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar, oliy malakali ilmiy xodimlar va ishchilar tayyorlash uchun mutaxassisliklar (ixtisosliklar) ro‘yxatini belgilash.

4. AES qurilishi bo‘yicha Kontraktni imzolash.

2019-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

10.

Yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi tashkilotlarning qisqa va uzoq muddatli davrda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish.

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqa va uzoq muddatli davr uchun hisoblab, “O‘zatom” agentligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga axborot taqdim etish.

2019-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

11.

Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari bo‘yicha oliy va kasb-hunar ma’lumotga ega mutaxassislar hamda ishchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) milliy rejasini tasdiqlash.

1. O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar tayyorlash milliy rejasini ishlab chiqish.

2. Xodimlar toifalarini va kadrlar tayyorlash maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash.

3. Milliy rejani tasdiqlash.

2020-yil

mart

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

12.

Yadro-energetika dasturini amalga oshirish yillari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini tasdiqlash.

Kvotalarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

har yili avgust oyiga qadar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

yadro-energetika dasturida ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

13.

Oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi sohasida, shuningdek, ilm-fanning atom sohasi manfaatlari yo‘lidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamjamiyatini — “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumini tashkil etish.

1. Yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalar ro‘yxatini belgilash.

2. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi to‘g‘risidagi nizomni va ushbu hamjamiyatning ish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020-yil sentyabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Atom energiyasidan foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan yangi ta’lim muassasalarini tashkil etish, ta’lim va ilmiy muassasalarning moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini rivojlantirish

14.

“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali (keyingi o‘rinlarda — “MMFI” filiali) faoliyatini rivojlantirish.

1. “MMFI” filiali negizida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish.

2. O‘quv markazi murabbiylarini saralab olish va qayta tayyorlash.

3. O‘quv markazi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. Bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish.

5. Magistratura yo‘nalishlarini ochish.

6. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi

Grafik asosida

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)

15.

AES joylashgan hududda aniq va tabiiy fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish.

1. Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalari holatini va ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini o‘rganish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash:

birinchi AES joylashgan hududda ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etish;

maktab-internatni “Zamonaviy maktab” dasturining 2020-yilgi rejasiga kiritish.

3. Jizzax shahrida 2020-yilda tashkil etiladigan “Prezident maktabi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali STEM ta’lim elementlarini va o‘quvchilarni saralab olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi,

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2019-yil

noyabr







2020-yil

sentyabrdan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashti-rilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxujayev),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Jizzax viloyati hokimligi
(Soliyev)

16.

AES joylashgan hududda O‘quv-mashg‘ulot markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘MM) barpo etish va foydalanishga topshirish.

1. O‘MM barpo etish va foydalanishga topshirish grafigini tasdiqlash.

2. Obyektni barpo etish va foydalanishga topshirishni ta’minlash.

3. O‘MM instruktorlarini tanlab olish va ularni, shu jumladan xorijda qayta tayyorlash.

4. O‘MM normativ hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

AESni qurish kontrakti doirasida

2026-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

17.

Jizzax politexnika instituti faoliyatini rivojlantirish.

1. AES joylashgan maydon hududida atom energetikasi tarmog‘ini va unga o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, Jizzax politexnika institutining mutaxassisliklari ro‘yxatini va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish.

2. Tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2020-yil

aprel




2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Jizzax politexnika instituti
(Usmankulov)

18.

AES uchun suvning radiokimyoviy sifatini nazorat qiluvchi kadrlarni tayyorlash maqsadida “Radiokimyo” yo‘nalishida yangi ta’lim ixtisosligini tashkil etish.

1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetining “Tabiiy birikmalar kimyosi” kafedrasida “Radiokimyo” yo‘nalishini tashkil etish;

2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va kafedrani jihozlash.

3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qo‘llab-quvvatlash.

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

2020-yil

aprel




2020-yil

avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
(Marahimov)

19.

“O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ta’lim va ilmiy muassasalari moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini yaratish hamda modernizatsiya qilish.

