Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish yo‘li bilan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bolalarni davlat maktabgacha ta’limi bilan keng qamrab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini, istisno tariqasida, uning idoraviy mansubligida qoldirish;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinlarda IIV MTM deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining davlat maktabgacha ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda DMTM deb ataladi) tizimiga kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTMning ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va metodik boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM o‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM xodimlariga davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTMni saqlash xarajatlari Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari va Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM tarbiyalanuvchilari umumiy o‘rinlari sonining 80 foizi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM tarbiyalanuvchilari umumiy o‘rinlari sonining 20 foizi Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq jamlanadi;
idoraviy maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish kvotasiga o‘zgartirishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ehtiyojidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTM xodimlariga, qonun hujjatlarida belgilangan qo‘shimcha haq va to‘lovlardan qat’i nazar, rag‘batlantiruvchi ustamalar belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTMga mutaxassis-psixologlarni, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilashda mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi IIV MTMni ta’mirlash, kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek moddiy-texnik ta’minlashni amalga oshirish;
ehtiyojlardan kelib chiqib, keyinchalik davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tizimiga kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta’minlanishga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, O‘zbekiston Respublikasi IIVning yangi MTMni qurish va moddiy-texnik jihozlash huquqi berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.