19.08.2019 yildagi 693-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Hujjat 20.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 379-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

__________ — muassasa (harbiy qism) shaxsiy tarkibining autsorsing shartlari asosida ovqatlanishini tashkil etish uchun
NAMUNAVIY ShARTNOMA

______________ shahri20___ yil “_____” ______________
Keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi ______ — muassasa boshlig‘i (harbiy qism komandiri) _________________________
________________________________________________________________________________ bir tomondan

(F.I.O.)

va keyingi o‘rinlarda Autsorser deb ataluvchi _______________________ nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida faoliyat yurituvchi direktor ________________________ ikkinchi tomondan, keyinchalik Tomonlar deb ataladi,
(F.I.O)
ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Pulli xizmat ko‘rsatish Shartnomasiga ko‘ra Autsorser Buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida qayd etilgan xizmatlarni ko‘rsatish, Buyurtmachi esa — ushbu xizmatlar uchun pul to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Autsorser mazkur Shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab u tugaguniga qadar har kuni _______ — muassasa (harbiy qism) shaxsiy tarkibini oziq-ovqat payoklarining belgilangan me’yorlari hamda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etgan holda Buyurtmachi bilan kelishilgan taomnomaga muvofiq uch (to‘rt) mahal issiq ovqat bilan ta’minlash majburiyatini (keyingi o‘rinlarda Xizmatlar deb ataladi) o‘z zimmasiga oladi.
1.3. Xizmat ko‘rsatish muddati:
20 ___ yil “____” _____________dan 20 ___ yil “____” _____________gacha.
1.3.1. Tomonlar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-fakturani imzolaganidan hamda Buyurtmachi tomonidan Autsorserning mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan bank hisobraqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilgandan so‘ng Xizmatlar ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.

II. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

2.1. Autsorser quyidagilarga majbur:
2.1.1. Taomni va tayyor mahsulotni sifatli tayyorlash bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shaxsiy tarkibning tegishli toifalari uchun ta’minot me’yorlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining taom tayyorlash va ovqatlanishni tashkil etishga taalluqli qismlaridagi talablarga to‘liq mos keladigan Xizmatlar ko‘rsatish.
2.1.2. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda tegishli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish.
2.1.3. Davlat strategik zaxirasi va Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika ta’minoti Markaziy bazasida saqlanayotgan oziq-ovqat zaxiralarini yangilash uchun Buyurtmachining bo‘linmalaridan ayrim o‘ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda xarid qilish.
2.1.4. Autsorser tomonidan Buyurtmachi bo‘linmalaridan alohida o‘ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini (masalan, qoramol va qo‘y-echkilar, ot go‘shti, mol yog‘i va muassasa (harbiy qism) yordamchi xo‘jaligida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ) xarid qilish.
2.1.5. Xizmatlarni mazkur Shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq hajmda ko‘rsatish.
2.1.6. Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida Autsorser mazkur Shartnoma shartlariga amal qilmasdan, ovqat sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi bo‘yicha bir kun davomida bepul bartaraf etish.
2.1.7. Taomni tayyorlash jarayoniga faqat belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan (ko‘rikdan) o‘tgan xodimlarga ruxsat etish.
2.1.8. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalari, shuningdek, ichki kun tartibiga rioya qilish majburiyatini yuklash.
2.1.9. Xizmatlarni bevosita ko‘rsatish.
2.1.10. Xizmatlar narxini oshirmagan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan:
soliqlar to‘lash;
belgilangan tartibda u bilan mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash;
oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish;
oziq-ovqat mahsulotlarini savdo shoxobchalaridan xizmat ko‘rsatish joyigacha yetkazish;
sovutuvchi kompre�sorlar va boshqa jihozlarni soz holatda saqlash, ta’mirlash, qayta to‘ldirish;
ijaraga olingan bino, xona, mebel, inventar va boshqalarni zarur holatda saqlash va joriy ta’mirlash.
2.1.11. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda Buyurtmachidan ishlab chiqarish xonalari, jihozlar va oshxona mebelini qabul qilib olish.
2.1.12. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini uzluksiz tashkil etishni ta’minlash.
2.2. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
2.2.1. Bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar bo‘yicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini to‘lash.
2.2.2. Autsorserga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida “nol” stavkasi bo‘yicha oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebel anjomlarini vaqtincha foydalanishga berish.
2.2.3. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda Autsorserga oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebelini topshirish.
2.2.4. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Autsorserni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish.
2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
2.3.1. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda bajarilayotgan ishlarning yuritilishi va sifatini istalgan vaqtda tekshirish.
2.3.2. Buyurtmachi Shartnomani bajarishni rad etishi to‘g‘risidagi xabarnomani olguniga qadar Autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda to‘lab, istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan bosh tortish.

III. Shartnomaning narxi va o‘zaro hisob-kitoblar tartibi

3.1. Mazkur Shartnomaning narxi 1-ilovaga muvofiq _________________________________________________

son bilan

____________________________________________________________________________________________

so‘z bilan

so‘mni tashkil etadi.
3.2. Autsorserga oldindan 15 foiz miqdoridagi to‘lov 5 bank kuni ichida o‘tkaziladi.
3.3. Autsorser tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati bo‘yicha 85 foiz miqdorida haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib o‘n kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
3.3.1. Ovqatlanadigan bir kishi uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi Autsorser yetkazib beruvchidan xarid qilgan va tegishli me’yorlar bo‘yicha tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan, bayonnomalarda ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxidan baland bo‘lmasligi kerak) ovqatlanuvchilarning soniga ko‘paytirish yo‘li bilan Buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Hosil bo‘lgan yakuniy summa 20 foiz ustama haqi miqdoriga ko‘paytiriladi (ya’ni, umumiy summa autsorserning 20 foizlik ustama haqiga ko‘paytiriladi).
3.3.2. Ovqatlanuvchilarning amaldagi soni haqidagi ma’lumotlar va ovqatlanadigan bir kishiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik taomnomaga (oziq-ovqat mahsulotlarining taqsimotiga) muvofiq Autsorser bilan birgalikda har o‘n kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatgan holda bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasini tuzadi va hisob-fakturani rasmiylashtiradi hamda ular Autsorser rahbari va muassasa (harbiy qism) komandiri tomonidan imzolanadi.
3.3.3. Buyurtmachi tomonidan amalda ko‘rsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
3.3.4. Mazkur Shartnomaga 2-ilovada ko‘rsatilgan Shartnoma prognoz summasini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘zgarganda yoki boshqa asosli holatlarda Tomonlardan birining tashabbusi bilan bir oyda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

IV. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Autsorser Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishi bo‘yicha Shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan holatlarda Buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi. Bunda penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan xizmatlar oylik qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
4.2. Penya (jarima) to‘lash Tomonlarni zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf etishdan ozod qilmaydi.
4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmagani yoki tegishli darajada bajarilmagani uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
4.4. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.

V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi

5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lmaydigan holatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf etish tartib-taomili amalga oshirilgandan so‘ng ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga beriladi.

VI. Fors-major holatlar

6.1. Tomonlar majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holat yengib bo‘lmas kuch, ya’ni tabiiy ofaatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar ro‘y bergan muddatga orqaga suriladi

VII. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.
7.2. Tomonlarning hech biri m�zkur Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror-bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.
7.3. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil bo‘lib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi bo‘ladi.

VIII. Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati

8.1. Ushbu Shartnoma ikki tomonlama imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20 __ yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

“Autsorser”

“Buyurtmachi”

________________________________________

________________________________________

Keyingi tahrirga qarang.