O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmati tariflarini shakllantirishni tartibga solish, bunda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflari (narxlari) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tariflarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasiga amal qilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-avgust,
668-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 668-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki xamda obyektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash
METODIKASI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumin qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu metodika O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda qo‘riqlash bo‘linmalari deb ataladi) tomonidan ko‘rsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hamda obyektlarini qo‘riqlash xizmatlarining, shuningdek, shartnoma asosida mol-mulk qo‘riqlovini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning tariflarini belgilash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki xamda obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, shartnoma asosida mol-mulk qo‘riqlovini ta’minlash bilan bog‘lik boshqa xizmatlar tariflari (keyingi o‘rinlarda tarif deb ataladi) qo‘riqlash xizmatining xar bir turi bo‘yicha belgilanadi:
saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlash;
harbiylashtirilgan bo‘linmalar bilan qo‘riqlash;
erkin yollangan qorovullar bilan qo‘riqlash;
texnik vositalar yordamida qo‘riqlash (texnik qo‘riqlash).
2-bob. Tarifni hisob-kitob qilishda qo‘llaniladigan xarajatlar
3. Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflarining xizmat tannarxiga kiritilgan sarf-xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar yig‘indisidan kelib chiqib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiya ajratmalari hisobidan qoplanadi.
5. Har bir qo‘riqlash turi bo‘yicha tarifni hisoblash xizmatga tegishli haqiqiy sarf-xarajatlar ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar (Xt) hamda ustama xarajatlarning tegishli xizmat turiga to‘g‘ri keladigan qismidan tashkil topadi.
Qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar pul ta’minoti va kiyim-kechak ta’minotini o‘z ichiga oladi.
6. Ustama xarajatlarning qo‘riqlash xizmatlari turlari bo‘yicha taqsimlanishi har bir qo‘riqlash turi bo‘yicha yil davomida ko‘rsatilgan xizmat hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Xut = (Xu/ U) x Uxt ,
bunda:
Xut — qo‘riqlash xizmati turlari bo‘yicha ustama xarajatlar;
Xu — qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini boshqarish bilan bog‘lik umumiy yillik ustama xarajatlari. Bunga quyidagi xarajatlar kiradi:
ma’muriy-boshqaruv xodimlari va qo‘mondonlik tarkibini saqlash xarajatlari;
asosiy vositalarning amortizatsiyasi;
xizmat safarlari xarajatlari;
ijtimoiy nafaqalar;
kommunal xarajatlar;
soliq va majburiy to‘lovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarini saqlash va sug‘urtalash;
tavakkalchilik sug‘urtasi;
benzin va yoqilg‘i moylash materiallari sotib olish;
bank xizmatlari;
kanselyariya mollari sotib olish;
ijara xarajatlari;
o‘qitish;
dezinfeksiya;
poligrafiya xarajatlari;
aloqa va obuna xarajatlari;
texnika va uskunalar sotib olish;
asosiy vositalarning joriy ta’miri;
bino va inshootlarni qurish;
qo‘riqlash uskunalarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish;
harbiy mulkni sotib olish xarajatlari.
U — ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy yillik hajmi;
Uxt — qo‘riqlash turi bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning yillik hajmi.
Bunda qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq umumiy yillik ustama xarajatlar narxlarining keyingi davrlar uchun qayta hisoblanishi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Qo‘riqlash xizmatining prognozlashtirilgan umumiy xarajatlari qo‘riqlash xizmatiga sarflangan haqiqiy xarajatlar va oxirgi to‘rt chorak hisobot ko‘rsatkichlarining tahlili asosida hamda prognozlashtirilgan xarajatlarni va narxlar o‘zgarishini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Qo‘riqlash xizmatining har bir turi bo‘yicha prognoz qilingan xarajatlar hajmi quyidagi formula asosida belgilanadi:
Xqt = Xtt + Xut ,
bunda:
Xtt — tegishli qo‘riqlash xizmati turiga prognozlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar;
Xut — tegishli qo‘riqlash xizmati turiga to‘g‘ri keladigan prognozlashtirilgan ustama xarajatlarning qismi;
Xqt — jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini va obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha tegishli qo‘riqlash turiga bevosita bog‘liq bo‘lgan va prognozlashtirilgan xarajatlarning yillik summasi.
3-bob. Qo‘riqlash xizmati turlari bo‘yicha tariflarni shakllantirish
7. Har bir qo‘riqlash turi bo‘yicha qo‘riqlash xizmatining bir soatlik prognozlashtirilgan narxi (TqT) quyidagicha aniqlanadi:
Tqt = Xqt / Vqt ,
bunda:
Xqt — tegishli qo‘riqlash turiga prognozlashtirilgan xarajat hajmi;
Vkt — tegishli qo‘riqlash turining taxmin qilingan vaqti, soat.
Masalan, qo‘riqlash saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlashning bir post-soati tarifi (TPSB) qo‘riqlash saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlashga prognoz qilingan xarajatlar hajmining taxmin qilingan qo‘riqlash vaqtiga nisbati orqali aniqlanadi.