1. O‘quv v� ilmiy laboratoriyalar moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi oliy ta’limni boshqarish axborot tizimini joriy etish.

3. “O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida doim yangilab turiladigan ma’lumotlar bazasiga va elektron kutubxonaga ega zamonaviy Axborot-resurs markazini tashkil etish.

4. Nucleus, Web of Science, Scopus kabi texnik va ilmiy axborotlarning ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazasidan foydalanish tizimini joriy etish.

Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

doimiy ravishda

2021-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

20.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” va “Atrof-muhitni muhofaza qilish” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan respublikaning tegishli ta’lim muassasalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

1. Maxsus laboratoriya uskunalari ro‘yxatini ishlab chiqish va kelishish.

2. Laboratoriya uskunalarini xarid qilish va jihozlash.

3. Laboratoriya uskunalaridan foydalanishni metodik qo‘llab-quvvatlash.

Oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi,
oliy ta’lim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

“O‘zstandart” agentligi
(Sattarov)

21.

“O‘zatom” agentligi tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumi ehtiyoji uchun xorijiy o‘quv adabiyotlari tizimli ravishda chop etilishini tashkillashtirish, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish.

1. O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni chop etishga tayyorlaydigan bo‘linma tashkil etish.

2. Xorijiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish, chop etish va tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

Oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi,

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

IV. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash

22.

AESni qurish va foydalanishga topshirish davrlarida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlashni rejalashtirish.

1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tashkiliy tuzilmasini va shtat jadvalining tegishli tahririni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali tanlab olish jadvallarini, o‘qitish jadvalini ishlab chiqish.

3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash dasturi salohiyatli ishtirokchilarini ish joyi uchun o‘rnatilgan maxsus talablarga muvofiqligi mezonlarini ishlab chiqish.

har yili

2020 — 2030-yillar


har yili

dekabr oyigacha

2022-yil may

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

23.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar, ekspluatatsiya (operativ va ta’mirlash), yordamchi (texnik) va ma’muriy-boshqaruv xodimlarini MAGATE tavsiyalariga muvofiq tayyorlash.

1. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdagi salohiyatli xodimlarining bazaviy ta’lim olishini tashkil etish.

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarida AESni mustaqil boshqarish kompetensiyasini shakllantirish maqsadida zamonaviy keng ko‘lamli trenajyorlar va mashg‘ulot markazlaridan foydalangan holda ularni maxsus tarzda tarzda tayyorlashni tashkil etish.

3. AESdagi ish joyida amaliyot o‘tashni tashkil etish.

AES qurilishi bo‘yicha kontrakt doirasida,
Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi

2025-yil

dekabr

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

24.

Kadrlar zaxirasini saralab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish.

1. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida band bo‘lgan mutaxassislar, o‘z malakasiga ko‘ra atom sohasini kadrlar bilan to‘ldirish manbalariga kiradigan ta’lim muassasalari bitiruvchilari doirasini belgilash.

2. O‘ta muhim lavozimlarda rivojlantirish modul dasturlarini ishlab chiqish hamda lavozimda ko‘tarilish va rotatsiya bilan samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.

3. O‘ta muhim lavozimlar uchun nomzodlarning boshqaruv salohiyati samaradorligini baholash kompleks tizimini ishlab chiqish.

4. O‘ta muhim lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun tavsiyalar tayyorlash.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

25.

AES xavfsizligi nuqtai nazaridan o‘t� muhim lavozimlarda izchillikni ta’minlash.

1. Turli yo‘nalishda boshqaruv tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar (oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari, energetika korxonalarining tajribali xodimlari, boshqaruvchilar va test yakunlari bo‘yicha tegishli talablarga mos deb topiladigan boshqa malakali mutaxassislar) uchun Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning Kadrlar zaxirasini rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash.

2020-yil yanvar

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov)

Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi (Amanov)

V. Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan o‘zaro bog‘liq tarmoqlar tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash

26.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ xodimlarini tayyorlash.

