LexUZ sharhi
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1976-yilning 2-iyunida o‘zining Oltmish birinchi Sessiyasiga to‘planib, mehnat sohasidagi mavjud xalqaro konvensiyalar va tavsiyalar, jumladan, ish beruvchilar va mehnatkashlarning erkin va mustaqil tashkilotlar ta’sis etish huquqlarini tasdiqlovchi hamda davlat hokimiyat organlari bilan ish beruvchilar va mehnatkashlar tashkilotlari o‘rtasida milliy darajadagi maslahatlashuvlar samaradorligini oshirish choralarini ko‘rishni talab etadigan “Birlashish erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 1948-yilgi Konvensiya”, “Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to‘g‘risidagi 1949-yilgi Konvensiya” hamda “Sanoatda va milliy darajada maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 1960-yilgi Tavsiya” qoidalarini e’tirof etib, shuningdek, ushbu konvensiyalar va tavsiyalarni qo‘llash uchun ish beruvchilar va mehnatkashlar tashkilotlari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishni ko‘zda tutadigan ko‘plab xalqaro mehnat konvensiyalari va tavsiyalari qoidalarini qayd qilib, Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi bandida “Xalqaro mehnat standartlarini qo‘llashga ko‘maklashish uchun uch tomonlama mexanizmni yaratish” deb nomlangan masalani e’tiborga olib hamda xalqaro mehnat standartlarini qo‘llashga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz yetmish oltinchi yil iyun oyining yigirma birinchi kunida kuyidagi “Uch tomonlama maslahatlashuvlar (xalqaro mehnat standartlari) to‘g‘risidagi 1976-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir a’zosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti faoliyatiga taalluqli bo‘lgan, kuyidagi 5-modda 1-bandda qayd etilgan masalalar bo‘yicha hukumat, ish beruvchilar va mehnatkashlar vakillari o‘rtasida samarali maslahatlashuvlarni ta’minlaydigan tartibni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2. Qar bir mamlakat, mazkur modda 1-bandida ko‘zda tutilgan tartib mohiyati va shaklini, vakolatli tashkilotlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng, agar bunday tashkilotlar mavjud bo‘lsa va bunday tartiblar hali o‘rnatilmagan bo‘lsa, milliy amaliyotga muvofiq belgilanadi.
2. Mazkur modda 1-bandida qayd etilgan masalalarning zarur darajada ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun maslahatlashuvlar o‘zaro kelishuvga muvofiq belgilangan tegishli vaqt oraligida, lekin kamida yiliga bir marta o‘tkaziladi.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 11-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;