8. Texnik qo‘riqlashning tarifi (Ttq) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ttq = Xtq / Vtq ,
bunda:
Xtq — jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini texnik vositalar yordamida qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning prognozlashtirilgan yillik summasi. Bunga quyidagilar kiradi:
pul ta’minoti (lavozim maoshi, maxsus unvon bo‘yicha maoshi, xizmat yillari uchun foizli ustama, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan ustama va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar), davlat majburiy sug‘urtasi, pensiya huquqiga ega xodimni ishdan bo‘shatish munosabati bilan beriladigan bir martalik nafaqa, xodimning yaralanishi yoki halok bo‘lishi bilan bog‘liq beriladigan bir martalik nafaqa, turar joyni vaqtincha ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi, xizmat safari xarajatlari hamda navbatdagi ta’tilga borib-kelishdagi yo‘lkira xarajatlari to‘lovlari;
Keyingi tahrirga qarang.
texnik qo‘riqlash punkti (keyingi o‘rinlarda TQP deb ataladi) xodimlari hamda qo‘riqlash tizimlari naryadlari bilan “Tashvish” signaliga javob beradigan, shuningdek, patrullik qiladigan va qo‘riqlanayotgan obyektlardan TQPlarga kelib tushayotgan “Tashvish” signallariga tezkor javob beradigan xodimlarning kiyim-kechak ta’minoti;
maxsus vositalar sotib olish va saqlash (qurol-yarog‘, aslahalar va ularga o‘q-dorilar, shaxsiy himoya va faol himoyalanish vositalari);
avtomototransportni saqlash;
maxsus texnika va xizmat radioaloka vositalarini saqlash;
TQP ishchilarini saqlash (lavozim maoshi, kompensatsiya va rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, ish haqlarini hududiy tartibga soladigan to‘lovlar, shu jumladan og‘ir iqlim sharoitiga ega bo‘lgan hududlarda tuman koeffitsiyenti va ish haqiga foizli ustama to‘lovlari, ishdan bo‘shatilish chog‘ida beriladigan nafaqa, ish bilan ta’minlanish davrida o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolish, o‘rindoshlik uchun to‘lov, moddiy yordam);
qo‘riqlash texnika vositalarini ishlatish va ta’mirlash xarajatlari;
simli va (yoki) simsiz aloqa operatorlarining xizmatlari uchun to‘lovlar;
bino, xonalarni saqlash (kommunal xizmatlar) hamda ijaraga olish bo‘yicha to‘lovlar;
asosiy vositalar amortizatsiyasi;
ustama xarajatlar (ushbu Metodikaning 6-bandida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlanadi);
Vtq — tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini texnik vositalar yordamida qo‘riqlash soatlari miqdori.
9. “Tashvish” signali bo‘yicha bir soatlik xizmat tarifi texnik qo‘riqlashning bir soatlik narxining 50% miqdorida belgilanadi.
10. Soxta “tashvish” signali bo‘yicha chiqish tarifi (Tsts) kuyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Tsts = ((Tpsb / Xs) x S x V) + X ,
bunda:
Tpsb — qo‘riqlash saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlashning bir post-soati tarifi;
Xs — saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlashning bitta postiga ajratilgan xodimlar soni;
S — qo‘riqlashni ta’minlash uchun ajratiladigan xodimlar soni;
B — qo‘riqlashning haqiqiy vaqti (soat);
X — jalb qilingan xizmat avtotransportining xarajatlari (mashina/soat). Mashina/soatlarni hisoblash avtotransport korxonalarining hisob-kitoblari asosida amalga oshiriladi.
11. Texnik qo‘riqlash tarifi quyidagi turlar bo‘yicha hisoblanishi mumkin: fuqarolarning mol-mulki saqlanadigan joylar, xonadonlar, tashkilot va muassasalar obyektlari.
12. Harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari bilan qo‘riqlashning bir post-soat tarifi (TPXB) ko‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Tpxb = Xxb / Sxb ,
bunda:
Xxb — harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari bilan qo‘riqlash uchun prognozlashtirilgan xarajatlar:
pul ta’minoti (lavozim maoshi, xizmat yillari uchun foizli ustama, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan ustama va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar);
Keyingi tahrirga qarang.
davlat majburiy sug‘urtasi;
kiyim-kechak ta’minoti;
maxsus vositalarni sotib olish va saqlash (qurol-yarog‘, aslahalar va o‘q-dorilar, shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalari);
ustama xarajatlar (ushbu Metodikaning 6-bandida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlanadi);
Sxb — harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari bilan qo‘riqlashning taxmin qilingan soatlari.
13. Qo‘riqlash bo‘linmalarining erkin yollangan qorovullari bilan qo‘riqlashning bir post-soat tarifi (Tpeq) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Tpeq = Xeq / Seq ,
bunda:
Xeq — erkin yollangan qorovullar bilan qo‘riqlashga prognozlashtirilgan xarajatlar. Bunga quyidagi xarajatlar kiradi::
pul ta’minoti (lavozim maoshi, xizmat yillari uchun foizli ustama, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan ustama va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar);
Keyingi tahrirga qarang.
davlat majburiy sug‘urtasi;
kiyim-kechak ta’minoti;
ustama xarajatlar (ushbu Metodikaning 6-bandida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlanadi);
Seq — erkin yollangan qorovullar bilan qo‘riqlashning taxmin qilingan soatlari.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/668/3550-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)