1. Xodimlar tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov)

27.

Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari xodimlarini tayyorlash.

1. Nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olish grafiklarini, muta�assislarni o‘qitish grafiklarini va ishga qabul qilish grafiklarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan o‘qitish grafiklari va ishga qabul qilish grafiklari asosida nomzodlarni tayyorlash uchun malakali saralab olishni, mutaxassislarni ishga qabul qilishni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Energetika vazirligi (Sultonov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), FVV (Mo‘minov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), “O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tegishli vazirliklar
va idoralar

28.

O‘MMda atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va davlat boshqaruvi organlari, yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning tashkilotlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini lozim darajada ta’minlash.

1. Xodimlarni tayyorlash grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. O‘MMda qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2019-yil dekabr

grafik asosida

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), IIV (Bobojonov),
FVV (Mo‘minov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov),
Milliy gvardiya (Toshmatov),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
tegishli vazirliklar
va idoralar

29.

Ta’lim muassasalarini professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarini ushbu sohadagi ilmiy xodimlar bilan ta’minlash uchun atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida oliy malakali kadrlarni tayyorlash.

1. Atom energetikasi yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar tashkil etish.

2. Atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasidagi falsafa dok�orlarini (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash uchun kvotalar ajratish.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yildan boshlab

Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov),

Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abdurahmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

30.

O‘MM instruktorlari va ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini tizimli ravishda oshirish grafigini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. “Rosatom” texnik akademiyasi”, Jahon yadro universiteti va boshqalar bilan malaka oshirish bo‘yicha shartnomalar tayyorlash va imzolash.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2027-yil sentyabrdan boshlab

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

31.

Yadro fizikasi, yadro tibbiyoti, radiokimyo, radiatsiya xavfsizligi, hayot faoliyatini ta’minlash xavfsizligi, meteorologiya, gidrogeologiya, materialshunoslik va boshqa noenergetik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash.

1. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisoblab chiqish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida axborot taqdim etish.

3. Kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Qurilish vazirligi (Zokirov),

“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

VI. Respublikaning atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik

32.

Texnik hamkorlik dasturi doirasida MAGATE bilan hamkorlik qilish.

1. Maqsadli o‘qitish bo‘yicha ehtiyojlarni shakllantirish (o‘qitish mavzulari va ishtirokchilar ro‘yxati).

2. So‘rov tayyorlash va MAGATE kotibiyatiga yuborish.

3. MAGATE bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelishish.

Vazirlik va idoralarning
o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘arm�lar mablag‘lari

doimiy ravishda kelishuvlar asosida

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov),
“O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tegishli vazirliklar
va idoralar

33.

Kadrlar tayyorlash, xususan, tajriba almashish, o‘quv seminarlari va treninglarini, shu jumladan shartnoma asosida tashkil qilish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

1. Xodimlarni xorijda o‘qitish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Quyidagi ta’lim muassasalari bilan yadro energetikasi uchun xodimlar tayyorlash bo‘yicha shartnomani kelishish
va imzolash:

“Rosatom” davlat korporatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) tayanch oliy ta’lim muassasalari konsorsiumiga kiradigan ta’lim muassasalari;

“Rosatom” texnik akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi avtonom notijorat tashkiloti;

“Rosatom korporativ akademiyasi”ning (Rossiya Federatsiyasi) avtonom notijorat tashkiloti;

Jahon yadro uyushmasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Jahon yadro universiteti;

AESni ekspluatatsiya qiluvchi va o‘quv-mashg‘ulot majmualariga hamda maxsus trenajyorlarga ega xorijiy tashkilotlar.

O‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tegishli jamg‘armalar mablag‘lari

2020-yil oktyabr

grafik asosida

Davlat ekologiya qo‘mitasi (Qo‘chqorov), IIV (Bobojonov),
FVV (Mo‘minov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov),
Milliy gvardiya (Toshmatov),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
tegishli vazirliklar
va idoralar